Tahlil - bu narsa va hodisalarni fikran alohida qismlarga bo’lish, alohida qismlari, belgilari va xususiyatlarini aniqlashdir.
Abstraktsiya - bu narsa va hodisalarning muhim va muayyan belgi va qonuniyatlarini ajratish maqsadida ularning ba’zi juz’iy tomonlarini yoki bog’lanishlarini fikran bir chekkaga qo’yib turib fikr yuritish. Mavhum tushuncha, abstraktsiyalashtirish yo’li bilan hosil qilingan nazariy umumlashma, nazariy hulosa.
Aniqlashtirish - bu abstrakt - umumlashma fikr, tushuncha, qonun va qoidaga aniq-ravshan, shubha tug’dirmaydigan fikriy operatsiyadir.
Umumlashtirish - bu narsa va hodisalarni umumiy va mavhum belgilariga asosan fikran birlashtirishdir.
Tasavvur - bu idrok qilingan, his etilgan narsa va hodisaning kishi ongida aks etishi, gavdalanishidir. U passiv va aktiv bo’lishi mumkin. Passiv tasavvur kishi tomonidan hech qanday maqsad qo’yilmagan, beixtiyor ravishda (masalan, tush ko’rish) sodir bo’lsa aktiv tasavvur biror bir maqsad, intilish tufayli paydo bo’ladi. Masalan, biror tasvirga, sxemaga qarab hosil bo’lgan tasavvur. Ijodiy tasavvur aktiv tasavvurning bir turi bo’lib, mustaqil ravishda yangi obraz yaratishdir. Ijodiy tasavvur insonni yuksak cho’qqilarga olib chiqadi. Yangi ixtirolar yaratilishiga sabab bo’ladi.
Mehnat xavfsizligi psixologiyasi inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim zveno hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida avariya va jarohatlar bilan bog’liq muammolarni faqat muxandislik usullari bilan echib bo’lmaydi. Hayotiy tajribalar avariya va jarohatlarning asosida ko’pincha (60-90%) tashkiliy - psixologik: kasbiy tayyorgarlikning sifatli emasligi, mutaxassislarning xavfsiz ish usullarini yaxshi bilmasligi, ishchining ruhiy holati ish xarakteriga mos tushmasligi va boshqa ko’plab sabablar yotganligini ko’rsatadi.
Xavfsizlik psixologiyasi inson faoliyatida xavfsizlikni ta’minlashda psixologik bilimlarni qo’llashni o’rganadi. Bunda mehnat faoliyati jarayonida, insonning ruhiy jarayonlari, xususiyatlari va ayniqsa uning ruhiy holati alohida o’rganiladi, chunki uning salomatligini saqlashda ahamiyati yuqoridir. Insonning ruhiy faoliyatida uch asosiy komponent ajratiladi: ruhiy jarayonlar, ruhiy xususiyatlar va ruhiy holatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |