1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro
Yo‘tal paydo bo‘lishini asosiy sabablari
Download 319.52 Kb.
|
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yallig`lanish kasalligi bilan kasallanganlarga farmatsevtik yordam: rinit kasalligi.
- Rinitning paydobo`lish asosiy sabablari
- Rinit bilan kasallanganlarga simptomatik davolash yo`llari
- Allergik rinit bilan kasallanganlarni simptomatik davolash yo’llari
- Rinit kasalligini davolashda retseptsiz preparatlar va ularning ratsional qo’llanishi.
- Simpatomimetiklar (tanlangan a ₁ -adrenomimetiklar)
- Shishgan tomir qisqartiradigan preparatlarning bolalarga bo`lgan rinitni davolash yo`llanishi.
- Labrotsit membranalarining stabilizatorlari.
- Rinitni davolashda boshqa turdagi preparatlar.
Yo‘tal paydo bo‘lishini asosiy sabablari:
Yuqori nafas yo‘llaridagi infeksiya-yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, unda yuqori nafas yo‘llariga virusli infeksiya tushishi, angina, faringit, tonzillit va laringitlar sababchi bo‘ladi. Nafas yo‘lini pastki qismidagi infeksiya-yallig‘lanish jarayonlari bo‘lib, unda laringotraxeit, bronxit, pnevmoniyalar katta rol o‘ynaydi. Yuqori nafas yo‘lini shilliq qavatidagi allergik yallig‘lanishlar. Bronxospazmlar. Nafas yo‘lini yopishqoq bronxlarning sekretlari bilan tusilishi, unga yot moddalarning tushib qolishi. ¡pka parenximalarining shishi va boshqa faktorlar sababchi bo‘ladi. Demak, mukotsiliar klirensni buzilishiga bronxlar shilliq qavatini giperplaziyasi, bronx yo‘llarini shishi, ajralayotgan shilliqlarni oshib ketishi, uni yopishqoqligini oshishi, surfaktantlarni paydo bo‘lishini susayishi, bronxospazmni yuzaga chiqishi, bronxlar diskineziyasi (bronxlar diametri 25 % dan ortiq kamaysa) va b. sababchi bo‘ladi. Bunday xollarda qiyinlik bilan o‘tuvchi kuchli yo‘tal yuzaga chiqadi. Ba’zan yo‘tal qayd qilish, og‘riq sindromi bilan, uyqu buzilishi va bemor ahvolini yomonlashishi bilan o‘tadi. Bunday simptomlar qayd etilgan bemorlarga balg‘amni yopishqoqligini susaytiruvchi, uni bronxlar orqali xarakatini kuchaytiruvchi va bronxlardagi xilpillovchi epiteliy aktivligini oshiruvchi preparatlar beriladi. Bir so‘z bilan aytganda xarakatsiz yo‘talni xarakatli nam yo‘tal xolatiga o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bunda yo‘tal refleksini susaytirish aloxida ahamiyatga egadir. Ta’sir mexanizmiga qarab yo‘talga qarshi preparatlarni guruxlari: Oddiy yo‘talga qarshi preparatlar (MNSga ta’sir etuvchi va periferik ta’sirga ega preparatlar). Bilvosita yo‘talga qarshi effektga ega preparatlar (bronxlarni kengaytiruvchilar, yallig‘lanishga qarshi preparatlar, allergiya va shishlarga qarshi preparatlar). Kombinatsiyali preparatlar (2 va undan ortiq komponentli preparatlar bronxolitin, stoptussin, solutan, geksapnevmin va b). SHu gurux preparatlariga qisqacha izox beriladi va o‘tkir bronxit kasalligini taxlil qilib chiqiladi. Yallig`lanish kasalligi bilan kasallanganlarga farmatsevtik yordam: rinit kasalligi. Har yili tomoq yallig`lanishini davolaydigan turli xil preparatlarni sotib oladigan odamlar ko`payib bormoqda. Faqatgina AQSHda statistic ma`lumotlarga qaraganda har bir yoshi katta odamlar yiliga 2-3 marta qattiq respirator infeksiyalari bilan, har bir bola esa yiliga 6-8 marta kasallanib kelmoqda. Tomoq yallig`lanishi kasalligining simptomlaridan biri tumov (rinit) hisoblanadi. Rinit allergiyadan paydo bo`lishi mumkun, hamda doctor konsultatsiyasini talab qiladigan oddiy kasallik bo`lishi ham mumkun. Shunday ma`lumotlar borki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholining 15-20 % rinit bilan kasallanadi, bu holat odamlarning retseptsiz preparatlarni olib ishlatishlarini tushuntiradi. Har bir xaridor rinit kasalliginidavolash uchun qo`llanadigan preparatlarning nimadan tashkil topishi, ratsional ishlatilishi va salbiy tomonlarini aniqlab bilishlarini tashkil etishi kerak. Rinitning paydobo`lish asosiy sabablari: Qattiq respiratorli kasalliklar; Allergik rinit – birdaniga burunning yorilib, suv ishlab chiqarilishi, aksirish bilan bog`liq yoki fdasilga qarab ya’ni ba’zi o`simliklarning gullashidan (sennoy kasmork); Adenoidlar – bu burundan nafas olish yo`llarining buzulishi, ovozning tiniqligining o`zgarishi, og`zi ochiq holda uxlash, burun bo`shlig`ini to`ldiradigan shilliq suyuqlik va u ko`pincha burun bo`shlig`i tomon oqadi. Burun darvozasidagi yot jismlar—ko’pincha bolalarda uchraydi, bir tomonlama nafas olish qiynalishi, yiringli suyuqlikning burunning bir tomonidan oqishi, burundan qon oqishi ehtimoli ham bo’ladi; Sinusit (qattiq yoki bir necha yillardan davom etib kelayotgan burun yallig’lanishi)- burun orqali nafas olishning qiyinlanishi, hid bilish sezgisining buzulishi, peshonasida yoki boshning o’zi og’rishi, subfebrilibetning mavjud bo’lishi. Ozena (sassiq hidli tumov- burun bo’shlig’ining shilliq qavatining atrafiyalanib kasallanishi)- quyuq ajralmalarning hidli qoldiqlarga aylanib paydo bo’lishi, suvsizlik va burun bo’shlig’ining qichishi, birdaniga hid bilish sezgisining pasayishi, burundan yomon hidning kelishi. O’zida jiddiy kasallikni taxmin qilib vrach oldiga borib ko’rsatadigan rinitning “xavfli” simptomlari: Rinitning 38,5°C temperaturaning oshishi bilan o’xshashligi; Burundan yomon hidning kelishi; Qonli ajralmalar; Yiringli ajralmalar; Burunning faqat bir tomonidan ajralmalarning chiqishi (ko’pincha bolalarda); Rinitning bir necha hafta davom etayotgan yo’tal bilan o’xshashligi (ayniqsa, yo’talning vaqt o’tishi bilan kuchayib borishi, bug’ilish holatlari, holsizlikning oshishi, balg’am yoki qonli balg’amning ajralishi). Allergik rinit yoki qattiq resperatorlik infeksiyalar orqali paydo bo’lganda retseptsiz preparatlarni sotib olish va davolashda qo’llash mumkin. Ammo boshqa holatlarda patsentga vrach qabuliga yozilishi tavsiya etiladi. Rinit bilan kasallanganlarga simptomatik davolash yo`llari: Fiziologik damlama bilan pipetka yordamida kuniga 3-4 marta burunni tozalash; Burun tomirlarini shishini qisqartirish uchun qo`llanadigan burun tomchilari; Intranazal spreylarini qo’llash; OPZ kasalligini davolashdagi peroral preparatlarni qo`llash. Allergik rinit bilan kasallanganlarni simptomatik davolash yo’llari: Burun tomirlarini shishini qisqartirish uchun qo’llanadigan burun tomchilari; H₁- gistaminli preparatlarni ishlatish; Intranasal aerazol va spreylarni ishlatish; Antigistamin dori-darmonlarining ishlatilishi; Steroidli garmonlar bilan tayyorlangan intranasal aerazol va spreylar (doktor muolajasidan so’ng) Rinit kasalligini davollashda dori-darmonlarning qo’llashning o’ziga yarasha qonun-qoidalari mavjud. Rinit kasalligini davolashda retseptsiz preparatlar va ularning ratsional qo’llanishi. Rinit kasalligini davolaydigan zamonaviy dori-darmanlar ko’p. Misol qilib rinitni davolanishidagi asosiy mono va kombinirovanniy preparatlarni olishimiz munkin. Simpatomimetiklar Bu guruhdagi preparatlarning ishlatilish mexanizimi bir xil-adrenoretseptlarni qo’zg’atish. Bu guruhdagi preparatlarning o’xshashligi umumiy mexanizm. Bularga: Oddiy ishlatishda shishgan tomoirlarni qisqartirishga yordam beradi; Burun shillig’ini kamaytaradi; Burundan nafas olishni osonlashtiradi. Bu guruhdagi preparatlar o’zining nojo’ya ta’sirlari bilan farqlanadi. Bular quydagilar: SHSni qo’zg’atishi Uyquning buzulishi Bosh og’rig’i ADning oshishi Asablarning torayishi Tremor— ko’rishni pasayishi Appetitning pasayishi Yuqorida ko’rsatilgan nojo’ya ta’sirlar sababli dekongestantlar simpatomimetiklar guruhidan repsepturlar kategoriyasiga ko’chirilgan;
Simpatomimetiklar (tanlangan a₁-adrenomimetiklar) Oldinga guruhdagi preparatlardan bular NSS ga kamroq ta’sir ko`rsatishi bilan farqlanadi. Ular a₁- adenoretseptorlarga quyidagi effektlar orqali ta’sir qiladi: Oddiy ishlatishda shishgan tomirlarni qisqartirishga yordam beradi. Burun shilling`ini kamaytiradi. Burundan nafas olishni osonlashtiradi.
Yuqoridagi preparatlarni to`g`ri ishlatganda nafas olish osonlashadi, hamda kasal odamlar buni yaxshi qabul qilishlari mumkin. Ammo arterial gipertenziyasi, gipertireozomi, yurak kasalliklari, qandli diabeti bo`lgan patsiyentlarga va bu dorilarni ko`p ishlatganda (ya’ni dozasi ko`payib ketsa) arterial qon bosimi oshishi yoki yurak xurujiga uchrashi mumkin. Ammo esda saqlash kerakki, hamma dekangestantlar vaqt o`tishi bilan tomir qisqarish effekti burundan qon oqishini kuchayishiga olib keladi, hamda burun shilling`ini qaytib paydo bo`lishiga olib keladi. Shu kabi preparatlarni ko`p vaqt davomida ishlatish burunning o`z vazifalarini buzulishiga olib keladi. Shishgan tomir qisqartiradigan preparatlarning bolalarga bo`lgan rinitni davolash yo`llanishi. 6 yoshgacha bo`lgan bolalarda tomizgich- oksimetozolin 0,01% 6 yoshdan katta bo`lgan bolalarda tomizgich oksimetozolin 0,025% 6 yoshdan katta bo`lgan bolalar uchun intranazal sprey- oksimetozolin 0.05%, ksilometazolin 0.05% Dozali ksilometazolin aerazoli Allergik rinit-allergiyaning eng ko`p tarqalgan formasi. Oxirgi yillarda allergik rinit bronxiyal astmaning kelib chiqishiga sabab deb ko`rilmoqda. Allergik rinitni davolashda shishgan tomirlarni qisqartiradigan preparatlar hamda antigistamik darmonlar, eng og`ir paytlarda esa steroitli xermonlar ham ishlatiladi. Ammo aytish lozimki, steroidlarni vrach tavsifnomasidan so`ng qabul qilish kerak. H₁-gistaminli retseptorlarning to`xtatgichi. Bu guruhdagi preparatlarga xos xsusiyatlar quydagilar: Endi paydo bo`layotgan tumov va allergiyani to`xtatishga harakat qiladi Allergiyaga qarshi, tomirlarning shishiga qarshi va qichishlarga qarshi xizmat qiladi Sedativli xizmat qiladi.
Labrotsit membranalarining stabilizatorlari. Allergik reaksiyalarni paydo bo`lishini kamaytiradi; Labrosit membranalarini stabil holatga keltiradi, tumov va allergiyani paydo bo`lishini oldini oladi.
Steroidli garmonlar. Steroidli preparatlarni qabul qilish zarur bo`lganda, bilish kerakki, rinit kasalligi uchun eng maksimal effekt beradiganbu topik steroidlar. Ular yengil tumovning hammasini davolashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham ular allergik rinitni davolashda asosiy o`rin egallaydi. Ularni yil bo`yi ishlatish mumkin, garchand boshqa preparatlarning effekti ancha kam. Bu guruhdagi preparatlarning quyidagi xususiyatlari mavjud: Allergiyaga qarshi, tumovga qarshi, hamda tomirlar shishiga qashi xizmat qiladi; Nafas olishni osonlashtiradi; Burun shilling`ini kamaytiradi.
Rinitni davolashda boshqa turdagi preparatlar. Yuqorida aytib o`tilgan aktiv ingrediyentlar Ukrainada ishlab chiqaradigan ko`plab dori-darmonlarni o`z ichiga oladi. Bundan tashqari rinitni davolashda boshqa dori-darmonlar ham mavjud. Download 319.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling