1-ma’ruza mavzu: Meynfreym kompyuterlar. Reja
Download 350.81 Kb.
|
1-ma’ruza mavzu Meynfreym kompyuterlar.
Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi:
1-avlod, 1950 yillar: elektron vakuumli lampalardagi EXM; 2-avlod, 1960 yillar; diskret yarimo‘tkazgichli asboblardagi EXM (tranzistorlardagi); 3-avlod, 1970 yillar; yarimo‘tkazgichli kichik va o‘rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab – minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema – maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo‘lib, o‘zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi; 4-avlod, 1980-90 yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularning asosiysi – mikroprotsessorlar (bitta kristalda o‘n mingta’lab – millionlab aktiv elementlar mavjut). Katta integral sxemalarda aktiv elemantlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 – 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, xozir 1,5 – 2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 – 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng). 5-avlod, xozirgi vaqt (2015...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjut; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dasturning o‘nlab ketma-ket ko‘rsatmalarini bajara oladilar. 6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo‘lmagan mikroprotsessorlarning taqsimlangan tarmoqli bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir. Kompyuterlarning xar bir keyingi avlodi o‘zining oldingi avlodiga nisbattan jiddiy yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi. Kompyuterlarning unumdorligi va barcha xotirasining sig‘imi odatda birnecha o‘n marotaba ortiq. Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni uch guruxga ajratish mumkun (1.3-chizma): universal (umumiy masalalarga mo‘ljallangan); muammoga yo‘naltirilgan; maxsuslashtirilgan. 1.3-chizma.Vazifasi bo‘yicha kompyuterlarni turlarga ajratish. Universal kompyuterlar juda turli muxandislik, texnik, iqtisodiy, matematik axborot va shu kabi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Universal kompyuterlarning xususiyatlari quydagilardan iborat: yuqori unumdorlilik; ishlov beriladigan axborotlarning turlarining ko‘pligi: ikkilik, o‘nlik, belgilik – ular katta oraliqda o‘zgaradi va ular yuqori aniqlikda ifodalanadi; bajariladigan operatsiyalarining ro‘yxati keng, arifmetik, mantiqiy va maxsus; operativ xotira sig‘imi katta; axborotni kiritish-chiqarish tizimi rivojlangan, turli xildagi tashqi qurilmalarni ulashni taminlaydi. Muammoga yo‘naltirilgan kompyuterlar ancha tor doiradagi masalalarni yechish uchun, odatda texnologik obektlarni va jaroyonlarni boshqarishga, nisbattan katta bo‘lmagan axborotlarni yig‘ish, qayd qilish va ishlov berishga, nisbattan murakkab bo‘lmagan algoritmlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Ularda universal kompyuterlarga nisbattan apparat va dasturiy resurslari chegaralangandir. Maxsuslashtirilgan kompyuterlar ma’lum darajadagi tor doiradagi masalalarni yechish uchun yoki qatiy gurux funksiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan. Kompyuterni bunday tor yo‘naltirilishi ularning tarkibini aniq maxsuslashtirishga imkon beradi, ishlashining yuqori unumdorligini va ishonchliligini saqlagan xolda ularning murakkabligini va narxini jiddiy kamaytirish mumkun. Maxsuslashtirilgan kompyuterlarga quydagilarni kiritish mumkun, masalan, maxsus vazifalar uchun dasturlanuvchi mikroprotsessorlar; aloxida murakkab bo‘lmagan texnik qurilmalarni va jaroyonlarni boshqarishning mantiqiy vazifasini bajaruvchi adapter va kontrollerlar; xisoblash tizimlarining qismlarini moslovchi va ulovchi qurilmalar. Download 350.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling