1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja
Greyderlarda ishlashda xavfsizlik talablari
Download 230.78 Kb.
|
1-7 марузалар Кушмаков
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekskavatorlar bilan ishlash.
Greyderlarda ishlashda xavfsizlik talablari
Greyderni tashishda u bazaviy traktor bilan qattiq moslama yordamida ulanishi lozim. Shatakka olish zanjir va arqonlari halqa va ilgaklar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ish uchastkasi oxirida greyderni burib olish, shuningdek sun’iy inshootlar ustidan kesib o‘tish traktorning bir xil tezligida bajarilishi kerak. Nishabligi 12 — 15o dan ortiq bo‘lgan grunt yo‘llardan o‘tayotganda greyder traktor bilan qattiq moslama yordamida ulangan bo‘lishi kerak. Tormozlash uchun otvaldan foydalanishga ruxsat etiladi. Greyder pichog‘ini o‘rnatish va qayta o‘rnatish ishlari ikkita xodim tomonidan bajarilishi kerak. Harakat chog‘ida bazaviy traktor va greyder o‘rtasida turish va shatakka olish qurilmalari ustidan o‘tish taqiqlanadi. Ekskavatorlar bilan ishlash. Ekskavatorlar eng murakkab (ish jixotidan) mashinalar qotoriga kiradi, chunki ular ish jaroyonida qiyin xolatlarda va albatta transport vositalarining yordamida ishlaydi. Shuning uchun ish unumdorligini oshirish va transport vositalarini to‘xtovsix yuklash joyiga borishini ta’minlash uchun xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. - Ekskavatorning turg‘unligini mustaxkamlash uchun uning gusenisasi yoki g‘ildiraklari ostiga, yog‘og, tosh yoki boshqa buyumlar quyishi man etiladi. Ekskavator ishlayotgan paytda mashinist kabinasi bilan (zaboi) oralig‘i 1 m dan kam bo‘lishi mumkin emas. Ekskavator ishlayotgan muxitdagi gruntning mustaxkamligi tekshiriladi. Draglayin yoki teskari kovshli Ekskavator ishlaganida chuqurliklarning qiyaligi, mustaxkamligi xam tekshiriladi. Agarda gruntlar mustaxkamligi kam bo‘lgan taqdirda ishlardan foydalanish kerak. Ishlash to‘xtatilganda Ekskavator kovshi erga to‘shirilgan bo‘lishi shart. Baxtsiz xodisalarni oldin olish maqsadida ishchilarning zaboy ustida qulash masofasi, zaboy ostida bosib qolish masofasiga yaqinlashmasligi kerak. Ekskavator ishlab turgan paytda uning xavfsiz ishlashi, yong‘indan muxofaxasi (smenadagi) mashinistga yuklatiladi. Transport vositalari bilan birga ishlagan paytda Ekskavator albatta tovushli pribor (signal) bilan taminlanishi shart. Ekskavator kabinasiga chiqib tushish uchun ikki tomonidan 1 m dan kam bo‘lmagan perila (ushlagich) bilan jixozlangan norvonga ega bo‘lishi shart. Agarda kuning qorong‘u paytida ishlansa unda ishlayotgan joy xavfsizlik me’yori bo‘yicha bo‘lgan masofada yoritilishi kerak. Yongin sodir bo‘lishini oldin olish uchun yoqilg‘i maxsulotlari metall idishlarda Ekskavatordan 20 m.dan kam bo‘lmagan masofada saqlanishi kerak. Xar xil moylar bilan moylash paytda, moylar va paxtalar metall yashikchalarda saqlanishi zarur. - Er ishlarini bajarishda masalan Yo‘l o‘ymasi va chuqurliklarni qurishda skreperlar, buldozerlar, avtogreyderlar, greyder-elevatorlar va transport vositalari ishlatiladi. Tuproqdarni suniy jipslashda o‘zi yurar katoklar xamda tirkamali katoklar ishlatiladi. Bu mashina va mexanizmlardan foydalanishda ularga bo‘lgan xavfsiz ish jarayonlari mashina va mexanizmlarning xavfsiz ishlatishia ko‘rsatmalariga muvofiq bo‘ladi. - Er yshlarini bajarishda eng avvalo kabel, yuqori bosimli quvurlar (er ostida) o‘tgan joydan boshlanishi kerak, bu ishlarni bajarishda muttasil tashkilotlardan yozma ravishda ruxsatnoma olingandan so‘ng bajariladi. Bu xollarda xamma ehtiyot choralari ko‘riladi va ishchilar kushimcha Yo‘riqdar bilan tanishtiriladi, texnik nazorat kuchaytiriladi. - yuqori kuchlanishli Elektr simlari (kabellar) katta bosimdagi suv va gaz kuvurlari o‘tgan joylarda metall asboblar (lo‘m, cho‘qqi, bolata, temir pona va h.k) ishlatilishi mumkin emas chunki bu asboblar yuqorida qayd etilgan inshoatlarga zarar keltirishi mumkin. Agarda ish jarayonida loyixada ko‘rsatilmagan inshoatlar chikib qolsa, buni tekshirib havfsizlik choralari ko‘rilmaguncha ish to‘xtatiladi. Agarda ish joyida gaz xidlari paydo bo‘lsa tezda ish to‘xtatilib ishchi xodimlar ogoxlantiriladi va shaxsiy muxofaza qilish kiyimlari bilan taminlanadi. Agarda ish joyida favqulotda gaz xidi paydo bo‘lsa buning manbai aniqlanib chora-tadbir ko‘rilmaguncha ish to‘xtatiladi, ishchilar ish joyidan xavfsiz masafoga ko‘chiriladi. - Agarda qiyaliklar va devorlarda mustaxkamlash inshoatlari kurilgan bo‘lsa ularni xar kuni ish boshlashdan oldin ko‘zdan kechiriladi, bironta buzilgan joylari bo‘lsa tezda ta’mirlanadi. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling