1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari


Download 357.5 Kb.
bet15/60
Sana05.01.2022
Hajmi357.5 Kb.
#225084
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
Bog'liq
1-Ma`ruza. Mavzu Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslar

4. Shisha va sementning olinishi.

Odatdagi deraza oynasining tarkibi taxminan ushbu formula bilan ifodalanadi: Na2O•CaO•6SiO2. Shisha soda, ohaktosh va oq qum aralashmasini maxsus pechlarda birga suyuqlantirish orqali olinadi. Suyuqlantirishda dastlab natriy va kalsiy silikatlari hosil bo`ladi. Bu silikatlar bilan qumtuproq suyuqlanib bir butun massa hosil bo`ladi va u asta-sekin sovitiladi:

SiO2 + Na2CO3 = Na2SiO3 + CO2 SiO2 + CaCO3 = CaSiO3 + CO2

Na2SiO3 + CaCO3 + 4SiO2 = Na2O•CaO•6SiO2

Shisha ishlab chiqarishda Na2CO3 o`rniga ko`pincha Na2SO4 va ko`mir ishlatiladi. Bu holda Na2SiO3 quyidagi reaksiya tenglamasiga muvofiq hosil bo`ladi:


2SiO2 + C + Na2SO4 = 2Na2SiO3 + CO2↑ + 2SO2

Maxsus shisha olish uchun boshlang`ich aralashmaning tarkibi o`zgartiriladi. Soda Na2CO3 o`rniga potash K2CO3 ishlatib, qiyin suyuqlanadigan shisha (kimyoviy idishlar uchun) olinaadi. Bo`r CaCO3 o`rniga qo`rg`oshin (II)–oksid PbO, soda o`rniga potash ishlatib, billur shisha olinadi.

Boshlang`ich aralashmaga metall oksidlarini qo`shish shishaga turlicha rang beradi: Cr2O3 yashil, CoO ko`k, MnO2 to`q qizil. Shishadan texnika ehtiyojlari uchun tola va to`qimalar tayyorlanadi. Shishakristall materiallar, ya`ni sitallar ishlab chiqariladi. Ulardan elektr izolyator, idishlar va boshqalar tayyorlanadi.

Odatdagi silikat sement, ya`ni portlandsement yashilroq-kilrang kukun bolib, suvga qorilganda havoda yoki suvda toshsimon massa bo`lib qotadi. Odatda u ohaktosh bilan gildan iborat xomashyo massani qovushgunga qadar kuydirish (1400-1600 0C) yo`li bilan olinadi.

Qizdirish aylanib turadigan silindrsimon maxsus pechlarda amalga oshiriladi. Hosil bo`ladigan qovushgan donador massa klinker deb ataladi. Bu chala mahsulot. Unga tegishli qo`shimchalar qo`shib, sharli tegirmonlarda mayin kukun holigacha maydalanadi va oxirgi mahsulot olinadi.

Tabiatda tarkibida portlandsement olish uchun zaruriy nisbatlarda ohaktosh bilan gil bo`ladigan jinslar uchraydi, ular mergellar deb ataladi. Yirik sement zavodlari ana shu mergellar asosida ishlaydi. Aralashmaning tarkibini o`zgartirib, sementning turli xillari–tez qotadigan, sovuqqa chidamli, korroziyabardosh va boshqa turlari olinadi.

Sement, suv va to`ldirgichlar (qum, mayda tosh, chaqiqtosh, shlak) aralashmasi qottganidan keyin sun`iy tosh–beton hosil bo`ladi. Bu materiallarning aralashmasi qotguniga qadar beton qorishmasi deyiladi. Orasiga po`lat armatura (ichki karkas) qo`yilgan beton temir-beton deyiladi. Beton va temir-betonlar gidroelektrstansiyalar, yo`llar, binolarning yuk tushadigan qismlarini qurishga ko`plab miqdorlarda sarflanadi.

Bog`lovchi material sifatida organik polimerlar yoki polimerlar bilan sementdan foydalanilgan betonlar ham tayyorlanadi. Bular alohida xossalarga ega bo`lgan plastobetonlardir.

Shisha, sement va keramika ishlab chiqarish silikat sanoatiga kiradi, bu sanoat kremniyning tabiiy birikmalarini qayta ishlaydi.


Download 357.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling