Nisbatan ko‘p tarqalgan ekzogen allergenlar
Oziq-ovqat, sigir suti, tuxum, shokolad, asal, sitrus mevalar, dukkaklilar va boshqalar.
Maishiy- uy, mexmonxona, kutubxona, changi va uning ayrim komponentlari
(mikroskopik xashorotlar- dermatofagoidlar, mikroorganizmlar va b.lar)
Kepaklar va kuchuk, mushuk, ot va boshqa xayvon junlari, patlar (yostiq patlari, baliqlarning quruq emi, uy qushlarining ekskrementi), suvaraklar, mog‘or zamburug‘ining sporalari ( ayniqsa zax xonalarda).
Kontakt- Kir yuvish kukunlari, sintetik buyumlar, kosmetik maxsulotlar.
O‘simlik changlari- daraxtlar, dala o‘tlari, donli o‘simliklar (makkajuxori, kungaboqar).
Ximiyaviy- kichik (platina, nikel, xrom, simob, dinitroxlorbenzol tuzlari va b.lar) va yuqori molekulyar moddalar (laklar, buyoqlar, polimerlar va boshqa tabiiy va sunniy ximiyaviy moddalar.
Insektid ( xasharotlar)- asalari, qovoq ari, chivin va boshqalarning zaxarlari, allergen substansiyalari.
Dori moddalari- xar qanday dori moddasi allergen bo‘lishi mumkin.
Allergik reaksiyalar 2ta katta guruxga bo‘linadi
Spetsifik allergik reaksiyalar. Organizmga endi tushgan allergen ma’lum bir vaqtdan so‘ng organizmda yuqori sezuvchanlik sensibilizatsiyani rivojlantiradi. Natijada organizm unga tushgan antigenlarga nisbatan spetsefik antitelalar ishlab chiqaradi. Sensibilizatsiyani yuzaga chiqargan antigen organizmga qayta tushgandan so‘ng, unga qarshi ishlab chiqarilgan antitelalar bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada organizmda biologik aktiv moddalar – allergiya mediatorlari ajralib chiqa boshlaydi. Allergiya mediatorlari ta’sirida ma’lum simptomlardan iborat allergik reaksiyalar yuzaga chiqadi.
Nospetsefik allergik reaksiyalar. Bunda allergen bilan organizmni birinchi muloqotdayoq sensibilizatsiyasiz allergik reaksiya yuzaga chiqadi.
Allergik reaksiyalar kelib chiqishiga ko‘ra 3 ta guruhga bo‘linadi:
Dori organizmga tushishi bilan yoki 1 soat ichida tez yuzaga chiqadiganallergik reaksiyalar. Bularga: anafilaktik shok, bronxial astma, Kvinke shishi va boshqalar kiradi.
O‘rtacha muddatda boshlanadigan va davom etadigan allergik reaksiyalar. Bularga: agronulatsitoz, trombotsitopenin va boshqalar kiradi.
Uzoq muddat davom etadigan, qaytarilib turadigan allergik reaksiyalar. Bularga: allergik vaskulit, artritlar, limfodenitlar, gepatit, nefrit, miokardit va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |