1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Download 345.5 Kb.
|
KIMYO REFERATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari.
Ca tuzlari. Calsiy barcha kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Ularning barchasi suvda yaxshi eriydi hamda ulardan eng muhimlari–CaCO3 va CaSO4 hisoblanadi.
CaCO3 eng ko`p uchraydigan foydali qazilmalar qatoriga kiradi. Binokorlik toshi sifatida, shuningdek, ohak, CO2 va sement ishlab chiqarishda, metallurgiyada, qishloq xo`jaligida tuproqlarni ohaklash (kislotaliligini kamaytirish va tuproq strukturasini yaxshilash maqsadida) ishlatiladi. CaSO4•2H2O ko`p uchraydi. Gipsni 150-1800C da kuydirish orqali oq kukun–kuydirilgan gips yoki alebastr CaSO4•0,5H2O olinadi. Agar alebastr suvga qorilsa, u tez orada qotib, yana qaytadan gipsga aylanadi: CaSO4•0,5H2O + 1,5H2O = CaSO4•2H2O Gips ana shu xossasi tufayli binokorlikda to`siq plita va panellar tayyorlash, turli xil buyumlardan quyma shakl va nusxalar olishda, tibbiyotda gipsli bog`lam, suvoqchilikda ohak-gipsli qorishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Bu binokorlik mahsulotining kamchiligi suvda oz bo`lsa-da, erishidir. 3. Suvning qattiqligi va uni yo`qotish usullari. Tabiatda toza suv uchramaydi: uning tarkibida doimo biror moddalar aralashgan bo`ladi. Jumladan, suv yer qobig`idagi tuzlar bilan o`zaro ta`sirlashib, muayyan qattiqlikka ega bo`lib qoladi. Suvning qattiqligi–suvda kalsiy kationlari Ca2+ va magniy kationlari Mg2+ borligidan kelib chiqadigan xossalari to`plamidir. Agar suvda bu kationlarning konsentratsiyasi yuqori bo`lsa, u holda suv qattiq, agar kam bo`lsa–suv yumshoq deyiladi. Kalsiy kationlari Ca2+ kalsiyli qattiqlikni, magniy kationlari Mg2+ magniyli qattiqlikni keltirib chiqaradi. Umumiy qattiqlik kalsiy va magniyli qattiqliklardan, ya`ni suvdagi Ca2+ va Mg2+ kationlarining konsentratsiyalari yig`indisidan hosil bo`ladi. Suvni yumshatish jarayonlariga nisbatan olganda karbonatli va karbonatsiz qattiqliklar bo`ladi. Ca2+ va Mg2+ kationlarining suvdagi gidrokarbonat ionlari HCO3- ga ekvivalent bo`lgan qismi keltirib chiqargan qattiqlik karbonatli qattiqlik yoki muvaqqat qattiqlik deyiladi. Qaynatilganda Ca2+ CaCO3 holida cho`kmaga tushadi: Ca2+ + 2HCO3- = CaCO3↓ + H2O + CO2 Mg2+ esa gidroksikarbonat yoki Mg(OH)2 (pH>10,3 bo`lganda) holida cho`kmaga tushadi: Mg2+ + 2HCO3- + 2OH- = (MgOH)2CO3↓ + H2O + CO2 Qattiqlikning suv qaynatilgandan keyin ham qoladigan qismi karbonatsiz qattiqlik deyiladi. U suvda kuchli kislotalarning, asosan sulfatlar va xloridlarning kalsiyli va magniyli tuzlarining miqdori bilan aniqlanadi. K = Ca2+/20,04 + Mg2+/12,16 Bunda [Ca2+] va [Mg2+] - Ca2+ va Mg2+ ionlarining konsentratsiyasi, mg/l. Odatda suvning qattiqligini yo`qotish uchun suvga turli xil kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Masalan, karbonatli qattiqlikni so`ndirilgan ohak qo`shish yo`li bilan yo`qotish mumkin: Ca2+ + 2HCO3- + Ca2+ + 2OH- = 2CaCO3↓ + 2H2O Mg2+ + 2HCO3- + 2Ca2+ + 4OH- = Mg(OH)2↓ + 2CaCO3↓ + 2H2O Ohak bilan soda bir vaqtning o`zida qo`shilganda karbonatli va karbonatsiz qattiqlikdan xalos bo`lish mumkin (ohak-sodali usul). Bunda karbonatli qattiqlikni ohak, karbonatsiz qattiqlikni soda yo`qotadi: Ca2+ + CO3- = CaCO3↓; Mg2+ + CO3- = MgCO3 MgCO3 + Ca2+ + 2OH- = Mg(OH)2 + CaCO3↓ Suvning qattiqligini yo`qotishning boshqa usullari ham qo`llaniladi, ulardan hozirgi vaqtda eng ko`p foydalaniladigani kationitlar ishlatishga asoslangan (kationitli usul). Tarkibida tashqi muhit ionlariga almashina oladigan harakatchan ionlar bor qattiq moddalar ionitlar deyiladi. Ionitlar ikki guruhga bo`linadi. Ulardan biri o`z kationlarini muhit kationlariga almashtiradi va kationitlar deyiladi, boshqalari o`zining anionlarini almashtiradi va anionitlar deyiladi. Ca2+ + Na2R = 2Na+ + CaR; Mg2+ + Na2R = 2Na+ + MgR CaR + 2Na+ = Na2R + Ca2+; MgR + 2Na+ = Na2R + Mg2+ Download 345.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling