1-ma`ruza mavzu: Biotexnologiyaning asosiy tushunchalari va ta’rifi
Paster effekta deganda, bijg’ishni kislorod ishtirokida nafas olish bilan bosishni
Download 1.55 Mb. Pdf ko'rish
|
biotexnologiya ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayra suspenziyalari kulтurasi
Paster effekta deganda, bijg’ishni kislorod ishtirokida nafas olish bilan bosishni
tushuniladi. Nafas olish substratlari uzgarmagan sharoitda, nafas olish koeffitsentini ko’payishi, nafas olish bijgishni tuxtataolmayotganligini va xatto kislorodli sharoitida xam kallusli hujayralarda nafas olish bilan bir kdtorda, uglevodlarni kislorodsiz parchalanishi bijgish jarayoni sodir bulayotganligidan xabar beradi. Тartibsiz o’sishda uglevorodlarni kislorodsiz parchalanishiga misol kilib, bulinadigan hujayralarda etil spritini tuplanishini kursatish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda bunday misollarni ko’plab topsa bo’ladi. Kallus hujayralarni mitoxondriyalari, meristem hujayralarga uxshab, juda past rivojlangan ularda kristlar kam, bu esa aerob nafas olishga ta’sir kursatmasdan kolmaydi. Paster effektini buzilishi ko’proq xayvonlarni shish hujayralarida kuzatiladi. Bu xodisa Varburg tomonidan aniqlangan bo’lsada xrzirgacha aniq tushuntira olingancha emas. Paster effektini buzilishi okibatida kelib chiqadigan anaerob glikoliz (uglevodlarni kislorodsiz parchalanishi), kislorod ishtirokida shishli hujayralarni uglevodlar iste’mol qilishini keskin (19 marotabaga) oshirib yuboradi. Kallusli hujayralarni nafas olish harakterini uzgarishi bilan bir kdtorda uglevodlarni kislorodsiz prchalanishini kuchayishi yunalishida, bulinadigan hujayralar uchun zarur bo’lgan pentozofosfat yo’li tomon siljish namoyon bo’ladi. Hujayra suspenziyalari kulтurasi Kallusni suyuq ozuqa muhitiga utkazib, avtomatik ravishda aralashtirish orkdli hujayra suspenziyasi olish mumkin. Fermentlar yordamida. Masalan pektinaza fermenti yordamida tugridan-tugri eksplant to’qimalardan (barg, poya, ildiz va x.k) xam hujayra suspenziyasi tayyorlash mumkin. Dastlab, eksplant yuzasida kallusli to’qima paydo bo’ladi, keyin undan hujayra va hujayra agregatlari ajraladi va okibatda hujayra suspenziyasi olinadi. 100 ml hujayra suspenziyasi olish uchun 2-3 g kallusli to’qima kerak bo’ladi. Hujayra suspenziyasini tayyorlash uchun eng zarur sharoit - bu domiy ravishda aralashtirib yoki chaykdtib turishdir. Agar hujayra suspenziyasi kimirlamay tursa, undan bulinish natijasida kallusli to’qimalar hosil bo’ladi. Suspenzion hujayralarni bo’linishi auksinlar va sitokininlar, ya’ni kallus hujayralarni o’sishi va induksiyasi uchun zarur bo’lgan gormonlar yordamida ximoya kilib turiladi. Shunday kilib, suspenziyali hujayralar kallus hujayralarni uzginasi bo’lib, ular da bunday hujayralarga xos bo’lgan barcha xususiyatlar namoyon bo’ladi. Suspenziya 2,4-D sakdagan muhitda hosil bo’ladigan pukak hujayradan yaxshiroq hosil bo’ladi. Muxit tarkibidan kalsiy olib tashlansa, suspenziya hosil bulishi yengillashadi. Oziqaga pektinaza fermenti aralashtirilsa (bu ferment ozuqa tarkibidagi alohida hujayralarni bir-biriga boglab truvchi pekrat kalsiyni parchalaydi) suspenziya yanada yengilroq hosil bo’ladi. Biotexnologiyada hujayra suspenziyasidan ikkilamchi metibolitlar olish maqsadida foydlaniladi. Ikkilamchi metabolitlarni ko’pchiligi dorivor moddalar xisoblanadilar va hujayra biomassasini sanoat mikiyosida ko’paytirish va hujayra seleksiyasida keng ishlatiladilar. Bundan tashkdri hujayra suspenziyasidan aloxida protoplastlar olish uchun ham foydalaniladi. Suspenzion kultur alardan ikkilamchi metabolitlar produtsiyenti sifatida foydalanilganda, davriy yoki okdva usulida ochiq yoki yopiq tizimda hujayralarni ko’paytirish usullari ishlatiladi. Yopiq tizimda hujayra suspenziyasiga toza ozuqa muhiti kiritilmaydi, tizimda domiy rejimda o’stirilganda esa ozuqa muhiti tozasiga almashtirib turiladi. Suspenzion hujayralar bilan ishlaganda ularni harakteristikasini bilish shart: tirikligi, hujayralarni suspenzion kulturada ko’p yoki kamligi, agregatsiya darajasi, o’sish tezligi va x.k. Hujayralarni tirik yoki tirik emasligi ularni buyash (kuk metilen yoki Evans kuki) orkdli aniqlanadi. Тirik xujayrlar, hujayra membranasi buyokni utkazmasligi sababli buyalmaydi. Ulik hujayra kobigidan buyoq tez utadi va shuning uchun ham kuk rangga buyaladi. Hujayra suspenziyasini asosiy kursatgichlaridan biri, hujayra populyatsiyasini kdlinligidir. Hujayra soni Fuks-Rozental xisob kamerasida mikroskop ostida matseransiyadan keyin (hujayralarni ajratilgandan keyin) aniqlanadi. Matseratsiya kiluvchi modda sifatida xrom kislotasini 10- 20% li eritmasidan foydalaniladi. Bu kislota, hujayralarni biriktirib turuvchi urtadagi plastinkani eritib (gidroliz kilib) yuboradi. Yaxshi rivojlanuvchi suspenziya, kallusli kulturaga uxshab, S- simon o’sish chizigiga ega. Odatda, passajni davomiyligi 14-16 kundan iborat. Bunda suspeziyaning kdlinligi 5x10 dan 5x10 hujayra 1 ml gacha oshadi. Hujayra sonini ko’payishi, ularni kuruk va xul massasi- suspenzion kulturani asosiy o’sish kriteriyasini tashkil etadi. Suspenziyani sifati, hujayralarni agregatsiya darajasiga bogliq. Agregatlar 10-12 hujayradan ko’p bulmasligi kerak. Shuning uchun ham yirikroq agregatlardan kutulish maqsadida suspenziyani marlya, naylon yoki metal filtrdan utkaziladi. Bu operatsiya bir vaqtni uzida eksplantlar koldigidan yoki kallus to’qimalarni bulakchalaridan kutulish imkonii beradi. Hujayra suspenziyasida qimmatbaho ikkilamchi metobolitlardan tashkdri yangi ajoyib birikmalar: komptotetsin, xirringtonin kabi antikanserogenlar, xdr xil peptidlar (proteaza fermenti ingibitori, fitoviruslar ingibitorlari) va boshkd birikmalar sintez bulishi ham kuzatilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hujayralarni bo’linishi okibatida hujayra biomassasini ko’payishi va ikkilamchi metabolitlarni sintez bulishi xdr xil vaqtga tugri keladi. Ikkilamchi metabolitlar sintez bulishini maksimumi, o’sishni statsionar fazasiga tugri keladi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling