1-ma’ruza mavzu: farmatsevtik yordam fani va uning mazmuni. Retseptsiz dori moddalari bilan davolanadigan asosiy kasallik va patologik xolatlarda qayd etiladigan simptom va sindromlar haqida tushuncha dori va oziq-ovqat moddalarining o‘zaro


Allergiya simptomlarini davolashda qo‘llaniladig


Download 319.52 Kb.
bet66/77
Sana15.09.2023
Hajmi319.52 Kb.
#1678373
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
@TibbiyotKitoblar FARMATSEVTIK YORDAM

Allergiya simptomlarini davolashda qo‘llaniladigan preparatlar buyicha farmatsevtik yordam:
- allergik reaksiya birinchi paydo bo‘lishidanoq vrachga murojat qilish va allergiyaning sababini aniqlash lozim
- allergik reaksiyani chaqiradigan allergen aniqlanganidan so‘ng shu allergen bilan kontaktni yo‘qotish choralarini ko‘rish lozim
- dori moddasi bilan davolanayotganda uning ta’sir qilmayotganligi aniqlansa davolashni to‘g‘ri tanlash uchun vrachga qayta murojat qilish lozim
- birinchi avlod antigistamin komponentlari uykuni, charchoqni chaqirish xususiyatiga ega, shuning uchun ularni kechki payt ichish avzalroq.
- antigistamin ta’sirli preparatlarni transport xaydashda qabul qilib bo‘lmaydi, chunki bu preparatlar diqqatni va xarakat koordinatsiyasini buzadi.
- birinchi va ikkinchi avlod antigistamin ta’sirli preparatlarni alkogol bilan, sedativ, uyku chaqiruvchi, trankvilizatorlar, neyroleptiklar, narkotik analgetiklar bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi
- birinchi avlod antigistaminlari sedativ ta’siri engil uyqu chaqirishdan chuqur uyqugacha bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha oddiy terapevtik dozalarda xam yuzaga chiqishi mumkin.
- Diprazin preparati ( pipolfen) arterial bosimning tebranishini ( distoniya) yuzaga keltirishi mumkin.
- birinchi avlod antigistamin preparatlari, ayniqsa siprogeptadil (peritol) ishtaxani ochadi
- birinchi avlod preparatlari uzoq muddat qabul qilinayotgan xolatlarda ularning terapevtik effektining kamayishi (taxifilaksiya) kuzatilishi mumkin,
- Allergik rinit (mavsumiy va yillik) pollinozlarda birinchi avlod antigistaminlarini berish tavsiya etilmaydi, chunki ular M-xolinolitik ta’sirga ega bo‘lib, shilliq qavatlarning urishi, sekretning yopishqoqligini ortiradi va sinusoitlarda gaymoritni rivojlantiradi, bronxial astmada- bronxospazmni chaqiradi va kuchaytiradi.

TERINING ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARI


Rang-barang temiratki-qo‘zg‘atuvchisi terining muguz qavatida joylashib, ko‘p terlaydigan va terining kimyoviy tarkibi o‘zgarib turadigan kishilarda tez ko‘payadi.
Ko‘krak, orqa, bo‘yin, kamdan-kam hollarda oyoq-qo‘llarda, qorinda, boshning sochli qismida keskin chegaralangan va turli shakl va kattalikdagi jigarrang dog‘lar yuzaga keladi.
Dog‘lar rangi pushti-sariqdan to‘q-qo‘ng‘irgacha, ko‘pincha sutli kofe rangida bo‘ladi.
Dog‘lar yuzasi ko‘zga sal ilg‘aydigan kepaksimon tangachalar bilan qoplanadi
sub’ektiv sezgilar bo‘lmaydi, axyonda badan sal qichishishi mumkin Rang-barang temiratki-qo‘zg‘atuvchisi terining muguz qavatida joylashib, ko‘p terlaydigan va terining kimyoviy tarkibi o‘zgarib turadigan kishilarda tez ko‘payadi.
D a v o s i .Zararlangan teriga yashil sovun, Vilkinson mazi, 10% li salitsil spirti eritmasi, 10-20% li oltingugurt moyi, 10% li oltingugurt va 5% li salitsil moyi aralashmasi yoki lamizil, travogen, klotrimazol surtiladi.
bir hafta mobaynida 60% li giposulfit eritmasi va 6% li
xlorid kislota eritmasini ketma-ket surtish yaxshi natija
beradi (Demyanovich) metodi.
Eritrazma.
Kasallik kuzgatuvchisi psevdomikozlar qatoriga kiritiladi
son sohasida, qo‘ltiqda, ayollarda esa sut bezlari ostida qizil jigar-rang tusli dog‘lar paydo bo‘ladi
dog‘larning yuzi sal po‘st tashlab turadi,
badan bir oz qichiydi, ko‘pincha sub’ektiv sezgilar bo‘lmaydi,
zararlangan joy qizarib shishib turadi va pufakchalar paydo bo‘ladi.
D a v o s i.kepaksimon temiratkidagidek po‘st tushiradigan va dezinfeksiyalovchi moddalar buyuriladi.
Cнov epidermofitiyasi
Sonning ichki yuzasida kattaligi tangadek keladigan pushti qizil rangli dog‘lar paydo bo‘ladi.
Dog‘lar cheti teri satxidan bolishga o‘xshab ko‘tarilib turadi, ular yuzasida mayda-mayda pufakchalar, pustulalar bo‘lib, markazida kepaksimon tangachalar ko‘rinadi.
Dog‘lar periferiyaga o‘sa borib, o‘rtasi oqara boshlaydi va halqasimon yoki marjon shaklini hosil qiladi.
Bemorni badan qichishishi va og‘riq bezovta qiladi.
D a v o s i . Kasallik o‘choqlariga 1-2% li yod nastoykasi, 3-5% li oltingugurt yoki qoramoy malhamini surtish tavsiya etiladi.
0,25% li kumush nitrat, 1-2% li rezorsin, 2% li borat kislota eritmasi tavsiya etiladi
umumiy davo- 10% li kalsiy xlorid eritmasi
D a v o s i .Oyoq barmoqlari orasidagi burmalarga 2% li yod, nitrofungin eritmasi, salitsil-benzoat yoki 5% li oltingugurt, lamizil malhami surtiladi
kasallik o‘tkir kechganda desensibilizatsiyalovchi umumiy davo buyuriladi: venaga 10% li kalsiy xlorid, 30% li giposulfat, 10% li kalsiy glyukonat eritmalari yuboriladi
Antigistamin preparatlardan dimedrol, suprastin, tavegil, diazolin, diprazin va boshqalar, V va S guruh vitaminlari, nikotin kislotasi beriladi
antifungal dorilar - lamizil (250 mg dan kuniga 1 mahal, 14 kun davomida), itrakonozol (30 l mg dan kuniga 1 mahal, 15 kun davomida) tavsiya etiladi.
mahalliy davo - Kastellyani bo‘yog‘i, travokort, lamizil kremi tayinlanadi
ikkilamchi infeksiya bulganda antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari tavsiya etiladi.

TERINING VIRUSLI KASALLIKLARI


Oddiy va urab oluvchi uchuq



Download 319.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling