1-ma‟ruza mavzu: Metrologiya va standartlashtirish fanining maqsad va vazifalari. Reja: Fanni o„rganishning asosiy maqsad va vazifalari. “Metrologiya va standartlashtirish”


U.  Kelvin  esa  o„lchash  to„g„risida  shunday  degan;  “Har  qanday  narsa  uni  qay darajada o„lchanish darajasi orqali aniqlanadi”


Download 257.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana06.11.2021
Hajmi257.53 Kb.
#171069
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza

U.  Kelvin  esa  o„lchash  to„g„risida  shunday  degan;  “Har  qanday  narsa  uni 

qay darajada o„lchanish darajasi orqali aniqlanadi”. 



Filosoflarning  talqinicha  fizikaviy  xossalar,  jarayonlarni  tekshirish, 

o„rganishda eng asosiy yo„l (metod) o„lchashlar hisoblanadi. 

Texnik  aspektda  esa  o„lchashlarning  ahamiyati  texnologik  jarayonlarni 

boshqarish,  mahsulotning  yuqori  sifatliligini  ta‟minlash,  obyektni    boshqarish, 

nazorat qilish bo„yicha informatsiya hosil qilinishi bilan belgilanadi. 



Endi  esa  o„lchashlarni  fanda  tutgan  ahamiyati  (roli)  to„g„risida  to„xtalamiz. 

O„lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Xalq xo„jaligida, 

ishlab chiqarishda qo„llanilayotgan murakkab tizimlarning yaratilishi o„z navbatida 

xususan  metrologiya  va  o„lchashlar  texnikasining  har  xil  sohalarini  rivojlanishi 

istiqbolini  ochib  bermoqda.  O„lchash  haqidagi  fanning,  ya‟ni  metrologiyaning 

rivojlanishi  o„z  navbatida  universitetimizda  informatsion  o„lchash  texnikasi  va 

texnologiyasi  bo„yicha  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  avtomatlashtirish  bo„yicha  nazariy 

metrologiya  bo„yicha  yangi  o„quv  mutaxassisliklari  yo„nalishlarini  ochilishiga 

sabab  bo„lmoqda.  Bu  esa  albatta,  deyarli  xamma  yo„nalish  mutaxassislarning 

metrologiya bo„yicha bilim va ko„nikmalarini yuqori bosqichga ko„tarishni taqazo 

etadi.  Shu  sababli  ilgaridan  qo„llanib  kelayotgan  kam  quvvatli,  inertli  asboblar 

sekin-asta  juda  tezkor,  yuqori  unumdorli  asboblar  bilan  almashtirilmoqdaki,  bu 

o„lchash  amalini  bajarayotgan  shaxslarning  faoliyatini  va  albatta  tabiiyki  ularga 

qo„yiladigan talabni ham o„zgartirmoqda. 

Hozirgi 

kunda 


o„lchash 

jarayonlarini 

avtomatlashtirilishi, 

kompyuterlashtirilishi  va  zamonaviy  texnologiyalarning  ishlatilishiga  faqat 

programmalashtirilgan  tizimga  tayangan  holda  erishish  mumkin.  Zamonaviy 

metrologiyaning  rivojlanishida  murakkab  empirik  (tanlash,  ilg„ash)  metodlarini, 

ehtimollik nazariyasiga tayangan holda statistik metodlarini qo„llanilishi katta o„rin 

tutmoqdaki, bu metrologiyaning ilmiy asoslarini tashkil etadi. 



 

Nazorat savollari. 

 

1.  «Metrologiya va standartlashtirish» fanini o„rganishning tabiiy zarurligi. 



2.  «Metrologiya»ning fan sifatida shakllanib borish jarayoni qanday kechgan? 

3.  Qanday ko„hna va qadimiy o„lchash birliklarini bilasiz? 

4.  Fanning rivojlanishida o„ziga xos hissa qo„shgan olimlardan kimlarni bilasiz? 

 

 



 

Download 257.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling