ellipsoidining kattaligi uning elementlari bilan ifodalanadi. Bu elementlar
ellipsoidning katta yarim o’qi (a) va qutblarining siqiqligi dan iboratdir.
(α =
a−b
a
) (2.1)
Yer ellipsoidining elementlari gradus o’lchash natijalariga asoslanib hisoblab
chiqariladi. Bir qancha mamlakatlarning olimlari yer ellipsoidi elementlarini
hisoblab chiqarganlar. Shu hisoblardan ba’zilari 1.1-jadvalda berilgan.
Fransuz olimi Delamberning hisoblab chiqargan yer ellipsoidi hozirgi vaqtda
faqat tarixiy ahamiyatga ega. Delamberning yer ellipsoidini hisoblashdan maqsadi
metrik o’lchov birligining uzunligini aniqlash edi. Delamber ellipsoidining
ekvatordan qutbigacha bo’lgan masofa 10 000 km ga teng. Chunki bunda chorak
meridianning 10 000 000 dan bir bo’lagi 1m qilib qabul qilingan.
1940 yilda olimlar F.N.Krasovskiy bilan A.A.Izotov rahbarligida Yer
ellipsoidining elementlarini hisoblab chiqishgan. Bu ellipsoidga Krasovskiy
referens-ellipsoidi deb nom berilgan. Shusababli 1946 yil 7 aprel qaroriga
muvofiq, olib boriladigan barcha geodezik ishlarda Krasovskiy ellipsoidi asos
qilib olinadigan bo’ldi. Katta aniqlik talab qilinmaydigan geodezik ishlarda Yer
sharsimon
hisoblanib,
radiusi
F.N.Krasovskiy
va
A.A.
Izotovlarning
ma’lumotlariga ko’ra, 6371.11 km ga teng qilib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: