Ishlab chiqarish ruhiy holati. Bu ruhiy holat mehnat faoliyati jarayonida paydo bo’ladi va quyidagi guruhlarga bo’linadi:
nisbatan barqaror va uzoq davom etadigan holat. U insonni ushbu aniq ishlab chiqarish korxonasiga, aniq mehnat turiga munosabatini belgilaydi. Bu holat (ishdan qoniqish yoki qoniqmaslik, qiziqish yoki loqaydlik va h.k.) kollektivning umumiy ruhiy kayfiyatini bildiradi.
vaqtinchalik, ma’lum bir vaziyatga bog’liq, tez o’tib ketadigan holat. Turli nosozliklar yoki ishlovchilar orasidagi o’zaro munosabatlar ta’siri ostida kelib chiqadi.
v) mehnat faoliyati davomida vaqti-vaqti bilan vujudga keladigan holat. Bunday holatlar ko’p uchraydi. Masalan, ishga rag’bat, ishga tayyor emaslik, ish qobiliyatining yuqoriligi, charchash, ishning xarakteri bilan bog’liq holatlar: zerikish, mudrash, loqaydlik va sh.o’.
Faoliyat davrida ruhiy zo’riqish holati diqqatga sazovor holat hisoblanadi, chunki u faoliyatning samaradorligi va xavfsizligiga bevosita ta’sir qiluvchi belgi hisoblanadi. Ruhiy zo’riqishning quyidagi turlari diqqatga sazovor:
Mo’tadil zo’riqish - mehnat faoliyatiga undovchi me’yoriy ish xolati. Bu holat eng makbul xolat bo’lib komfort ish sharoitida, uskunalarning me’yoriy ish rejimida ishlash paytidagi holatdir. Bunday holatda ishlash qobiliyati uzok vaqt saqlanib turadi, qo’pol xatolar, noto’g’ri harakatlar va boshqa nohushliklar kuzatilmaydi.
Ortiqcha zo’riqish - ekstremal sharoitlardagi faoliyat bilan bog’liq. Ekstremal sharoitlar kishining fiziologik imkoniyatlari chegarasidan chetga chiqqan fiziologik va ruhiy funktsiyalarning maksimal zo’riqishini talab qiladi. Zo’riqishni kuchaytiradigan nohush omillar quyidagilardir: 1) fiziologik diskomfort -mehnat sharoitlarini me’yoriy talablarga mos emasligi; 2) biologik qo’rquv; 3) boshqaruv uchun vaqt tangligi; 4) echilishi kerak bo’lgan masalaning o’ta murakkabligi; 5) xato harakatlar ahamiyatining yuqoriligi; 6) masalani echish uchun axborotlarning etishmasligi; 7) axborotning ortiqchaligi; 8) ixtilofli sharoitlar va sh.o’.
Do'stlaringiz bilan baham: |