1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro


Pollinoz xolati kuzatilgan bemorlarga maslaxatlar


Download 319.52 Kb.
bet65/77
Sana15.09.2023
Hajmi319.52 Kb.
#1678373
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Bog'liq
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM

Pollinoz xolati kuzatilgan bemorlarga maslaxatlar:
- pollinoz kuchayishida boshqa allergenlarga xam sezuvchanlik ortib ketadi- uy changi, xayvonlar juni, medikamentlarga allergiyaning paydo bo‘lish extimoli ortadi.
- uyida, ish joyida derazani iloji boricha ochmaslik, ayniqsa ertalab. Xavo tozalovchi moslamalardan foydalanish lozim
- tez-tez dush qabul qilish tavsiya etiladi
- mashinada yurganda oynasini qattiq yopish kerak
- pollinoz kasalligi bor bemorlarga fitopreparatlarni xususiyatlarini tuliq o‘rganib tavsiya qilish lozim, chunki ularning maxalliy, kompress xolatlari allergiyani kuchayishiga olib kelishi mumkin
- shuni esda tutish kerakki, xona o‘simliklaridan (geran, primula) bog‘larda, dalada o‘sadigan gullar ( siren, jasmin, atirgul, marvaridgul, binafsha va b.lar) kasallikni zo‘raytirishi mumkin.
Ota- onalarga maslaxatlar
- yosh bolalarda teri va shilliq qavatlarning o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli ayniqsa ular yuqori ta’sirli allergenlardan uzoq tutilishi shart. Kattalarga qaraganda bolalarda turli xil ekzogen allergenlarga sensibilizatsiyani rivojlanishi osonroq kechadi.
- tabiiy oziqlantirish go‘daklarda allergiya xolatlarining kamayishiga olib keladi ( Ona ratsionida allergenlar mavjud bo‘lmagan xolatlarda). Par yostiqlarni porolon yostiqlarga almashtirish, bola yonida uy xayvonlarini qoldirmaslik
- ota-onalari allergik reaksiyalariga ta’sirchan bo‘lgan bolalarga allergiya xolatlarini oldini olish choralarini kurish muximdir.
Allergiyaga qarshi beriladigan preparatlar 2 guruhga bo‘linadi:

  1. Tez yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarni davolovchi preparatlar

  2. Sekin-asta yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarda beriladigan dorilar

Birinchi guruh preparatlarini antigistamin preparatlar – Erlix xujayralaridan ajralib chiqayotgan gistaminni kamaytiruvchi preparatlar tashkil etadi. Antigistamin preparatlarini 3 avlodi mavjud:
I avlod antigistamin preparatlari, anitgen-antitelo kompleksi ta’sirida ajralib chiquvchi gistaminni qonga o‘tishini kamaytiradi.Ularga dimedrol, pipolfen, suprastin, tavegil va boshqalar kiradi.
II avlod antigistamin preparatlariga astemizol, akrivastin, terfenadin, loratadin preparatlari kiradi. Bu preparatlar N1-gistamin retseptorlari bilan bog‘lanishdan tashqari, bronxlarni kamaytirish xususiyatiga ham egadir.
III avlod antigistamin preparatlar guruhiga feniramin va xlorfenilamin unumlarini kiritish mumkin. Masalan: feksofenadin, akrivastatin va boshqalar kiradi. SHuningdek bu guruhga telfast, intal, ketotifen, tayled preparatlarini ham misol qilish mumkin. Ular sezonli rinit va allergik konyuktivitda, bronxial astmani oldini olishda, ovqatlarga bog‘liq allergiyalarda allergodermotozlarda keng qo‘llaniladi.
Og‘ir o‘tuvchi allergik reaksiyalarni davolashda (anafilaktik shok, bronxial astma) nafas olish yo‘llarini kengaytiruvchi, qon bosimini ko‘taruvchi adrenomimetiklar, bronxomimetiklar va glyukokortikoid preparatlar ishlatiladi. Masalan: izadrin, efedrin, alupent, eufillin va teofillin.
II guruhga kiruvchi sekin-asta yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalarni davolashda asosan antitelo hosil bo‘lishini, hujayra immunitetini sodir bo‘lishini kamaytiruvchi preparatlar qo‘llaniladi

Download 319.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling