1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi
-MA`RUZA Mavzu: Mikroorganizmlar kulturalarini o`stirishning biotexnologik asoslari
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
biotexnologiya ma\'ruza
14-MA`RUZA
Mavzu: Mikroorganizmlar kulturalarini o`stirishning biotexnologik asoslari. Reja: 1. Mikroorganizmlar manbalarini tanlash va ajratish. 2. Mikroorganizmlar kulturasini o`stirish.. 3. Ozuqa muhitlar. Biotexnologik jarayonning mohiyatini belgilovchi asosiy bo’g’in hujayra xisoblanadi. Unda kerakli mahsulot sintezlanadi. Yu.A.Ovchinnikov aytganidek hujayra uziga xos kichkina ximiyaviy zavod bo’lib, unumdorlikda, kelishilgan xolda ma’lum dastur asosida ishlaydi. Unda minutida 100lab murakkab birikmalar, gigant biopolimerlar va 1-nchi novbatda-oqsillar sintezlanadi. Xozirgi biotexnologik ishlab chiqarishning asosi - bu mikrobiologik sintezdir, ya’ni har xil moddalarni mikroorganizmlar yordamida sintezlanishidir. O’simlik va xayvon ob’ektlari kengi qo’llanilmaydi, chunki ularning o’stirish sharoitiga talabi yuqori, bu esa ishlab chiqarishni qimmatlashtiradi. Ob’ekt tabiatidan kat’iy nazar biotexnologik jarayonning boshlagich davrida hujayra va to’qimaning toza kul’turasini olish zarur. Bu kul’turalar bilan manipulyasiyalar bajarish mikrobiologiyaning klassik usullariga asoslangan. Mikroorganizmlar dunyosi xilma-xil bo’lib, ularga bakteriyalar, aktinomisetlar, rikkestiyalar- prokariotlar va achatki, ipsimon zamburug’lar, sodda xayvonlar, suv o’tlari kabi-eukariotlar kiradi. Xozirgi vaqtda 100 mingdan ortik mikroorganizmlar turlari mavjud. Bu mikroorganizmlar ichidan bizni qiziktiruvchi formalarni topish zarur. U yoki bu modda hosil kiluvchimikroorganizmni qanday tanlash mumkin? Bu masalani xal qilish uchun mikroorganizmlar tanlanadi. Ularning namunasi ular yashaydigan joydan olinadi. Masalan, uglevodorodlarni oksidlaydigan mikroorganizmlar benzokolonka yakinidagi tuprokdan, vino achitqisi uzumda ko’p uchraydi, anaerob sellyuloza parchalovchi va metan hosil kiluvchi mikroorganizmlar kavsh qaytaruvchi xayvonlar katkorinida uchraydi.Olingan namunalar maxsus tarkibi suyuq oziq muhitiga solinadi. Bunday muhit elektiv deb ataladi.Har qanday muhitdagi har xil faktorlar o’zgartirilib bizni kichiqtiruvchi produsent rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Bunday omillarga energiya , uglevod, azot, pH qiymapti, harorat osmatik bosim va boshqalarni kiritish mumkin. Xolesterinoksidaza tuplanishi uchun uglerodning eng birinchi manbai sifatida xolesterindan foydalaniladi, uglevodorod oksidlovchi mikroorganizmlar uchun o’stirish muhiti sifatida parafin olinadi. Mikroorganizmlarning tuplovchi muhiti shunday olinadi. Keyingi bosqich-toza kul’turalar ajratish. Buning uchun qattiq oziq muhiti olinadi, unda tuplovchi muhitdan nomunalar olinib eqiladi. Mikroorganizmlarning aloxida hujayralari qattiq muhitda aloxitda koloniyalar hosil qiladi. Bu koloniyalar qayta ekilib produsentning toza kul’turasi olinadi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling