1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Operatorlarning funktsional holati


Download 1.58 Mb.
bet26/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Operatorlarning funktsional holati


Operatorlarning funktsional holati (OFH) - ish faoliyatini bevosita yoki bilvosita belgilaydigan sifat va funktsiyaonal holatning o’zgarishi operatorning ish jarayonida ishchanlikning o’zgarishi, quyidagi bir necha fazalarida kechadi:

  1. Safarbarlik holati. Markaziy asab sistemasining tonusi oshadi va qator a’zo va sistemalarning funktsional aktivligi ortadi. Bu holat kelgusi ishni o’ylash va fikrlash bilan ja’mlanishda ifodalanadi.

  2. Dastlabki reaktsiya fazasi deyarli barcha funktsional holatlarni biroz pasayishi bilan xarakterlanadi. Bir necha minut davom etadi. Bunday holat markaziy asab sistemasiga kelayotgan ta’sirlarning /qitiqlovchilarning/ xarakteri o’zgarishi natijasida tashqi tormozlanish tufayli bo’ladi.

  3. Giperkompensatsiya fazasi-bu birinchi fazaning davomi. Bu fazada kishi topshirilgan konkret vazifaning eng qisqa va qulay rejimiga ko’nikma hosil qiladi.

  4. Kompensatsiya fazasi-bu fazada organizm barcha a’zolari va sistemalarining eng maqbul rejimi o’rnatiladi, ko’rsatkichlar barqarorlashadi. Ishning bu davrida samaradorlik maksimal qiymatga erishadi. Ushbu fazani maksimal darajada cho’zishga xarakat qilish kerak.

  5. Subkompensatsiya fazasi ishning ma’lum jadalligi va davomiyligida fiziologik reaktsiyalarining yuqori sathi biroz pasayadi, funktsional holat ko’rsatkichlari yomonlashadi.

  6. Dekompensatsiya fazasi. Bu fazada organizmning funktsional holati tez yomonlashadi. Eng muximi, ish uchun eng zarur funktsiya bo’lmish-koordinatsiya aniqligi o’zgaradi.

  7. Muvaffaqiyatsizlik fazasida - boshqaruvchi mexanizmlarning ishi ancha buzilishi kuzatiladi.

Subkompensatsiya fazasidan boshlab charchashning o’ziga xos holati kuzatiladi. Charchashning rivoj olishiga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, hamda mehnat va dam olish rejimining buzilishi kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling