Yong‘inni ko‘pik bilan o‘chirish.
Yong‘inni o‘chirishda ko‘pik samarali va qulay vosita hisoblanadi, yengil alangalanadigan, yonadigan suyuqliklarni yonishini bartaraf etishda keng qo‘llaniladi.
Ko‘pik suyuqlikni yupqa pardasi bilan ajratilgan gaz yoki havo pufakchalari massasidan iborat. Hosil bo‘lish turiga qarab kimyoviy va havo-mexanik ko‘piklari mavjud.
Vaqtincha ishlaydigan kimyoviy ko‘piklar o‘t o‘chirgich (OXP-10, OP-5, OP-M) larda ishlatiladi.
Havo mexanik ko‘pigi (PVG), (PO-1, PO-6) larni tashkil etadi.
Yong‘inni inert gazlar bilan o‘chirish.
Yong‘inni o‘chirish uchun inert aralashmalar suv bug‘i, karbondioksidi, azot, argon, tutun gazi, galogen birikmali moddalar ishlatiladi, yani brom eti, xlorbrommetan, brom etifron va boshqalar. Inert gazlar bilan yong‘inni o‘chirish bu hosil bo‘layotgan issiqlikni aralashtiruvchilarni qizdirish uchun saralanishiga, reaksiyani, issiqlik xaroratini va jarayon tezligini kamaytirishga asoslangan.
Gazni berish uchun o‘t o‘chirgichlar (OU-2, OU-5, OU-8, OU-15), statsionar moslamalar (UP-1M, UP-“M va boshqalar) qo‘llaniladi.
Nazorat savollari:
Portlash hodisasi, uning xususiyatlari va unga qarshi qanday chora-tadbirlar bor?
Portlashning qanday salbiy ta’sirlari mavjud?
Yong‘in va portlash bo‘yicha ishlab chiqarish xonalari qanday sinflanadi?
Yong‘in davlat nazoratining asosiy vazifa va huquqlarini tishuntring.
Yo‘l korxonalarida yong‘in xavfsizligi qanday tashkil etiladi?
7-MA’RUZA
Mavzu: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatdan muhofoza qilishning
huquqiy asoslari.
Reja
Favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasining asosiy tamoyillari.
Fuqaro muhofazasining maqsadi va vazifalari.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning me’yoriy-huquqiy asoslari.
Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari.Favqulodda vaziyatlar tasnifi.
Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, ularni oldini olish choralari, uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |