Pirometallurgiya rudalardan metallarni yuqori haroratlarda qaytarish reaksiyalari olish usullarini o`z ichiga oladi. Qaytaruvchilar sifatida ko`mir, uglerod (II)-oksidi, faol metallar (Al, Mg, Ca, Na), kremniy va vodorod ishlatiladi.
Cu2O + C = 2Cu + CO Cu2O + CO = 2Cu + CO2
2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2 2ZnO + C = 2Zn + CO2
Cr2O3 + 2Al = 2Cr + Al2O3 TiCl4 + 2Mg = Ti + 2MgCl2
MoO3 + 3H2 = Mo + 3H2O WO3 + 3H2 = W + 3H2O
Gidrometallurgiyaga metallarni tuzlarining eritmalaridan olish usullari kiradi. Bunda ruda tarkibiga kiradigan metall dastlab mos reagentlar yordamida eritmaga o`tkaziladi, so`ngra shu eritmadan ajratib olinadi.
CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O SrCO3 + 2HCl = SrCl2 + H2O + CO2↑
CuSO4 + Fe = Cu + FeSO4 SrCl2 + Ca = Sr + CaCl2
Elektrometallurgiyaga metallarni elektroliz yordamida olish usullari kiradi. Bu usul bilan asosan yengil metallar–Al, Na, K va boshqalar suyuqlantirilgan oksidlaridan yoki xloridlaridan olinadi.
Hozirgi kunda O`zbekistonda metallar ishlab chiqarish yaxshi yo`lga qo`yilgan. Bekobod metallurgiya kombinatida asosan qora metallar va ularning qotishmalari ishlab chiqariladi. Navoiy tog`-kon metallurgiya, Olmaliq tog`-kon metallurgiya, Chirchiq elektrokimyoviy kombinatlarida va boshqa kimyo sanoati korxonalarida asosan rangli metallar ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |