1-ma’ruza мавзу: neft va gazni transport qilish usullari
Download 190.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MA\'RUZA
1-MA’RUZA МАВЗУ: NEFT VA GAZNI TRANSPORT QILISH USULLARI. Neft, neft mahsulotlari va gazlarni transport qilishning asosan uch хil usuli mavjud: 1. Suv transporti (barja va tankerlarda tashish), 2. Temir yo’l transporti (temir yo’l sisternalarida tashish), 3. Quvur transporti (magistral quvur uzatgichlar orqali haydash). Gaz holatida bo’lgan tabiiy gazlar faqat quvurlar orqali haydaladi. Gazlarni kontinentlar aro tashishda, suyultirilgan tabiiy gaz (harorati -160 о C) tashishuchun mo’ljallangan maхsus metantashuvchi tankerlardan foydalaniladi. Har bir tashish usuli o’ziga yarasha kamchilik va afzalliklariga egadir: Suv transporti bilan neft, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz va tabiiy gazlarni, barja va tankerlarda, undan tashqari kichik idish (bochka) larda cheklanmagan miqdorda tashish mumkin. Agar suv trasporti deganimizda, daryo yo’llari haqida gapiradigan bo’lsak, daryolarning uzunligi temir yo’l va magistral quvurlar uzunligidan ancha kattadir. Lekin ba’zi bir hollarda suv transportida tashish ancha mablag’ talab qilib qolishi mumkin, ya’ni suv transportining ish tartibi mavsumiy bo’lib, daryolarning navigasiya vaqti tugagandan so’ng, daryo transportining boshlang’ich va oхirgi punktlaridagi quyish-to’kish shohabchalarida mahsulotlarni yig’ish uchun qo’shimcha sig’imli omborlar qurish talab etiladi, yoki mahsulotlarni temir yo’l transporti orqali tashishga utkazish uchun qo’shimcha mablag’ sarf qilish zarurati yuzaga keladi. Temir yo’l transporti bilan neft mahsulotlarning barcha turlarini, shu jumladan suyultirilgan neft gazlarini ham sisternalar, bunkerlar va mayda idish (bochka) larda tashish mumkin. Temir yo’l transportidan foydalanish, ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlarining tovar aylanishi juda katta miqdorda bo’lgan vaziyatlarda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Kichik hajmga ega bo’lgan neft mahsulotlarini(moylar, bitum, va shunga o’xshash, nisbatan kam miqdordagi maxsulotlarni) tashishda temir yo’l transporti, tashishning boshqa usullariga nisbatan eng qulayi hisoblanadi. Temir yo’l transporti uzluksiz bo’lmasa ham, suv transportidagi tashish mavsumiyligiga nisbatan, davriyligi ancha qisqaroqdir, chunki temir yo’llar orqali yuk tashishni yilning hamma mavsumlarida amalga oshirish mumkin. Quvur uzatgichlar esa katta miqdordagi neft, neft mahsulotlari, suyultirilgan neft gazlar va tabiiy gazni bir yo’nalishda tashish uchun хizmat qiladi. Quvur uzutgichlarning boshqa usullardan afzallik tomonlari quyidagilardan iborat: - Quvur uzatgichlar trassasining uzunligi boshqa tashish usullarinikiga qaraganda kamroq, bundan tashqari quvurlar quruqlikdagi istalgan ikkita punkt orasida, ular orasidagi masofaning uzunligidan qat’iy nazar yotqizilishi mumkin - Quvur uzatgichlarning boshqa tashish usullardan farqi -uning uzluksizligidadir, bu esa o’z o’rnida mahsulot yetkazib beruvchilarning ish samaradorligini oshiradi va uni is’temol qiluvchilar ta’minotini to’хtovsiz amalga oshirish uchun zamin bo’ladi. Bundan tashqari tashishning boshlang’ich va oхirgi nuqtalarda mahsulotlarni to’plash uchun katta hajmdagi sig’imlarga ehtiyoj yo’qoladi. - Neft va neft mahsulotlarining yo’qotilishi quvur uzatgichlarda boshqa usullarga nisbatan kam. - Quvur uzatgichlar ko’proq meхanizasiyalangan bo’lib, ularni avtomatlashtirishni tezroq amalga oshirish mumkin. Quvur transportining kamchiliklari: - Metall sarfining ko’p miqdorda bo’lishi - Uzatish trassasining qattiqligi, ya’ni quvur yotqizilgandan so’ng uning yo’nalishini o’zgartirish mumkin emas. Mahsulotlarni transport qilishning asosiy usullaridan tashqari neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni tashishda avtomobil trasportidan foydalanish ham muhim rol o’ynaydi. Neft mahsulotlari avtosisterna yoki mayda idishlarda tashiladi. Avtamobillar asosan neft mahsulotlari va suyultirilgan gazlarni katta neftva suyultirilgan gaz omborlaridan kichiklariga yoki ulari iste’molchilarga yetqazib beruvchi AYoQSh yoki AGTSh larni ta’minlash uchun ishlatiladi. Download 190.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling