Allergik reaksiyaga sabab bo‘luvchi faktorlar:
- allergik kasalliklarga irsiy moyillik
- go‘daklik paytidagi allergenlar bilan kontaktida sensibilizatsiya yuzaga chiqishi (ona qornidagi xolatlar xam)
- tamaki tutunining ta’siri
- ishlab chiqarishdagi qoldik maxsulotlarni sensibilizatsiyaga ta’siri
- ratsionda shirinlikning ko‘p ist’emol qilinishi allergik reaksiyalarning ko‘payishiga olib keladi
- emotsional stress
- organizmda gormonal o‘zgarishlar davri - jinsiy etilish davri, xomiladorlik, klimaks, xayz ko‘rish davri
- quyosh radiatsiyasining ta’siri
Vrachga murojat qilish lozim bo‘lgan « Xavfli xolatlar»
Xar qanday allergiya ko‘rinishlari xam vrachning ko‘rigini talab qiladi. Qaytariluvchi allergik reaksiyalar oldini olish uchun yordam beradi. Vrach konsultatsiyasini olgan bemor profilaktika choralarini ko‘radi, allergiyani qaytalanishida o‘zini-o‘zi davolashda ishtirok etadi.
Quyidagi xolatlarda vrachga qayta murojat qilish lozim:
- allergiyaning yangi xolatlari yuzaga chiqqanda (masalan, toshma) nafas olishning qiyinlashishi, nafas qisishi qayd etiladi.
- allergiyani davolashdan oldin qo‘llanilgan preparatlar bilan davolanmagan xolatlarda
- o‘tkir yuzaga chiqqan allergik xolatlar uzoq muddat davomida saqlansa va vaqti-vaqti bilan qaytarilsa.
Tezlik bilan tashxis qo‘yish va davolash kerak bo‘lgan xolatlar:
- xayot faoliyatiga xavfli bo‘lgan xolatlar-og‘ir nafas olish, nafas olishning qiyinlashishi, nerv sistemasidagi buzilishlar, arterial bosimning keskin tushib ketishi.
- xalqum shishining belgilari - ovozning o‘zgarishi, «vovillovchi» yo‘tal, nafas olishning qiyinlashishi.
- allergik shishning yuz qismining yuqorisiga tarqalishi
- vaximaga tushish, qo‘rquv, xolsizlik
- xarakatchanlikning ortib ketishi
- abdominal belgilar- ko‘ngil aynishi, qayd qilish, qorin og‘rig‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |