Dori moddalarga nisbatan kuzatiladigan allergiya.
Ko‘pchilik dori moddalarining o‘zi antigen xisoblanmaydi, lekin ular organizmga tushgandan so‘ng oqsillar bilan birikma xosil qilib, antigenga aylanib qoladi. Dori moddalari ichida eng ko‘p allergik reaksiyalarni yuzaga chiqaradiganlarga antibiotiklarning penitsillin gruppasi, sulfanilamid, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, tiazid diuretiklar, maxalliy anestetiklar, trankvilizatorlar, barbituratlar, rentgenokontrast moddalar va yod preparatlari kiradi.
Dori moddalar allergiyasining kechishini oldindan aniqlab bo‘lmaydi, u dori moddasining xossalari, shuningdek bemor organizmning xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Dori moddalar allergiyasining klinik ko‘rinishlari turlicha bo‘lib, turli xil organ va to‘qimalarga ham ta’sir kilishi mumkin.
Dori moddalar allergiyasi kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘ladi
- dori moddasining teri va ( shilliq qavatning) zararlangan joyiga qo‘yish
- prolongik tasirga ega preparatlarning ishlatilishi.
- dori moddasi tarkibida terpen saklovchi aromatik moddalarni qo‘llash (lavanda, binafshagul, chinnigul va b.larning aromatik moddalari)
- bemorning fiziologik xususiyatlari- gormonal o‘tish vaqti, xomiladorlik, klimaks.
Bolalarda uchraydigan allergik reaksiyalarning sabablari
1 yoshli bolalarda: oziq-ovqat sensibilizatsiyasi - allergodermatozlar, oshkozon-ichak tizimida buzilishlar.
2 yoshdan 3 yoshgacha: oziq-ovqat sensibilizatsiyasi, dori moddalar allergiyasi, aeroallergenlar va pollyuantlar (o‘simlik changlari). Terining, nafas yo‘llarining zararlanishi.
4 yoshdan 7 yoshgacha: aero allergenlar, pollyuantlar. Bu yoshda respirator allergik ko‘rinishlar soni ortadi (uy changi, mozor zamburug‘iga sensibilizatsiya ortadi) natijada pollinoz, allergik rinit, yillik, mavsumiy allergik kon’yuktivit va bronxial astmalar.
Katta yoshdagi bolalar: Katta yoshdagi bolalarda ingalatsion allergenlar- uy changi, mog‘or zamburug‘i, xayvon epidermisi, o‘simlik changlariga sensibilizatsiya ortadi. Ko‘pchilik bolalarda polivalent allergiyaning bronxial astmaning, teri zararlanishi va respirator traktning zararlanishi yuzaga kelishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |