1-ma’ruza. Mavzu: Kompyuterlar arxitekturasini ularning ko‘p sathli tashkil qilinishi asosida o‘rganish. Reja: Kompyuterlar arxitekturasini, ularning ko‘p satxli tashkil qilinishi asosida o‘rganish. Olti sathli kompyuter


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1775140
Bog'liq
1-ma’ruza taqdimot



*


*


Ushbu chizmani, kompyuterda uncha ko‘p 
bo‘lmagan ish tajribasiga ega foydalanuvchilar 
ham qaysidir darajada tushuntirib bera oladilar. 
Ammo zamonaviy kompyuterning ichki tuzilishi, 
uning qanday ishlashi, uning qanday dasturlanishi 
va umuman uning qanday tashkil qilinganligiga, 
ya’ni kompyuterning arxitekturasiga taaluqli 
bo‘lgan tushunchalarni, shu sohaning mutaxassisi 
sifatida mukammal tushunish, hamda ulardan 
o‘zining kundalik faoliyatida samarali foydalana 
olish ancha murakkab masala hisoblanadi.


*
Zamonaviy 
kompyuter 
arxitekturasini 
o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarda kompyuter 
arxitekturasini, bir nechta sathlar ierarxiyasidan iborat 
ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan. 
Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq 
sathlardan iboratdir.
1.2-rasmda kompyuter arxitekturasining olti 
sathdan iborat tuzilishga ega ko‘rinishda ifodalangan 
chizmasi keltirilgan.



Avval 
ushbu 
chizmadagi 
sathlarga 
qisqacha 
tushuntirishlar 
berib 
o‘tamiz, 
so‘ngra 
esa 
kompyuterlarning tuzilishini bunday o‘rganish bilan, 
nimalarga erishish mumkinligi va kompyuter arxitekturasi 
deganda – nimani tushunish kerakligi haqidagi xulosalarni 
keltiramiz.
Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti 
sathi hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi 
sath ob’ektlari ventillar, ya’ni uzgich-ulagichlar deb 
ataladi. Ular yordamida - И, ИЛИ, НЕ (AND, OR, NOT) 
kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi (1.3-rasm).
Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini 
saqlay oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar 
hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar (1.4- 
rasm). Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil 
topgandir.



Guruhlarga 
birlashtirilgan 
xotira 
elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. 
Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga 
ega bo‘lishlari mumkin (1.5-rasm). 


Kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday 
ishlashini o‘rganishda juda ko‘p marotaba so‘zga 
olinadigan tushunchalardan biri - bu registrlar hisoblanadi. 
Kompyuterda va protsessorning ichida kechayotgan, 
ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini amalga oshirishda 
ham, turli xil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan 
registrlardan foydalaniladi.
Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb ataladi. 
Ushbu sathga tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga 
bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni kompyuterda 
ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. 
Masalan Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos 
bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan 
iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma (Arithmetic 
Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud.



Arifmetik mantiqiy qurilma – oddiy 
arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. 
Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar 
birgalikda 
ma’lumotlarni 
ishlash 
ketma-
ketligini, 
ya’ni 
ma’lumotlar 
traktini 
shakllantiradi (1.6-rasm).
Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi – 
bitta yoki ikkita registrlar tanlanadi, arifmetik 
mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir 
amalni, masalan – inkorlash, qo‘shish, ayrish 
yoki boshqa bir amalni bajaradi, so‘ngra natija 
tanlangan registrlardan biriga joylashtiriladi.


Ba’zi kompyuterlarda (protsessorlarda) 
ma’lumotlar 
trakti 
– 
mikroprogramma 
(mikrodastur) deb nomlangan maxsus dastur 
tomonidan 
nazorat 
qilinadi. 
Boshqa 
xil 
kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti – apparat 
vositalar tomonidan nazorat qilinadi.
Hozirda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
kompyuterlarda ma’lumotlar trakti - odatda 
apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. 
Shuning uchun birinchi sathning nomi – 
mikroarxitektura sathi deb nomlangan.


Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti 
tomonidan nazorat qilinadigan kompyuterlarda, 
mikrodastur 
deganda 
– 
ikkinchi 
sath 
buyruqlarining interpretatori, ya’ni amalga 
oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur xotiradan 
buyruqlarni chaqirib oladi va ularni ma’lumotlar 
traktidan foydalangan holda ketma-ket bajaradi. 
Masalan: ADD – qo‘shish buyrug‘ini bajarish 
uchun, u avval xotiradan chaqirib olinadi, unda 
ishtirok 
etadigan 
operandalar, 
ya’ni 
qo‘shiluvchilar 
registrlarga 
joylashtiriladi, 
arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi 
va natija xotiraga yoziladi
.


Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan 
kompyuterlarda ham, xuddi shunday muolaja amalga oshiriladi, ammo bunda 
ikkinchi sath buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni interpretatsiya qiluvchi 
mikrodastur bo‘lmaydi. Ikkinchi sath – buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi 
deb ataladi. Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida 
ishlatilgan protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U 
tavsifi keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat 
ta’minoti tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. 
Uchinchi sath – operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath 
hisoblanadi. Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning 
tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami 
arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, 
boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi mumkin.
Operatsion 
tizim sathi ba’zi bir qo‘shimcha xususiyatlarga ega. Bu – unda xotiraning 
boshqacha tashkil qilinganligi, bir vaqtda ikki va undan ortiq dasturlarni bajara 
olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim sathining yangi buyruqlar 
to‘plamiga ega ekanligi xususiyatlaridir.


*

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling