1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro


Allergik reaksiyalar klinik shaklining ko‘rinishlari


Download 319.52 Kb.
bet62/77
Sana15.09.2023
Hajmi319.52 Kb.
#1678373
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM

Allergik reaksiyalar klinik shaklining ko‘rinishlari
Bemor organizmida allergenning antitela bilan o‘zaro ta’siri natijasida deyarli xamma organlarda allergik yallig‘lanishlari kelib chiqishi mumkin.
Eng ko‘p uchraydigan xolatlar bu tashqi to‘qimalarni (teri, shilliq qavat) va nafas yo‘llarini yallig‘lanishidir.
Allergodermatozlar (terining allergik kasalliklari)- allergik xolatlarning eng ko‘p tarqalgan turidir. Bolalarda uchraydigan teri allergik reaksiyalariga - atopik dermatit, kattalarda - toshmalar va Kvinkening anginevratik shishi.
( Kvinke shishi).
Atopik dermatit - Turli xil topik allergenlar bilan: ximiyaviy buyumlar, o‘simlik changlari, oziq-ovqat allergenlar va b.larni o‘zaro ta’sirlanishi natijasida teri sezuvchanligining ortishi. Qattik qichishish, qizarish va terining shishi bilan xarakterlanadi.
Mayda toshmalar- o‘tkir allergik reaksiya, terida tez paydo bo‘ladigan va yo‘qoladigan toshmalar va qichishish bilan xarakterlanadi.
Kvinkening angionevratik shishi (gigantskaya krapivnitsa)- terining, teri osti xujayralarining va shilliq qavatlarning shishiga olib keladi. Ko‘p xollarda labda, qovoqda, qo‘l kaftining ichki qismida uchraydi. SHishning xalkum va nafas yo‘llariga tarqalishi nafas qisilishiga olib keladi.
Allergik rinit - burun shilliq qavatining allergik reaksiyasi natijasida yuzaga keladigan klinik ko‘rinishi. Burundan shilliq moddaning ajralishi bilan xarakterlanadi. Ko‘p xolatda qichishish, aksa urish, burunning bitib qolishi bilan birga qayd etiladi.
Allergik kon’yuktivit- ko‘z shillik qavatining qizarishi va qichishishning birdan paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadigan allergiyaning klinik ko‘rinishi.
Pollinoz- o‘simlik changlari ta’siri natijasida kelib chiqadigan allergiya. Ko‘pincha mavsumiy rinit, kon’yuktivit ko‘rinishida bo‘ladi. Ba’zi xolatlarda branxospazm, bronxial astma va boshqa allergiya simptomlari bilan kuzatilishi mumkin.
Bronxial astma- surunkali retsidivli kasallik, bronxlarning giperreaktivligi natijasida yuzaga keladigan nafas qisilishi xurujlari bilan xarakterlanadi.
Zardob kasalligi- bu sistemali allergik reaksiya bo‘lib, organizmning turli xil organlari va sistemalarini begona zardob, uning fraksiyasining yuborilishi natijasida kelib chiqadigan patologik xolat. Ayrim dori moddalarini qonga yuborganda xam javob reaksiyasi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Anafilaktik shok- allergiyaning eng og‘ir ko‘rinishi bo‘lib, butun organizmning allergenga nisbatan reaksiyasi bo‘lib xisoblanadi. MNS ning avval qo‘zg‘alishi, so‘ng esa tormozlanishi, bronxospazm va arterial bosimning keskin tushib ketishi bilan xarakterlanadi

Download 319.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling