1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1.58 Mb.
bet29/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Ruhiy jarayonlar inson ruhiy faoliyatining asosini tashkil etadi va borliqning dinamik in’iqosi (tasviri)dir. Ularsiz bilimlarning shakllanishi va hayotda tajriba orttirish mumkin emas. Ruhiy jarayonlarning bilimga oid, his-tuyg’uga oid va irodaga oid turlari bor. Ruhiy xususiyatlar (shaxsiy sifatlar) - shaxsning xususiyat-lari yoki uning o’ziga xos tomonlari (xarakteri, temperamenti va sh.o’.). Ruhiy xususiyatlarning aql- zakovat, his-tuyg’u, iroda, axloqiy, mehnatkashlik turlari mavjud. Bu xususiyatlar barqaror va doimiy hisoblanadi. Insonning ruhiy holati - kishining ichki holatini, psixik kechinmalarini, his- tuyg’ularini aks ettiruvchi kayfiyati. Ruhiy holat o’zining turli-tumanligi, vaqtga bog’liqligi, o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Ruhiy holatning bu yerda qo’yilagan vazifasiga qarab uch guruhga, ya’ni xaddan tashqari ruhiy zo’riqish holati, alohida ruhiy holat va ishlab chiqarish ruhiy holatlariga ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Haddan tashqari ruhiy zo’riqish holati. Boshqacha aytganda chegaradan chiqib ketgan ruhiy holat. Bu inson ruhiy holatining buzilishiga, ruhiy ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bunda ko’zga yaqqol tashlanadigan holatlar – harakatlarning susayishi, koordinatsiyalarning buzilishi, noto’g’ri harakatlar va boshqa salbiy holatlarning yuz berishi kuzatiladi.
Haddan tashqari ruhiy zo’riqish holati ikki turli bo’lishi mumkin: tormozlovchi va jo’shtiruvchi (qo’zg’atuvchi) turlari.
Tormozlovchi turi - harakatlarning sekinlashishi va cheklanganligi bilan xarakterlanadi. Mutaxassis o’z ish vazifasini avvalgi chaqqonlik bilan bajara olmaydi. Javob reaktsiyalarning tezligi pasayadi. Fikrlash jarayoni sekinlashadi, eslash yomonlashadi, ilgari bo’lmagan parishonxotirlik paydo bo’ladi va tinch holatda bu odamga xos bo’lmagan boshqa salbiy belgilar paydo bo’ladi.
Jo’shtiruvchi (qo’zg’atuvchi) turi - yuqori darajada aktivlik, ko’p gapirish, qo’llarining va ovozning titrashi belgilari bilan namoyon bo’ladi. Operator zarurati bo’lmagan asboblarning holatini tekshirish, o’z kiyimlari holatini to’g’rilash, qo’llarni bir-biriga ishqalash va sh.o’. ko’plab harakatlar qiladi. Odamlar bilan muloqotda jizzakilik, qiziqqonlik va unga xos bo’lmagan qo’pollik, qo’rslik, ranjish kabi salbiy sifatlar paydo bo’ladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling