1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro
O‘simlikdan tayyorlanadigan adaptogenlar
Download 319.52 Kb.
|
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM
O‘simlikdan tayyorlanadigan adaptogenlar
Jenshen. Jenshen ildizi sharq tabobatida bir necha ming yillardan beri qo‘llanib kelinadi. Besh ming yillik amaliy tajriba, shuningdek so‘nggi ellik yil ichida olib borilgan laboratoriya tadqiqotlari jenshenning quyidagi farmakologik hossalarini tasdiqladi: markaziy asab tizimi, oliy nerv faoliyati, ayniqsa xotira va tafakkur funksiyalarining stimulyasiyasi; yurak-tomir tizimi stimulyasiyasi (kam miqdorlarda arterial bosimni biroz oshiradi, katta miqdorlarda esa pasayitiradi; preparat ta’sirida yurak qisqarishi kuchayadi va chastotasi pasayadi); radiatsion ta’sirdan himoya; hujayra metabolizmining yaxshilanishi va organizm hujayralari tomonidan kislorodning o‘zlashtirilishi; immun tizim stimulyasiyasi; endokrin tizim funksiyalarining me’yorlanishi va maromga keltirilishi; jinsiy funksiya stimulyasiyasi; umummiy tetiklantiruvchi ta’sir; qon hosil bo‘lishi stimulyasiyasi; lipid almashinuvining me’yorlashuvi va qonda xalesterin juda past zichlikdagi lipoproteidlar miqdorining pasayishi. Jenshendan davolash maqsadida foydalanish qanchalik keng bo‘lsa, uni iste’mol qilish shakllari va usullari ham shunchalik turlichadir. Jenshen ildizidan tetiklashtiruvchi, faollashtiruvchi vosita sifatida foydalaniladi, u adaptogen ta’sirga ega hamda organizmning noqulay ta’sirlarga umumiy qarshiligini ohiradi. Jenshen jismoniy va aqliy qobiliyatni oshiradi, yurak-tomir tizmi ishini yaxshilaydi. Jenshen ildizi tarkibida glikozidlar – panaksozidlar bo‘lib, ular qand miqdorini kamaytiruvchi va anabolik ta’sirga ega. Anabolik faolligi bo‘yicha jenshen eleuterokokka yaqin bo‘lib, unga o‘xshab endogen insulinning ta’sirini kuchaytiradi. Nastoyka, kukun ko‘rinishida kapsulalarda va tabletkalarda ishlab chiqariladi. Jenshen ildizi nastoykasi (10 foizli) kuniga ikki marta ovqatdan oldin (kunning birinchi yarmida) 20-25 tomchidan, kukun va tabletkalarda – kuniga ikki marta ovqatdan oldin 0,15 g dan qabul qilinadi. Davolash kursi 10-15 kun. Manchjuriya araliyasi. Ushbu o‘simlikdan tayyorlangan preparatlar o‘z ta’siriga ko‘ra jenshen guruhiga tegishli. Jismoniy mashqlardan keyin tiklash davrlarida jismoniy va aqliy ishchanlikni oshirish uchun tetiklantiruvchi vosita sifatida, shuningdek qattiq charchash va astenik holatlarni oldini olish uchun qo‘llaniladi. Araliyaning o‘ziga xos xususiyati- ancha sezilarli gipoglikemiya - qonda qand moddasining kamayishi. Bu holda gipoglikemiyada somatotrop gormon ajralishi bilan borgani tufayli, araliya qabul qilinganda ishtahaning ancha oshishi va tana vaznining ortishi kuzatilishi mumkin (anabolik ta’sir). Araliya ildizi nastoykasi ko‘rinishida chiqariladi. Nastoyka kuniga ikki marta, odatda kunning birinchi yarmida 30-40 tomchidan qabul qilinadi. kurs muddati 2-3 hafta. Oltin ildiz (och qizil rodiola). Markaziy asab tizimidagi tiklanish jarayonlarini optimallashtiradi, ko‘rish va eshitish qobiliyatini yaxshilaydi, organizmning ekstremal omillarga moslashuvchanligini oshiradi, charchoqni kamaytiradi va ishchanlikni oshiradi. Oltin ildizining o‘ziga xos xusissiyati – bu muskul to‘qimasiga kuchli ta’sir qilganda ularning muskul kuchi va chidamliligi oshadi, qisqartiruvchi oqsillar – aktin va miozin faolligi ortadi. Spirtli ekstrakt ko‘rinishida chiqariladi. Kuniga ikki marta ovqatdan 15-30 daqiqa oldin 5-10 tomchidan 10-15 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Levzeya (moraliy ildizi). Tarkibida yaqqol anabolik faollikka ega biriklarga bor. Levzeya ekstrakti organizmga yuborilganda oqsil sintezi jarayonlari kuchayadi, oqsillarning muskullarda, jigarda, yurakda va buyraklarda to‘planishi faollashadi. Jismoniy quvvat va aqliy ishchanlik ancha sezilarli oshadi. Uzoq qabul qilinganda tomirlardagi suyuqlik oqimi asta-sekin kengaya boradi va natiijada umumiy qon aylanishi yaxshilanadi. YUrak qisqarishi chastotasi sekinlashadi, bu esa parasimpatik asab tizimi tonusning oshishi bilan ham bog‘liq. Levzeyaning o‘ziga hos xususiyati – ilik hujayralarida mitotik faolligini kuchaytirish yo‘li bilin periferik qon tarkibini yaxshilash qobiliyati. Immunitet kuchayadi. Levzeya spirtli ekstrakt ko‘rinishida chiqariladi. Spirtli ekstraktning tavsiya etiladigan dozasi – kuniga 2-3 marta 20-30 tomchidan. Xitoy limon o‘ti. Limon o‘ti markaziy asab tizimiga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, musbat reflekslarni kuchaytiradi, reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni oshiradi, ko‘zning yorug‘likka sezgirligini oshiradi, yurak-tomir tizimi faoliyatini tetiklashtiradi, gipotoniyada arterial bosimni oshiradi, nafas olishni tezlashtiradi, jismoniy va aqliy toliqishda kuchning tez tiklanishiga, ishchanlik qobiliyatining saqlanishiga yordam beradi, tunda ko‘rish o‘tkirligini kuchaytiradi. Limon o‘ti ovqat hazm qilish apparatining motor va sekretor funksiyalarini kuchaytiradi, bachadon va skelet muskulaturasi faoliyatini tetiklashtiradi, moddalar almashinuvi, regenerativ jarayonlarni faollashtiradi, immunobiologik reflekslarni oshiradi, organizmning kislorod etishmasligiga chidamliligini oshiradi. Giyohning asosiy farmakologik samarali uning tarkibida kristallik modda- sxizandrin mavjudligi bilan belgilanadi. Unda shuningdek organik kislotalar, S, R, E vitaminlari, efir moylari, mikro- va makroelementlar katta miqdorda uchraydi. Limon o‘tiga xos xususiyatlar – ishchanlikni sezilarli oshiradi, kayfiyatni yaxshilaydi, ko‘rish o‘tkirligini oshiradi. Bu samaralarning hammasi limonning nerv o‘tkazuvchanligini, nerv hujayralarini ta’sirchanligini yaxshilashi va markaziy asab tizimida qo‘zg‘alish jarayonlarini kuchaytirishi bilan izohlanadi. Uni jismoniy va aqliy ishchanlik qobiliyatining pasayishida, ruxiy kasalliklarga chalingan va asabiy odamlardagi astenik va depressiv holatlarda, gipotoniyada, seruyqulukda, surunkali infeksion kasalliklar va zaharlanish bilan bog‘liq umumiy holsizlikda, shuningdek sog‘lom odamlarda ishchanlikni oshirish uchun, moddalar almashinuvini faollashtirish, katta jismoniy zo‘riqishdan keyin organizmni tiklanish tezlashtirish uchun tayinlanadi. Limon o‘ti preparatlarning nojo‘ya ta’siri va kumulyativ hossalari yoo‘qligi uni qimmatli tetiklashtiruvchi vositalar qatoriga qo‘shishiga imkon beradi. Spirt nastoykasi, kukun, tabletkalar, quruq mevalar damlamasi ko‘rinishida chiqariladi. Ba’zan choyga quruq mevalari, yangi tayyorlangan sharbati qo‘shiladi. Spirtli nastoyka bir kunda 2-3 martadan 2-4 hafta davomida 20-25 tomchidan qabul qilinadi. quruq mevalarning iliq damlamasi (200 ml suvga 20 g) bir kunda 2 marta ovqatdan oldin yoki ovqatdan keyin 4 soatdan keyin 1 osh qoshiqda, kukun yoki tabletkalar esa ertalab va kunduzi 0,5 grammdan qabul qilinadi. Platan bargli sterkuliya. Eleuterokokk va jenshen kabi ishchanlikni oshiradi va anabolik jarayonlarni tezlashtiradi. SHuni hisobga olish kerakki, sterkuliyaning anabolik ta’siri faqat mashqlar jarayonida kuzatiladi, shuning uchun uni munosib jismoniy yuklama bilan birga qabul qilish kerak. Tarkibida kuchli tasirga ega moddalar yo‘q, shuning uchun jenshen guruhidagi boshqa priparatlarga qaraganda engillikroq ruxiy tetiklashtiruvchi ta’sirga ega. +attiq charchashda, asteniyada, umumiy xolsizligda, lanchligda, bosh og‘rig‘ida, yomon kayfiyatda, muskultonrusi pasayganda va infeksion kasalliklardan keyingi davrda tavsiya etiladi. Biroq, toksikligi juda past bo‘lishiga qaramasdan, sterkuliya preparatlarini oqshom paytida, shuningdek uzoq vaqt davomida qabul qilish maqsadga muvofiq emas. Spirt nastoykasi ko‘rinishida chiqariladi. Tavsiya etiladigan dozasi: bir kunda 2-3 marta 20-30 tomchidan 3,4 xafta davomida. Uzoq vaqt davomida va yotishdan oldin qabul qilish tavsiya etilmaydi. Tikanli eleuterokokk. Tarkibidagi glikozidlar – eleuterozidlar ishchanlikni oshiradi va oqsil sintezini kuchaytiradi. Uglevodlar sintezi ham kuchayadi, yog‘lar sintezi esa pasayib ketadi. Jismoniy ishlaganda yog‘ kislotalarining oksidlanashi kuchayadi. Eleuterokokk xususiyati uning rangli ko‘rish va jigar ishini yaxshilashiga bog‘liq. Eleuterokokk ekstraktidan, jenshen uchun mavjud ko‘rsatmalar bo‘yicha foydalaniladi. SHu bilan birga, eleuterokokkning zaharlanishiga, gipoksiyaga, stressga qarshi ancha kuchliroq ta’sirga ega, shuningdek, radioprotektor ta’sir ham yuqoriroq. Nur kasalligida esa jenshenga qaraganda samaraliroqdir. Buni shu bilan izohlash mumkinki, araliyalar oilasiga mansub boshqa o‘simliklardan farqli o‘laroq, eleuterokokk mis, marganets va ayniqsa kobalt kabi mikroelementlarni tanlab-tanlab to‘playdi, ular metalloorganik birikmalar ko‘rinishida eritropoez va immunitetni oshiradi, gipoksiyaga, stressga qarshi ta’sirga va radiohimoyaga ega. Spirt tibbiyotida tetiklashtiruvchi va tiklovchi vositasi sifatida kuchli jismoniy zo‘riqishga, kuchli charchashda qo‘llaniladi. Spirt ekstrakti ko‘rinishida ildizmeva va ildizlardan tayyorlanadi. Tavsiya etiladigan doza: yakka tartibda bir kunda 1 marta ertalab ovqatdan oldin 10 tomchidan 2-3 hafta davomida. Baland zamanixa. Tetiklashtiruvchi va engil anabolik ta’sirga ega. Umumiy quvvat beruvchi ta’siri samaradorligiga ko‘ra jenshenga yaqin, markaziy asab tizimiga nisbatan tetiklashtiruvchi samaradorligi esa jenshendan va ushbu guruhdagi boshqa preparatlardan past. Asteniya, mushaklardagi charchoqlikda, katta jismoniy zo‘riqishlar davrida holdan toyishda tavsiya etiladi. Spirt nastoykasi ko‘rinishida chiqariladi. Tavsiya etiladigan doza: bir kunda 2-3 marta ovqatdan oldin 30-40 tomchidan. Pantokrin. Hayvonlardan – yosh bug‘ular shoxidan olinadigan preparat. Farmakologik hossalariga ko‘ra o‘simlmk adaptogenlariga yaqin. qattiq toliqishda astenik va nevrastenik sholatlarda, gipotoniyada tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli jismoniy zo‘riqishda organizmda noqulay oqibatlar kelib chiqishini oldini olish va tiklanish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Spirt ekstrakti, tabletkalar, in’eksiya uchun ampulalar ko‘rinishida chiqariladi. Tavsiya etiladigan doza: 1-2 ta tabletkadan ovqatdan 30 daqiqa oldin 25-40 tomchidan bir kunda ikki marta 2-3 hafta davomida. Download 319.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling