Farmakologik xossalari
|
Ko‘rsatmalar, qarshi ko‘rsatmalar, nojo‘ya ta’sir
|
“Vigor” balzami, (Biolek, Ukraina)
|
Igir, jo‘ka, levzeya, bo‘ymadaron, yalpiz, shivit, shuvoq, qayin, apelsindan tayyorlangan suv-spirt ekstrakti
|
Adaptogen ta’sir, xotirani yaxshilaydi, jismoniy ishchanlikni oshiradi.
|
Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish. Nojo‘ya ta’sir: aniqlanmagan.
|
“Vitofors” eleksiri (SDFP, Vetnam)
|
Jenshen ildizi, ruavolfiya, shoxi, kardonopsis ildizi, sakkiz bargli sheflera ildizi, silindrik shirinmiya ildizmevasi, xina daraxti po‘stlog‘i, makkajo‘xori tumshuqchasi ustunchasidan ekstraktlar
|
Adaptogen ta’sir: xotirani yaxshilaydi, jismoniy ishchanlikni oshiradi.
|
Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish,0 seruyqulik. qarshi ko‘rsatmalar: giperta’sirchanlik, yuqori AB, yuqori emotsional qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik. Nojo‘ya ta’sir: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik.
|
“Monomax” balzami (Lubnifarm, Ukraina)
|
qora mevali ryabina sharbati, olma sharbati, shirinmiya ildizlari va ildizmevasi, qizilpoycha o‘ti, tog‘ rayxoni, qalampirmunchoq barglari, bo‘ymadaron, qarag‘ay kurtaklaridan tayyorlangan
|
Adaptogen ta’sir: xotirani yaxshilaydi, jismoniy ishchanlikni oshiradi.
|
Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish. Nojo‘ya ta’sir: aniqlanmagan.
|
“Graal” balzami (Graal, Ukraina)
|
Tarkibiga aloe barglari, maymunjon, yong‘oq, anjir, xurmo, rodolendron, limon gullari, xushbo‘y zaytun, feyxao mevalari, eleuterokokk ildizi, rodiola, ko‘k choy, qayin po‘stlog‘i, tog‘li bug‘u shoxining biologik faol moddalari, mumiyo, gul changi, ari asali, propolis, limon kislotasi, qizil vino, olma sirkasi, etil spirti kiradi.
|
Adaptogen, stressga qarshi, radioprotektorli, antitoksik, yallig‘lanishga qarshi, kuchsiz analgetik va antiseptik ta’sir. Aqliy ishchanlikni va xotirani yaxshilaydi, organizmning nurlanishga, gipoksiyaga, yuqori hororatga, texnogen ifloslanishga va tashqi muhitning boshqa noqulay ta’sirlariga bardoshliligini oshiradi.
|
Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish, qarshi ko‘rsatma: xomiladorlik va emiziklik davri, jigar kasalliklari, yurak-tomir tizimining organik jarohatlanishi, buyrak funksmyasining chuqur buzilishi.
|
“Ngu Zya Bi” Antistress (Vetnam)
|
Tarkibiga shofflera po‘stlog‘i, gomalomena ildizmevasi, shandun jensheni ildizi, lyagil ildizi, paparotnik ildizmevasi, remaniya ildizi, xurmo mevasi, skopariya po‘stlog‘i va o‘ti, ligustikum ildizmevasi, sitrus po‘chog‘i, euforiya eti kiradi.
|
Adaptogen va umumiy quvvat beruvchi ta’sir; xotirani yaxshtlaydi, jismoniy ishchanlikni oshiradi.
|
Ko‘rsatmalar: astenik sindrom, qattiq charchash, kuchli aqliy va jismoniy zo‘riqish. Uyqusizlik, stresslar, kuchli charchoq.
|
Oltin ildiz (“Effekt”, Ukraina)
|
Rodiola ildizlari va ildizmevasi, purpur exinatseya ildizlari va ildizmevasi, bargli ko‘k choy, bargli qora choy.
|
Tetiklashtiruvchi, umumiy quvvat beruvchi, immunitetni oshiruvchi va stressprotektor ta’sir.
|
Ko‘rsatmalar: surunkali kuchayib boruvchi yallig‘lanish kasalliklarida immunitet taqchilligi, kuchli ruxiy va jismoniy charchash, nevrasteniya.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |