1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro


Astenik sindromda qo‘llaniladigan dori vositalari va ularni oqilona qo‘llash shartlari


Download 319.52 Kb.
bet54/77
Sana15.09.2023
Hajmi319.52 Kb.
#1678373
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
Bog'liq
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM

Astenik sindromda qo‘llaniladigan dori vositalari va ularni oqilona qo‘llash shartlari

Astenik sindrom, tez toliqish, ishchanlikning pasayishini mustaqil simptomatik davolash uchun adaptogenlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bu moddalar organizmga umumiy tetiklantiruvchi va quvvat beruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ular bir qator noyob hossalarga ega: organizmning radioktav nurlanishga, sovuqqa, issiqqa, kislorod etishmasligiga, stress omillarga (ergotrop – ishchanlikni oshirish) ta’siri organizmning yuqori jismoniy va emotsional zo‘riqishga, intensiv aqliy mehnatga moslashishini kuchaytiradi. Farmakologik “tiklovchilar”ning bu guruhga jenshen, eleuterokokk, levzeya, araliya, xitoy limono‘ti, rodiolalar va boshqalar asosidagi o‘simlik preparatlari kiradi.


Adaptogenlarni tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish astenik holatlar va ularning oqibatlarini samarali bartaraf etishga imkon beradi, umumiy ahvolni yaxshilaydi, ishchanlikni oshiradi, kayfiyatni yaxshilaydi.
SHuni bilish zarurki, giyoxli adaptogenlarning kichik dozalari markaziy asab tizimiga nisbatan katta dozalarga mutlaqo qarama qarshi bo‘lgan samarani beradi. Katta dozalar qo‘zg‘alish jarayonlarini kuchaytirib, harakatchanlik va aqliy faollikni oshiradi, kunduzi engil tetiklikni va kechasi tinch uyquni ta’minlaydi, kichik dozalar esa aksincha, tormozlanganlikni, faollikning cheklanganligini, doim seruyqulik holatini keltirib chiqaradi. Masalan, kuniga bir marta ertalab eleuterokokkning spirtli ekstraktidan 10 tomchi qabul qilinganda kun davomida kuchli tormozlanganlik holati kuzatiladi, ammo xuddi shu preparat 25 tomchi qabul qilinsa, tetiklashtiruvchi samara yaqqol ko‘zga tashlanadi. Rodiolaning spirtli ekstrakti 2-5 tomchi qabul qilinganda tormozlanganlikni keltirib chiqaradi, 10 tomchi va undan ortiq qabul qilinganda faollikni oshiradi. Manjuriya araliyasi 6 tomchigacha bo‘lgan dozalarda tormozlanishga olib keladi, 7 va undan ortiq tomchili dozada keskin faollikni oshiradi.
SHuni ham unutmaslik kerakki, hamma o‘simlmklardan tayyorlanagn adaptogenlar ortiqcha dozada barqaror uyqusizlik, asab tizimining tqo‘zg‘alishi, yurak urushining tezlashishi va h.k.larga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun dozalash masalasiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish, organizm holatini doim nazorat qilib borish kerak.
O‘simlikdan tayyorlangan adaptogenlarni tayinlashda sutkalik bioritmlar dinamikasini hisobga olish zarur, shundagina bioritmlarni tegishli tarzda kuchaytirish (sinxronlashtirish) mumkin bo‘ladi. SHu bilan birga, ushbu preparatlarning noto‘g‘ri tayinlanishi sutkalik bioritmlarning buzilishiga (desinxronizatsiya) olib keladi. Bu erda mo‘ljal tariqasida katexolaminlar ekskretsiyasining sutkalik rejimini qabul qilish kerak. Katexolaminlar – yuqori faol endogen moddalar bo‘lib, ularning funksiyalaridan biri markaziy asab tizimidagi qo‘zg‘alish jarayonlarini tezlashtirishdir. O‘simlik adaptogenlarining hammasi turli darajada katexolaminlar sintezini kuchaytirish xususiyatiga egaligi hisobga olinsa, ularni qat’iy kuniga bir marta tayinlanishi va ertalab qabul qilinishi lozim, shunda preparat ta’sirida katexolaminlar sintezining kuchayishi ularning organizmdagi darajasining ertalabki fiziologik ko‘tarilishi bilan “uyg‘unlashadi”. Katexolaminlar ko‘tarilishining kunning birinchi yarmidagi fiziologik kuchayishi xuddi shu biologik faol moddalarning tungi pasayishining fiziologik kuchayishiga olib keladi. Natijada o‘simlmk adaptogenlarini bioritmlarni hisobga olib qabul qilayotgan shaxslar kunduzi ancha yuqori ishchanlik qobiliyatiga ega bo‘ladi va tunda ancha tinch uxlaydi.
O‘simlik adaptogenlari yuqori asab qo‘zg‘aluvchanligi, uyqusizlik, qori arterial bosim, yurak faoliyatining buzilishida, isitma chiqqanda qarshi ko‘rsatmalarga ega. Adaptogenlarga o‘rganib qolmaslik uchun ularni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak.



Download 319.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling