1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro


Download 319.52 Kb.
bet53/77
Sana15.09.2023
Hajmi319.52 Kb.
#1678373
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM

Bemorlar uchun umumiy tavsiyalar



  • Mehnat qilish va dam olish rejimini optimallashtirish;

  • Sport bilan shug‘ullanish;

  • Zaharli kimyoviy moddalar bilan ta’sirlashuvlarni to‘xtatish;

  • Ovqatlanish ratsioni va suyuqlik ichish rejimini optimallashtirish;

  • proteinlarga boy ovqatlar (go‘sht, soya go‘shti, dukkaklilar) tavsiya etiladi, bu bosh miya faolligini oshiradi;

  • uglevodlarga boy ovqatlar tavsiya etiladi (bosh miyaning “energetik ochligi” yuz berganda glyukoza zaxiralari osongina to‘ldiriladi);

  • tuxum va jigar V guruhi darmoondorilariga boy bo‘lib, xotirani yaxshilaydi va e’tiborni jamlmshni oshiradi;

  • yirik tortilgan undan pishirilgan non, pishloq, brinza, bananlar, indeyka go‘shti – triptofan manbasi bo‘lib, bu modda serotonin – kayfiyatni yaxshilaydigan biologik faol moddaning sintez qilinishida muqim rol o‘ynaydi;

  • darmondorili hossalarga ega mahsulotlar: qora smorodina, na’matak, chakanda mevasi, qora mevali ryabina, sitrusli mevalar, olma, kivi, va qulupnay, turli sabzavotli salatlar, meva sharbatlari va darmondorili choylar.



Ota-onalar uchun maslahatlar

Darmonsizlikning umumiy alomatlari (aqliy va jismoniy ishchanlik qobiliyatning pasayishi, xotira, e’tiborning yomonlashishi, kayfiyatning tushib ketishi) bolalardagi har qanday kasalliklarga hamrox bo‘ladi hamda ularning tuzalishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Maxsus reabilitatsiya choralari bolalarda og‘ir infeksion kasalliklardan keyin olib boriladi.


Birinchi galda, bolalarga mehnat qilish va dam olish rejimini normallashtirish, ovqatlanishni me’yoriga keltirish tavsiya etiladi. Umumiy tetiklantiruvchi maxsus dori vositalari kichik yoshdagi bolalarga faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin tayinlanishi mumkin.
Maktab o‘quvchilarida astenik sindromning rivojlanishi juda ko‘p hollarda xaddan tashqari katta zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ushbu toifadagi bemorlarga birinchi navbvtdv mehnat va dam olish rejimini me’yorlashtirish, ishni oqilona darajada cheklash zarur. Bunday choralarsiz dorili terapiya, odatda, samarali bo‘lmaydi.



Download 319.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling