1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro


Astenik sindrom rivojlanishiga olib keluvchi omillar


Download 319.52 Kb.
bet52/77
Sana15.09.2023
Hajmi319.52 Kb.
#1678373
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM

Astenik sindrom rivojlanishiga olib keluvchi omillar



  • ortiqcha jismoniy, ruhiy yoki aqliy zo‘riqish;

  • ish va dam olishni noto‘g‘ri navbatlash;

  • qoniqarsiz sharoitlarda (gigiena nuqtai nazaridan) ishlash;

  • muntazam kam uxlash;

  • yangi iqlim sharoitlari moslashish;

  • turmush tarzining keskin o‘zgarishi (pensiyaga chiqish, ajralish va h.k.);

  • ortiqcha vazn;

  • alkogolni suiste’mol qilish;

  • kofe va shokolodni suiste’mol qilish;

  • xaddan tashqari qat’iy parxez;

  • suyuqlikni kam iste’mol qilish;

  • toksik kimyoviy moddalar ta’sirida uzoq vaqt bo‘lish;

  • dori vositalarning nojo‘ya ta’siri;



Astenik sindrom yoki depressiv holatga olib kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan dori vositalar

Markaziy asab tizimi va endokrin tizimga ta’sir qiluvchi bir qator dori vositalarini qabul qilish kayfiyatning tushib ketishi, dardchil seruyqulik, e’tiborning pasayishi, aqliy va jismoniy ishchanlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Sanab o‘tilgan holatlar ko‘pincha quyidagi farmakologik guruhga kiruvchi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘ladi (yoki davolanish kursi tugagandan keyin yuzaga keladi):



  • markaziy ta’sirga ega antigipertenziv vositalar (rezerpin, klonidin, metildopa);

  • β-adrenoblokatorlar;

  • uyqu dorilari;

  • sedativ moddalar;

  • trankvilizatorlar;

  • neyroleptiklar;

  • antigistamin preparatlar;

  • glyukokortikosteroidlar (peroral va in’feksion shakllarni muntazam qabul qilganda);

  • peroral kontratseptivlar;

Umumiy darmonsizlik alomatlari juda ko‘p hollarda asab tizimining va ichki a’zolarning (yurak, tomirlar, jigar va h.k.) u yoki bu buzilishida kuzatiladi. Umumiy darmonsizlik alomatlari va birorta ichki a’zoga shikoyatlar qo‘shilib keladigan barcha hollarda aniq tashxis qo‘yish uchun yoki astenik sindromning sabablarini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish va tekshiruvdan o‘tish zarur. Birorta jiddiy hayotiy muammo tufayli yuzaga kelgan astenik sindromda ichki a’zolarning jiddiy kasalliklarini yoki ruxiy kasallikni o‘tkazib yubormaslik juda muhimdir. Ayniqsa quyidagi hollarda mutaxassisning maslahati zarur:

  • homiladorlik;

  • klimakterik davr;

Mustaqil davolanish doirasida adaptogenlar guruhiga kiruvchi giyohli preparatlardan (eleuterokokk, jenshen, rodiola, limono‘t, levzeya, araliya) foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Zarur hollarda, albatta shifokor maslahatidan keyin va uning ko‘rsatmasiga ko‘ra dori-darmonli davolanishni davom ettirish maqsadida neotroplar (piratsetam, piritinol, pramiratsetam, GAMK) tayinlanishi mumkin.


Asteniya va surunkali toliqishni davolash davomiyligi har xil odamlar uchun individualdir. Davolanish kursidan so‘ng tuzalish bosqichi boshlanadi, bemor nafaqat odatdagi turmush tarziga qaytishi, balki o‘z hayotining sifatini yaxshilashi ham mumkin.

Download 319.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling