1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro
Bemor bilan suhbatda nimalarga ahamiyat berish kerak va buning uchun qanday savollar berish o‘rinli bo‘ladi?
Download 319.52 Kb.
|
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM
Bemor bilan suhbatda nimalarga ahamiyat berish kerak va buning uchun qanday savollar berish o‘rinli bo‘ladi?
a). Anchadan beri qabziyat bilan og‘riysizmi ? (Bunda o‘tkir yoki surinkali qabziyat borligi aniqlab olinadi. Surinkali qabziyat bo‘lsa, unday bemorlarni vrachlarga murojat qilishlarini tushintirish kerak bo‘ladi.) b). Xojatga borganda najasni ajralib chiqishi og‘riq bilan bo‘ladimi? (Bunda bemorda gemoroy, proktalgiya va b. bor yoki yo‘qligi aniqlab olinadi va shunga yarasha davolash muolajalari ishlab chiqiladi). v) Sizning qorningizdagi og‘riq spastik xarakterga egami? (Spastik og‘riq spastik kolitda, divertikulyozda yo‘g‘on ichakni rakida va b. bo‘ladi). g). Prfessional ishlab chiqarish soxangiz nimalar bilan bog‘liq? (Og‘ir metallar bilan kontaktda bo‘lish masalan: simob, qo‘rg‘oshin, margimush va b.). Bunda surinkali qabziyat yuzaga chiqishi mumkin. d). Siz qanday surgi dorilarni qabul qilgansiz va qanday ta’sirlar yuzaga chiqqan? (YUqorida aytib o‘tilgan dorilarga bog‘liq qabziyatlar bo‘ladi…!) Ayniqsa xomilador ayollarda qayd etiladigan qabziyatni surgi dorilar bilan davolash yaxshilikka olib kelmaydi. Bunda ko‘proq suyuqliklar ichish va o‘simlik klechatkalaridan qabul qilish kerak bo‘ladi. Bemorlarni yoshi ham aloxida axamiyatga ega. CHunki qariyalarda gipodinamik qabziyat yuzaga chiqishi mumkin. Ularni taza-genital organlarining muskullari susaygan bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda va surunkali qabziyatni butun dunyo buyicha keng tarqalganligini hamda bu kasallikni davolashda o‘ziga-o‘zi yordam prinsiplarini tarqalganligini inobatga olib, uni aniqlashda va ratsional davo muolajalarini yuzaga chiqarish uchun nafaqat shifokorlar, balki provizorlar ham javobgarlikni his etgan holda ish tutishlari kerak. CHunki bu gurux kasallarni davolashda nafaqat retseptsiz beriladigan dorilarni o‘rinli tanlash yoki ratsional qo‘llash, balki ularni davo kursi ham katta ahamiyatga egadir. Davo muolajalari: Dietoterapiya (o‘simlik klechatkalariga boy maxsulotlarni iste’mol qilish) Gazi chiqarilgan ma’danli suvlar Ichak motorikasini normallashtirishga moyil dori vositalari berish (spazmolitiklar, fitoterapiya, sabzi, limon o‘ti, buymadaron, yalpiz, xmel, tog‘ rayxon, romashka, kalendula va b damlamasi ). Davo mashqlari (qorin va tazo-genital mushaklari tonusini oshiruvchi) Fizioterapiya (diatermiya, elektrofarez, issiq qilish, vanna, parafin va b.). Xazm a’zolari kasalliklari axoli urtasida turli xil yosh guruxlarida 18 % dan 37 % gacha uchraydi. OIS patologiyasining keng tarqalganligi kuplab omillar, noratsional ovqatlanish, ekologik buzilishlar, immun faollikni pastligi, infeksiyalarni tarqalgani bilan bog‘liq. OIS patologiyasining asosiy sindromlari og‘riq, kungil aynish, qabziyat, diareya, meteorizm va b. Og‘riq sindromi va xavfli simptomlardan tashqari barcha xolatlarda OIS kasalliklarini retseptsiz dorilar bilan simptomatik davolash mumkin. Qorin soxasida og‘riq bulishi bemorning nafaqat sog‘ligiga, balki xayotiga xam xavf soladi. Bunday paytlarda og‘riq qoldiruvchilarni berish tavsiya etilmaydi, chunki kasallikka aniq tashxis quyish qiyinlashadi. Bundan tashqari albatta shifokorga murojaat qilish lozim bulgan xavfli simptomlarga quyidagilar kiradi: isitma kutarilishi; axlatda qon bulishi; korinni o‘ta dam bulishi; qusish; vaznni yuqotish; qabziyatni biror bir dorini qabul qilish bilan bog‘liqligi. Qabziyat (obstipatio) — ichak faoliyatining buzilishi bulib, defekatsiya aktlari urtasidagi interval 48 soatdan ortiq buladi. Ba’zi odamlarda 2g‘3 kunda ichak bushalishi xam fiziologik norma bulib, qabziyat xisoblanmaydi va tana uchun xavfli emas. Qabziyati bor odamlarda ishtaxa yuqolib, kekirish, og‘izda yoqimsiz ta’m, qorin soxasida og‘irlik, dam kuzatiladi. Kupchilik kasallarda terida uzgarishlar, rangparlik, ersimon rangga kirishi, quruqlik, ortiqcha muguzlanish, dermatit kurinishlari kuzatiladi, tirnoqlar zaiflashib, soch tukiladi. Tanada intoksikatsiya tufayli xolsizlik, ish qobiliyati pasayishi, bosh og‘rishi, uyqu buzilishi, xotirani susayishi aniqlanadi. Surunkali qabziyat ikkilamchi enterokolitlar, gemorroy, tug‘ri ichakda yoriqlar xosil bulishiga olib keladi. Bunga kupincha disbakterioz, immun tizimi va modda almashinuvidagi buzilishlar qushiladi. Qonda va limfada turli xil toksinlar va kanserogen moddalar kupayadi. Qabziyatning asosiy sabablari: tug‘ri ichak patologiyasi-kolitlar, ichak atoniyasi, spazmlari, megakalon, polipozlar; modda almashinuvi buzilishlari-suvsizlanish, qalqonsimon va buyrak usti bezlari gipofunksiyasi; ovqatlanish xarakteri-ratsionni keskin uzgartirish, ovqatda o‘simlik klechatkasi etishmasligi, ratsionda yog‘larni ortiqcha bulishi, ortiqcha temir qabul qilish, folat kislota etishmasligi; defekatsiya aktining og‘riqliligi-orqa chiqaruv soxasida yoriq bulishi, gemorroylar; ayrim dori vositalarini qabul qilish-antatsidlar, antigistamin vositalar, xolinolitiklar, gipotenziv vositalar, kalsiy va temir saqlovchi vositalar, psixotroplar.Qabziyat kelib chiqishiga moyillik tug‘diruvchi omillar: biriktiruvchi tuqimaning tizimli kasalliklari (revmatizm, revmatoid artrit, sistem qizil volchanka, sklerodermiya va b.); ovqat ratsionida yog‘larni va oqsillarni ortiqcha bulishi; kam xarakatlik; surgi vositalarini uzoq vaqt ishlatish; klizmadan ortiqcha foydalanish. Download 319.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling