1-ma’ruza Mavzu: Kirish. Konchilik elektr mexanikasi yo‘nalishining umumiy tavsifi Reja
Download 449.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1-маъруза.
5312200 – Konchilik elektr mexanikasi ta’lim yo‘nalishning
umumiy tavsifi Yo‘nalish - O‘zbekiston uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari, Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan. Ta’limning kunduzgi o‘qish shaklida muddati – 4 yil. Akademik daraja – «Bakalavr». Bakalavr: kasblar va lavozimlar milliy klassifikatoriga muvofiq oliy ma’lumotli shaxs egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda ta’limning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsatishga;
ta’lim yo‘nalishi hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlarining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim olishni davom ettirishga; kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasbiy ta’lim olishga tayyorlangan bo‘lishi shart.
faoliyati sohalari va ob’ektlarining tavsifi Ta’lim yo‘nalishining ilm - fan va texnika sohasidagi o‘rni Konchilik elektr mexanikasi ta’lim yo‘nalishi - fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u o‘z ichiga halq xo‘jaligini er osti boyliklari va mineral homashyo bazasi bilan ta’minlash maqsadida er zaminini kompleks o‘zlashtirishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini œz ichiga oladi. Kasbiy faoliyat ob’ektlari
faoliyatining ob’ektlari: konni qazish, qayta ishlash va boyitish korxonalari, er osti inshootlari, konchilik texnologik jarayonlari va elektromexanik jihozlar; konchilik ishlarining fizik-texnologik va metrologik nazorati; konchilik ishlab chiqarishdagi ob’ektlar, mashina va jihozlarni yaratish va ishlatish usullari va vositalari. Kasbiy faoliyat turlari Konchilik elektr mexanikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr o‘zining fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagilarni o‘zlashtiradi: loyihaviy – konstruktorlik: shaxtaning transport va shamollatish sxemalarini, texnologik va nostandart jihozlarni, qazish va transport, hamda shamollatish sxemalarini, texnologik va nostandart jihozlarni, qazish va transport jihozlari va b. loyihalash; ishlab chiqarish – texnologik: uchactka mexanigi, uchastka energetigi, er osti transport uchastkasi hamda er osti transporti masteri lavozimlarida ishlash; namunaviy texnologik sxemalarini ishlab chiqish va qo‘llash va boshqalar; eksperimental - tadqiqiy: namunaviy metodika va b. bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘zkazish va natijalariga ishlov berish; ishlab chiqarishni boshqarishda: qazib chiqarish uchastkasi, transport uchastkasi, shaxtani shamollatish xizmati, hayot faoliyati xavfsizligi xizmatida master lavozimlarida ishlash va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin; Turdosh kasblarga moslashish imkoniyatlari. Konchilik elektr mexanikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr quyidagi: montaj-sozlash ishlari: kon mashinalari va mexanizmlari, turg‘un mashinalari, konveyer va transport mashinalari qurilmalari va boshqalarni montaj qilish hamda sozlash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va bajarish; foydalanish va servis xizmat ko‘rsatish: kon mashinalari va mexanizmlari, turg‘un mashinalari, konveyer va transport mashinalari qurilmalari va boshqalarni ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish; texnologik-ishlab chiqarish: Konchilik korxonalarida elektromexanik bo‘lib ishlash, namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash va boshqa kasbiy faoliyat turlariga moslashishi mumkin. 1.5. Ta’lim olishni davom ettirish imkoniyatlari Konchilik elektr mexanikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavri quyidagi: Konchilik ishlarini elektrlashtirish; Konchilik mashinalari va jihozlari; Konchilik mashinalari va jihozlarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish; Foydali kazilmalarni er osti usulida ishlash Foydali kazilmalarni ochik usulda ishlash mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olishni davom ettirishi;
- tarmoq standartlariga mos ravishda magistraturaning tarmoq
mutaxassisliklari bo‘yicha hamda ta’limning vakolatli boshqaruv organi(lari) tomonidan belgilangan, turdosh ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Konchilik elektr mexanikasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar
Konchilik elektr mexanikasi (tanlangan yo‘nalish)da bakalavr dasturining asosiy maqsadlari: Talabalar umuman – texnika va xususan – konchilik elektr mexanika bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalash, sinash va ekspluatatsiya qilish vazifalarini bajara olishadi. Sermahsul faoliyat olib borish uchun shaxsni rivojlantiruvchi funksiya – zarur bo‘lgan kasbiy va shaxsiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Konchilik elektr mexanikada liderlik rolini bajarib jamiyatga o‘zlarining hissalarini qo‘shish zarurati bilan qurollanadilar. Ushbu maqsadlarga erishish uchun ta’lim dasturining vazifalari: a) talabalar konchilik elektr mexanikasining fundamental asoslarini mustahkam o‘zlashtirib olishlari kerak; b) talabalar tegishli texnikaviy prinsiplardan foydalanib konchilik elektr mexanikasi tizimlarini shakllantirish modellash, o‘lchash, tahlil qilish, loyihalash va ulardan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladilar; v) talabalar og‘zaki, yozma va virtual shakllarda samarali xabarlasha oladilar; g) talabalar ishlab chiqarish, loyihalash va foydalanish jarayonlarining mohiyatini yaxshi tushuna oladilar; d) talabalar loyihalarni ta’riflash (shakllantirish) ularni bajarish va tuzilgan loyihalar natijalarini himoya qila olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar; e) har bir talaba bakalavr sifatida, individ sifatida hamda jamoaning bir a’zosi sifatida faoliyat qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi; j) talabalar o‘zlarida bilimga chanqoqlik hissiyotini uyg‘otadilar va umr bo‘yi bilib olish ehtiyojini o‘zlarida shakllantiradilar. Umumiy malakaviy talablar har bir talaba uchun o‘zining qiziqishlarini va malakaviy (davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi) talablarni qoniqtirgan holda o‘quv dasturlarini tuzishda etarli darajada moslashuvchan (bo‘lajak o‘zgarishlarni qamrab olgan) va ixtisoslashgan (soha xususiyatlaridan kelib chiqqan) fanlarni tanlash (o‘qitishni individuallashtirish) imkonini beradi; mustaqil bilim olish, algoritmlangan holda amaliy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, to‘la o‘zlashtirish tamoyillariga alohida urg‘u beriladi. Download 449.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling