Ichak mikroflorasi buzilishining 3 xil klinik darajalari bor:
1 daraja. Kompensirlangan ( latent disbakterioz) bifido va laktobakteriyalar mutanosibligida aerob mikroorganizmning miqdoriy uzgarishi bilan xarakterlanadi. Klinik belgilari mavjud emas.
2 daraja. Subkompensirlangan ( yoki maxalliy) disbakterioz- esherixiylarning sifatiy va miqdoriy uzgarishi bilan birgalikda bifidobakteriyalarning kamayishi va shartli- patogen mikroorganizmlarning kupayishi bilan xarakterlanadi. Bunda ichakda yalliglanish jarayonlari kuzatiladi (enterit, kolit).
3 daraja. Keng tarkalgan disbakterioz- ichak normal mikroflorasining sifatiy va miqdoriy uzgarishi bilan kuzatiladi. Turli xil ichak disfunksiyalari xar xil darajalarining klinik kurinishlari buladi. Generallangan disbakterioz – patogen ichak tayokchasining kupayib ketishi bilan birga bifido bakteriyalarning yuqolishi va sut kislotali bakteriyalarning kamayishi bilan xarakterlanadi. O’tkir ichak disfunksiyasi, bakterimiya, septik kurinishlar, ichki organlarda distrofik uzgarishlar buladi.
Ichak disbakteriozini asosiy davolash yullari.
Ichak disbakteriozini davolash kompleksli amalga oshiriladi. U disbakteriozni chakiruvchi sabablarni yukotishga, patogen va shartli- patogen mikroorganizmlar eliminatsiyasi va yugon ichak mikroflorasini tiklashga karatilgan. Mikroflorani tiklash « Probiotiklar» deb nomlangan preparatlar yordamida amalga oshiriladi.
Ambulatoriya sharoitida davolash fakatgina latent (kompensirlangan) shakldagi ichak disbakteriozida amalga oshiriladi. Uni uzboshimchalik bilan davolab bulmaydi- najasning mikrobiologik analizi va albatta vrach kurigidan utish lozim.
Ichak disbakteriozini parxez bilan davolash.
Ratsional parxezli davolashga asoslangan. Ichak disbakteriozidagi parxezli davolash tulakonli, ximiyaviy, mexanik, termik tozalangan bulishi va kuyidagilarga e’tibor berilishi lozim:
- tulakonli ovqatlanishni ta’minlash,
- xazm sistemasidagi organlar va ichakning funksional xolatini yaxshilash,
- regeneratsiya jarayonlarini va immunitetni kuchaytirish.
Disbakterioz xolatida kaynatilgan yogsiz gusht, balik, butkalar ( grechkali, sulili, guruchli) yogsiz tvorog, kattik ok non, kup miqdordagi meva va sabzavotlar ( ozika tolalarini saklamaydigan maxsulotlar sifatida) berilishi lozim.
gusht va balik berish tavsiya etiladi.
Bolalarda katik maxsulotlarini va ximiyaviy tarkibi jixatidan ona sutiga yakin bulgan maxsus aralashmalar – « AGU- 1» , « AGU- 2», atsidofil « Malyutka», « Bifilin», « Narine», « Bifilin- M», « Laktabakterin», « Tonus», « Vita», « Biokefir», « Bifidokefir», « Bifidok»- sutli aralashmalari, yogurtlarni berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |