1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro
O‘simlik adaptogenlari va umumiy tetiklashtiruvchi ta’sirga ega preparatlardan foydalanganda farmatsevtik ko‘rsatmalar
Download 319.52 Kb.
|
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM
O‘simlik adaptogenlari va umumiy tetiklashtiruvchi ta’sirga ega preparatlardan foydalanganda farmatsevtik ko‘rsatmalar
Adaptogenlarning samarasi faqat ularni muntazam va uzoq vaqt (4-6 hafta davomida) qabul qilganda seziladi. Kuchli asabiylashuvda, uyqusizlikda, gipertenziyada o‘simlik adaptogenlari qarshi ko‘rsatmaga ega. Quvvatsizlik, kuchli charchash, yaqqol hissiy lobillik, asabiylik, uyqyning buzilishi alomatlari mavjud bo‘lganda adaptogenlarni qabul qilmaslik kerak. Bunday hollarda adaptogenlar bilan bir qatorda sedativ ta’sirga ega vositalarni o‘z ichiga olgan kompleks preparatlar tavsiya etiladi. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar adaptogen preparatlarni faqat shifokor ko‘rsatmasi bilan va uning nazorati ostida qabul qilishi kerak (gormonal muvozanat buzilishi mumkin). O‘simlik adaptogenlarini yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlikda, uyqusizlikda, yuqori arterial bosimda, yurak faoliyatining buzilishida qabul qilmaslik kerak. Adaptogen preparatlar uzoq vaqtqabul qilinganda yuqori emotsional labillik, asabiylik, uyqusizlik paydo bo‘lishi mumkin. Adaptogenlarni kuz-qish mavsumlarida qabul qilish tavsiya etiladi va issiq kunlarda tavsiya etilmaydi. O‘simlik adaptogenlari ertalab (kun davomida bir marta) yoki kunning birinchi yarmida (preparat bir kunda 2-3 marta qabul qilinganda) ichiladi. SHifobaxsh balzamlar va eleksirlarning ta’siri ular tavsiya etilgan muntazam qabul qilinganda faqat 3-4 haftadan keyin namoyon bo‘ladi. Hamma balzamlar tarkibida etanol bo‘lgani bois, ular 16 yoshgacha bolalarga tavsiya etilmaydi. Bo’g’im va muskul og’riqlarida simptomatik davolash. Harakat tayanch tizimi kasalliklari evropa mamlakatlarida ham umumiy kasaliklar strukturasida kata o’rin tutadi.Suyak mushak kasalliklari VOZ bo’yicha aholining 30% da uchraydi.Shundan 20% bemorlar doimiy vrach nazoratida bo’lishga majbur.10% qisman invalid va 5% to’liq invalid bo’lib qoladi. Epidemiologic tekshiruvlar natijasiga ko’ra bo’g’im kasalliklari 40 yoshdan yuqori aholining 50% , 70 yoshdan yuqorisida 90% aholida uchraydi. Bo’g’im og’riqlari. Bo’g’im og’riqlarining eng ko’p uchraydigan sabablari Bo’g’im kasaliklarini keltirib chiqaruvchi sabablar juda ko’p va ularni uch guruhga ajratish mumkin. Biriktiruvchi to’qimalarning sistemali kasalliklari(revmatizm, revmatik artrit, sklerodermit,). Bo’g’im suyak va tog’aylarida modda almashinuvi buzilishi(artroz, podagra, osteoparoz, ). Jarohatlar(maishiy, sport). Biriktiruvchi to’qimalarning sistemali kasalliklari- Biriktiruvchi to’qimaning immune yallig’lanishi bilan harakterlanadi va organ va to’qimalarni zararlaydi va rivojlanishi avj oladi. Revmatizm- Biriktiruvchi to’qimalarning toksik-immumologik yallig’lanishi bo’lib, A gruppa B- gemolitik streptakok bilan zararlangan odamlardauchraydi va yurak qon tomir tizimiga ziyon keltiradi Revmatoid artrit- ko’proq bog’imlarni zararlantiruvchi autoimmun kasallik. Sistem qizil volchanka ko’plab ichki organlarning faoliyatini buzuvchi, og’ir kechuvchi bo’g’imlar kasalligi. Biriktiruvchi to’qima kasalliklarini aniqlovchi asosiy belgilariga quidagilar kiradi: Angina bilan og’riganda 1-2 haftadan keyingi bo’g’im og’riqlari Yuqori harorat, bo’g’imlar shishi va qizrishi bilan kechuvchi og’riq paydo bo’lishi Tana ozishi va tez charchash bilan kechuvchi bo’g’im og’rig’i Bo’g’imlarning ertalabki qotib qolishi bilan kechuvchi bo’g’im og’riqlar Muskullarning kuchsizligi bilan kechuvchi bo’g’im og’riqlar Teridagi toshmalar bilan kechuvchi bo’g’im og’riqlar Reyno sindromi bilan kechuvchi bo’g’im og’riqlar (qollarning rangi oqarib, sovub ketishi, hayajonlanganda, stress holatga tushganda va og’riq sezuvchanlik pasayganda) Bo’g’im tog’ay va suyak to’qimalarda modda almashinuvi bilan bog’liq kasalliklar. Osteoparoz-suyak to’qimalarining zichligi kamayib, sinishga moil bolib qolishi. Osteoparoz sabablari: Menopauzaning erta boshlanishi Chekish Kofeinni ortiqcha iste’mol qilish (1 kunda 2 piyoladan kofe ichish) Dori moddalari qabul qilish (kortikosteroidlar) Podagra – giper urikemiya (hujayradan tashqaridagi suyuqliklarda sidik kislota miqdori oshib ketishi) Sabablari: Go’sht va dudlangan mahsulotlarni ko’p iste’mol qilish. Erkaklar 30 yoshdan, ayollar 50 yoshdan keyin. Jinsi- erkaklar ayollarga nisbatan 5-7 martta ko’proq og’riydi. Dori priparatlarini qabul qilish (nikatin kislotasi, furosemid , tiazit siydik haydo’vchilar, atsetilsaletil kislota (oz do’zada) siklosporin, spirtli ichimliklar. Osteartroz- bo’g’imlar va umurtqa pog’onasining diyetrofik kasalligi bo’g’im tog’aylarida sekin rivojlanuvchi degeniratsiya tufayli paydo bo’ladi. Ko’proq tos-sol, tizza bo’g’imlarizararlaydi, ko’p yurganda kuchayadi vat inch turganda og’riq kamayadi. Sabablari: Keksalalik; Semizlik; Bo’g’imlarga yuk tushishi Nasliy kasalliklar Bo’g’imlar harakatlari ( travma ) Chekish Bemorlarda modda almashinuvi bilan bog’liq bo’g’im kasalliklari aniqlashga asosiy belgilari: Asosan oyoq bo’g’imlari zararlanishi Eng ko’p chanoq-son. Tizza bo’g’imlarida uchrashi Og’riqlar hurujli bo’lib tunda va erta tongda kuchayishi . Og’riq tez paydo bo’luvchi shish,bo’g’imda teri qizarishi va qizishi bilan birga kechishi. Og’riq huruji diuretiklar qabul qilgandan keyin paydo bo’lishi(atsetilsalitsil, alkogol) Ayollarda klimakteril davrda suyaklar tez sinishi. Bog’lovchi to’qimalar kasalliklari va modda almashinuvi buzilishidan tashqari unfeksiyalarham bo’g’im og’riqlariga sabab bo’lishi mumkin, masalan tuberkuloz. Muskullar og’rig’I (mushaklar) Eng ko’p uchraydigan sabablar: Gripp va boshqa o’tkir pespirator infeksiyalar. Padikulit Jarihatlar(maishiy, sportiv) Ortiqcha jismoniy urinishlar. Diuretiklar Muskul og’riqlarida “tajovuz” qiluvchi belgilar Tana harorati ko’tarilishi bilan kechuvchi muskul og’riqlari. Muskullardagi og’riqqa bo’yin, yelka, ko’krak qafasidagi ogriqlar qo’shilishi Bo’g’im va mushak og’riqlarini davolashdagi umumiy yo’nalishlar. Yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi vositalarni og’riq joyiga qo’llash Yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi vositalarni iste’mol qilish. Bemorlarga umumiy maslahatlar. Lat yeganida birinchi 24-48 soat davomida o’sha joyga sovuq qo’yish va tinchlik berish Lat egan joy og’riganda u erga quruq issiqlik qo’yish Davolanish lat egan joyining o’ziga gel’, maz’ surtishdan boshlash kerak Mahalliy davolash yordam bermaganligidagina --------------------------- Ota-onalarga maslahatlar Bolalarda muskul og’riqlari o’rvi yoki lat yeyish bilan bog’liq Maxalliy davolashda bolalarga qo’llashda kuchli qo’zg’atuvchi ta’siga ega preparatlardan qochish. Bolalarga iste’mol uchun yuqori tozalangan paratsetamolni analgetik sifatida tanlash Bo’g’im va muskul og’riqlarini davolashda retsepsiz preparatlarni ratsional qo’llash shartlari. Bo’g’im va mushak og’riqlarini davolashda nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va analgeti antipiretiklar ishlatiladi. Ular bo’g’im atrofi to’qimalaridagi shishlarni yo’qotadi, og’riqni kamaytiradi, yallig’lanish reaksiyalarini pasaytiradi. Farmakologik va klinik ijobiy effektlaridan tashqari nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar bir qator nohush tasirlar ham ko’rsatadi. Bulardan biti bo’g’im tog’aylarining metabolizmiga yomon ta’siridir. Nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarni qabul qilayotganda bemorlar avvaliga axboli yengillashayotganini sezishadi(og’riq shish kamayasi, harakat yaxshilanadi) keyinchalik bo’g’im tog’ayi nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar ta’sirida yemirilishi natijasida, bo’g’im funksityasining buzilishi yuzaga keladi. Tog’aylarga yemiruvchi ta’sirli ko’kroq atsetilsalitsil kislota indometatsin, piroksikam, fenil butazol, ko’rsatadi.Diklofenak- xondroneytral ta’sir ko’rsatadi.Ibuprofen, ketoprofen, parasetamollar kuchsiz xondroprotektor hisoblanadi. Nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar bo’g’imlarga yemiruvchi ta’sirdan tashqari alohida asorat qoldiradi. bunosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar gastropiyasi deb ataladi va ko’ngil aynashi, qusish, ishtaha pasayishibilan kechuvchi oshqozon – ichak shilloiq pardalarinig yallig’lanishi hisoblanadi. nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va analgetik antipiretiklarni istemol qilish natijasida yara hosil bo’lishi va oshqozon ichak qon ketishi holatigacha borishi mumkin. Oshqozon shilliq pardasini kuchli zararlantiruvchi(ul’serogen) preparatlari atsetilsalitsil kislota, indometatsin, piroksikam. Diklofenak va papasetamol kamroq, ul’serogen selektiv ingibitorlar guruhchasiga kiruvchi SOG-2-metiksikam, selekoksib , nimesulid oshqozon shilliq pardasiga yomon ta’sir ko’rsatmaydi, lekin retsept bilan sotiladi. nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlargastropatiyasi rivojlantiruvchi xavfli faktorlar. Keksalik Anamnezda oshqozon kasalliklari buzilishi Glyukukortikoidlarni birgalikda qo’llash (maz holatida ham) nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarni bir vaqtda ikki xilini iste’mol qilish (ikki xil formada bo’lsa ham) uzoq vaqt(bir haftadan ko’proq)nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar bilan davolanish nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar gasropatiyasining profilaktikasi. Ichakda eruvchan dori formalari holida qabul qilish Rektal dori formalarini ishlatish Oshqozon shilliq pardasini himoya qiluvchi preparatlar bilan (sukralfat, prostoglandinlarning sintetik analoglari) birga iste’mol qilish. nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarni selektiv ingibitor SOG-2-metiksikam selekoksib, ninesulidlar bilan birga iste’mol qilish. nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va analgetik antipiretiklar dorixonalarda ko’p sonli dori formalarda iste’mol va mahalliy davolanish uchun mavjud. Bo’g’im va muskul og’riqlarida nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarini suspenziya xolda qo’llash maqsadga muvofiq. Bo’g’im va mushak og’riqlarida mahalliy qo’llaniladigan dori turlarining qulayliklari. Qo’llanilishi oddiy va havsizligi Ham mahalliy, ham rezorbtiv qo’llash mumkinligi Sistemali ta’siri past bo’lganligi sababli, yondosh ta’sirlari ham kuchsizliga, ayniqsa oshqozon ichak yo’llari uchun Bir priparat ichida ta’sir mehanizmi va davolash yo’nalishi har-hil bo’lgan bir necha moddalarning qo’shilmasini ishlatish mumkunligi Prolangir ta’sirga erishish mumkunligi Bo’g’im va muskul og’rig’ida mahaliy qo’llaniladigan preparatlarning klinik-farmasevtik harakteristikasi
Retsepturasiz mahalliy qo’llaniluvchi NYAQP Bunday preparatlar uchun quydagi farmakologik ta’sirlar harakteri: Mahalliy qo’llanilganda yallig’lantirishga qarshi va analgetikta’sir ko’rsatadi. Bo’g’im va bo’g’im atrofi to’gqimalaridagi ishishlarni yo’qotadi. Harakat hajmini oshiradi. Trambatsitlar agregatsiyasini kamaytiradi ( mikrosirtus yatsiyani yahshilaydi)
Bo’g’im va mushak og’riqlarini simptomatik davolovchi mahalliy qo’zg’atuvchi, retsepturasiz preparatlar Bunday preparatlarning xarakterli farmakologik ta’sirlari quidagilar Mahalliy qo’zg’atuvchi ta’sirga ega Chalg’ituvchi ta’sirga ega Og’riq qoldiruvchi Qon tomirlarni kengaytirib, qon aylanishini yaxshilovchi
Jadvalda ko’rsatilgandan tashqari Ukrainada mahalliy ta’sirga ega bo’lgan mazlar ro’yxatdan o’tkazildi. “Kamfora”, “Skipidar”, “Analgol”, “Anolgolan”, “Viprosol”, “Gevkamin”, “ Yngapiven”. Kuchli mahalliy qo’zg’atuvchi tasir ko’rsatuvchilarga achchiq qalampir preparatlari: revmatizmga qarshi Dr. Tayss kremi, “Epsol”, ABC-qizdiruvchi mazlari, “Kamforatsin”liniment, “Evkamoy”, “Nifoleks”, va boshqa mazlar. Mahalliy qo’zg’atuvchi ta’sir yordamida bo’g’im va mushak og’riqlarini qoldirishda kamfora va chumoli spirti, “Loan”, “Orel”, “Vin-1”, va boshqa linimentlar simptomatik davolash uchun preparatlarni shifokor maslahatidan so’ng, kasallikning jiddiy asoratlari bo’lmasligiga ishonch hosilqilgandan keyingina uyda ishlatish maqsadga muvofiq. Bo’g’im va mushak og’riqlarini simptomatik davolashda qo’llaniladigan preparatlarni ishlatishga farmasevtik yordami. nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat saqlovchi mazlar va gellarni surtganda, terining jaroxatlangan joylariga tegishidan saqlanish. nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat saqlovchi MNT larine havo o’tkazmaydigan bog’lovlar tagidan surmaslik. nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat saqlovchi maz va gellarni ko’z va shilliq pardaga tegdirmaslik nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarni qo’llaganda kontakt dermateti yuzaga kelishi mumkin ( teri qichishi, suv to’planishi, tangachalar va vezikulalar paydo bo’lishi ). Bunday hollarda mazlarni qo’llashni darhol to’xtatish kerak qizdiruvchi ta’sirga ega bo’lgan mazlar, Gellar va kremlardan kuyish yuzaga kelmasligi uchun ularni grelka qo’yish, havo o’tkazmaydigan bog’lovlar va elastic bintlar bog’lash kabi muolajalar bilan bir vaqtda ishlatmaslik nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar saqlovchi mazlar, Gellar terining kata maydoniga uzoq muddat surilganda perorl istemol qilingandagidek yondosh asoratlar berishi mumkin diklofenak, saqlovchi mazlar va Gellar ishlatilganda fotosensibilizatsiya bo’lishi mumkin nosteroid yallig’lanishga qarshi preparat mazlar Gellar ko’p miqdorda ishlatilganda yuzaga keladigan simptomlar: epigastriy sohasida nohushlik, ko’ngil aynashi, qusish, bosh og’rigi, bosh aylanishi. Preparatlarga kuchli sezuvchanlik yoki ko’p dozada bo’lganda terini iliq suv bilan tezda yuvib tashlash kerak Mahalliy muolajalar ta’sir qilmagan taqdirda yallig’lanishga qarshi preparatlat peroral qabul qilish tavsiya etiladi Peroral qabul qilinuvchi yallig’lanishga qarshi preparatlar nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar gastropatiyasini keltirib chiqaradi Retsepturasiz beriladigan eng kuchlu analgetik Ukrainada ishlab chiqarilgan “salpodein-koltleks ” preparatidir Solpadeinni paratsetamol yoki kofein saqlovchi boshqa preparat bilan bir vaqtda iste’mol qilish mumkin emas Solpadeinni homilador ayollar va 7 yoshgacha tavsiya etilmaydi Barcha nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar ayniqsa atsetilsalitsil kislota preparatlarini Bronxial astma, oshqozon ichak yo’llarining eroziao yara kasalliklari ,qon ketishga miilligi bor, jigari kasallangan, buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi Barcha nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va atsetilsalitsil kislota preparatlarini ovqatdan keyin iste’mol qilish kerak Atsetilsalitsil kislota,diklofenak, indometatsin, tiaprofen, kislotasi, naproksen, tenoksikam, ketoprofenlat trombotsitlar agregatsiyasini ba qon quyilishini susaytiradi, gemmorogik sindromni yuzaga keltiradi Siydikning ishqoriy reaksiyasi yallig’lanishga qarshi nosteroid preparatlarni organizmdan tezchiqarib yuboradi, ularni tasir kuchini vata’sir qilish vaqtini kamaytiradi nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar analgetik- antipiretiklarni gastrit, oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yarasi, gemmorragik giatez, bronxial astma(aspiringa)kasalliklari bor bemorlarga buyurilmaydi nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar ayniqsa indometatsin, diklofenak, tioprofen kislotasi, ketoprofen va atsetilsalitsil kislotasi, furasemid, etakrin kislotasi kabi siydik haydovchi preparatlar ta’sirini kamaytiradi nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar digolsin va aminoglikozidni organizmdan chiqib ketishini sekinlashtiradi va organizmni shu preparatlardan intoksekatsiyasi oshoshiga olib keladi. Nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar va antatsidlar bir vaqtda berilganda, nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlarning organizmga so’rilishi va chiqib ketishi sekinlashadi. Ketoprofen, naproksen, tioprofen kislotasi , indonetoksin qo’llanilganda bosh aylanishi, uyqusizlik hattoki galyusinatsiya yuzaga kelishi mumki ( serotonin metobolitlar to’planish uchun) shu sabablari hushyorlik talab qiluvchi kasb egalari (haydovchilarga) tavsiya etilmaydi Metamizol, butadion, tioprofen kislotasi, ketoprofen, fenilbutazonlar antikoagulantlar, qand tushuruvchi, sulfanilanitlar bilan birga o’ta ehtiyotkorlik bilan berilishi kerak, chunki bir birining ta’sir kuchini oshirib yondosh asoratlar berishi mumkin. Homiladorlik davrida atsetil salitsil kislotasi, metamizol, indometatsin, ibuprofen, naproksen, ketoprofen preporatlarni iste’mol qilish man etiladi. Bolalarga: atsetil salitsil kislotasi, ketorolak, ketoprofen, indometotsen, meloksikom, tenksikom ( 14 yoshgacha ) tioprofen kislotasi ( 14 yoshgacha), dilofenak, naproksen ( 12 yoshgacha ) tavsiya etilmaydi. Ketoprolak-gipotenziv preporatlar tasirini kamaytiradi Ketoprolak uzoq vaqt iste’mol qilinmaydi Ketoprolak sarimsoq piyoz va piyoz bilan iste’mol qilinsa gimorragik sindrom hafi kuchayadi Ketoprofen yondosh asoratlar hafi kuchlik bo’lganligi uchun chekuvchi va spirtlik ichuvchi bemorlarga tavsiya qilinmaydi Fenilbutazon iste’mol qilinganda osh tuzi iste’mol qilishni cheklash kerak Fenilbutazon istemol qilinganda qon va peshobni har hafta tekshirib turish kerak Barcha nosteroid yaliglanishiga qarshi preporadlar analgetik-antiperetik, ayniqsa atsetsil salitsil kislotasini spirtlik ichimliklar ichilganda istemol qilish mumkin emas, chunki oshqozon shilliq pardasi emirilishi, qon ketishi kabi asoratlar hafi keskin oshadi, markaziy asab tizimida ham yondosh asoratlar bo’lishi mumkin. Kafein saqlovchi kompleks analgetik preporatlarini kofe yoki quyuq damlangan choy bilan birgha istemol qilish mumkin emas Download 319.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling