1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro


Suv absorbsiyasini tormozlab, ichak peristaltikasini kuchaytiruvchilar


Download 319.52 Kb.
bet21/77
Sana15.09.2023
Hajmi319.52 Kb.
#1678373
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM

1. Suv absorbsiyasini tormozlab, ichak peristaltikasini kuchaytiruvchilar
(kontakt surgilar)
Ichak xarakatini kuchaytiruvchi vositalar surgi preparatlari ichida eng katta gurux xisoblanadi. Bu preparatlarning asosini antraglikozidlar saqlovchi o‘simliklar tashkil etadi.
1.1. Antraglikozidlar saqlovchi o‘simliklar preparatlari, yug‘on ichak shilliq qavati xemoretseptorlarini qitiqlab, peristaltikani kuchaytiradi. Ingichka ichak mushaklariga ta’sir etmagani sababli xazm qilish va so‘rilish jarayonlarini o‘zgartirmaydi. Bu gurux preparatlar 8-12 soat davomida ta’sir etadi.
1.2. Difenilmetan xosilalari bo‘lgan preparatlar-tug‘ri ichak shilliq qavati bilan bevosita ta’sirlashib, ichak devori retseptorlarini quzg‘atadi, natijada shilliq ishlab chiqarilishi va peristaltika kuchayadi.
1.3. Sintetik preparatlar (natriy pikosulfat) tug‘ri ichakda bakterial sulfatazalar ta’sirida faollashadi, bunda xosil bo‘lgan modda ichak nerv oxirlarini quzg‘atib, uning xarakatini kuchaytiradi. u preparatlar ko‘krak yoshidagi bolalarda naf bermaydi.
1.4. Osmotik faol surgilar — tuz surgilari butun ichak buylab ta’sir etadi. Tuzlar tarkibida yomon suriluvchi anion va kationlar bulib, ichakdagi osmotik bosimni oshiradi. Osmotik bosim ichakda suvni qayta surilishiga monelik qiladi. Ichak taranglashib, uning xarakati reflektor ravishda kuchayadi, ingichka ichak shilliq qavatida xoletsistokinin ajralishi xam bunga yordam beradi. Tuzli surgilar uzoq vaqt ishlatilganda ichak shilliq qavatida atrofik va yallig‘lanish jarayonlarini chaqiradi.
Laktuloza — sintetik disaxarid bulib, ingichka ichak disaxaridazasi tomonidan parchalanmaydi, so‘rilmaydi va tug‘ri ichakda bakteriyalar yordamida kichik xalqali yog‘ kislotalar (sut, sirka, propion, va yog‘ kislotalar) xosil qiladi. Bu yug‘on ichakda rNni pasayishi va peristaltikani quzg‘alishiga olib keladi. Bundan tashqari yog‘ kislotalar osmotik bosimni xam oshiradi.
Forlaks — osmotik faol surgi vositasi bo‘lib, butun ichak buylab ta’sir etadi. Ichakdagi massaning xajmini oshirib, uni yumshatadi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra forlaks makrogel 4000 bulib, molekulyar massasi kattaligi uchun ichakda surilmaydi va metabolizmga uchramaydi.

Download 319.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling