Yo‘tal- bu hammaga ma’lum, lekin o‘ta murakkab mexanizmga ega refleks bo‘lib, nafas yo‘llaridan normal havoni o‘tishini yuzaga chiqarishga qaratilgan jarayondir. SHuning uchun ham yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida eng ko‘p qayd etiladi. Lekin ko‘pchilik bu xolatga yuzaki qarab, uni ma’lum darajada bilimga ega bo‘lmagan odamlar, masalan, ota-onalar, qarindoshlar, tanishlar va o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish orqali davolash mumkin deb xisoblaydilar. Natijada yo‘talga qarshi retseptsiz beriladigan dori-darmonlarni, tushunib-tushunmasdan ishlatadilar. Bunday holat mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lib, turli xil nojo‘ya ta’sirlarni yuzaga chiqaradi. Bu narsa ayniqsa yosh bolalar amaliyotida yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. CHunki yosh bola va gudaklarda nafaqat yo‘talni mexanizmi, balki uning kelib chiqish sabablari ham boshqachadir. Ikkinchidan, voyaga etgan bemorlarga beriladigan yo‘talga qarshi preparatlarni yosh bola va go‘daklarga berish, ayniqsa kombinatsiyali preparatlarni berish, bemorni yo‘talga qarshi davo berish o‘rniga uni axvolini yomonlashtirishi mumkin.
Bunday xollarda yo‘talga qarshi preparatlarni ratsional tanlash va davolash uchun quyidagi 2 ta asosiy xolatga e’tibor berish kerak:
yo‘talni kelib chiqishi va yo‘tal refleksini mexanizmiga,
yo‘talga qarshi berilayotgan preparatlarni ta’sir mexanizmiga.
Yo‘tal-simptomi
Yo‘tal-reflektor nafas chiqarish bo‘lib, nafas yo‘liga shilliq, balg‘am yoki biror-bir yot moddalar tushganda yuzaga chiquvchi organizmning himoya reaksiyasidir.
Qanday xollarda yo‘talni xavfli simptomlari bilan qayd qilinadi:
Kundan-kunga kuchayuvchi va bir xaftadan ortiq davom etadigan yo‘tallar,
Uzoq davom etuvchi va yuqori xarorat qayd etiluvchi yo‘tallar,
Uta yuqori xarorat (380 dan yuqori) bilan kechuvchi yo‘tallar,
Xansirash va nafas olinganda ko‘krakda og‘riq bilan kechuvchi yo‘tallar,
Aloxida ko‘kimtir balg‘am ajralishi bilan kechuvchi yo‘tallar,
Qon aralash balg‘am ajralishi bilan kechuvchi yo‘tallar,
Nafas siqishi xuruji bilan kechuvchi yo‘tallar,
Terlash, ovoz o‘zgarishi, xolsizlanish, kuchli yo‘tal xuruji bilan kechuvchi yo‘tal.
YUqorida qayd etib o‘tganimizdek, yo‘talni asosiy vazifasi nafas yo‘llaridagi sekretlarni chiqarish bilan erkin nafas olishni engillatish va shu yo‘l bilan bronxlardan ajralib chiqayotgan sekretlarni mukotsiliar yo‘l-xarakat orqali tartibga solishdir yoki mukotsiliar klirensni ishga solishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |