1-Ma’ruza. Mavzu: Bulutli texnologiyalar. Reja
Download 282.77 Kb.
|
1-ma\'ruzaIvRT
Cloud computing – bu keng masshtabda joylashgan virtual, dinamik masshtablashtirilgan, markazlashgan holatda boshqariladigan kompьyuterlarni,
serverlarni, xotira qurilmalarini, xizmatlarni masofaviy murojat qiluvchi foydalanuvchiga Internet orqali taqdim etish xizmatidir. Bulutli hisoblash elektron hisoblash xizmatlarini kompьyuter tarmoqlari orqali etkazib berishni nazarda tutadi. Bulutli hisoblash xizmati asosan 3 xil modelda ko‘rsatiladi: infrastruktura xizmati (ing. Infrastructure as a Service), platforma xizmati (iglizcha Platform as a Service) va dasturiy vosita xizmati (iglizcha Software as a Service). Bunda infrastruktura xizmati eng quyi xizmat turi bo‘lib, qolgan yuqori xizmat turlari ostkilarining detallarini yanada abstraktlash asosida quriladi. Bulutli texnologiyalar haqida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, OTM larda elektron ta’lim tizimini tashkil qilishda ushbu texnologiyadan foydalanish katta samara beradi. Bulutli texnologiyalar - bu model iste’molchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli hisoblashlarning yuzaga kelishida “virtualizatsiya” texnologiyalarining ahami yati juda katta hisoblanadi. Birinchi bo’lib 1960-yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli kompyuter serverlariga o’tgandan so’ng virtualizatsiya termini ancha vaqtgacha esdan chiqarildi. 2000-yildan boshlanib holat o’zgara boshladi, shu yillarga qadar WMware x86 razryadli virtualizatsiyada monopoliyani qo’lga kiritdi. 2005-yilda WMware kompaniyasi virtual mashinalarni DTdan foydalangan xolda bepul tadbiq qildi. 2006-yilda Microsoft kompaniyasi “Microsoft virtual PC” Windows versiyasini ishga tushirildi. 2006-yilda Amazon kompaniyasi o’z qurilmalarida virtual serverlarni kengaytirish orqali “Amazon Elastic Compute Cloud” yuzaga keldi buning yana asosiy sabablaridan biri virtual serverlarni boshqa qurilmalarga (iste’molchilarga) ijaraga berish orqali bulutli texnologiyalarni kelib chiqishiga turtki bo’ldi. Bulut - AT- infratuzilma tashkilotlarining innovatsion modeli (konsepsiya) hisoblanib, u alohida ajratilgan va taqsimlangan konfiguratsiyalangan apparat va tarmoq resurslaridan, dasturiy ta’minotdan tashkil topgan va ular masofadagi provayderlarning ma’lumotlar markazida yotadi. Download 282.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling