Emotsional zo’riqish kishining xulq-atvoriga turlicha ta’sir qiladi. Ekstremal vaziyatlarda kishining ta’sirlanish yoki tormozlanish holatiga qarab emotsional zo’riqishi quyidagi formalarda kechishi mumkin: xulq-atvorning zo’riqish turi umumiy tormozlanish, xarakatlarning sekinlashuvi, siqiqlik (tanglik), beixtiyoriy harakatlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bunday hodimlar boshqaruv dastagini maxkam siqib ushlaydilar, lablarini tishlaydilar, yuzlari burishgan, barcha diqqatlari asboblarga qaratilgan, signallarga o’ta ta’sirchanlik bilan reaktsiya qiladilar.
Emotsional zo’riqish o’z vazifasini bajarishdan ongli ravishda bosh tortishga ham olib kelishi mumkin. Ayrim vaziyatlarda passivlik va voqelikdan o’zini olib qochishga intilish hollari ham kuzatiladi. Operator avariya sharoitida fikrini jamlab olishga qiynaladi, uzoq vaqt tik yoki o’tirgan vaziyatda turib qoladi, peshonasini ishqalaydi, qoshlarini chimiradi, vaqtni cho’zishga, boshqaruv punktidan uzoqroqqa ketishga harakat qiladi. Bular hammasi emotsional zo’riqish ta’siridan o’zini qutqarishga bo’lgan harakatlardir. Bunday xulq-atvor qo’rqoqlik deb baholanadi.
Emotsional zo’riqishning tormozlanish turi ham borki, unda odam ma’nosiz, nazorat qilib bo’lmaydigan, agressiv harakatlar qila boshlaydi. Natijada u boshqarayotgan sistemaning avariyaga uchrash imkoniyati kuchayadi.
shunday odamlar borki, ekstremal vaziyatlarda o’zlarini ushlab oladilar, ish ko’rsatkichlari yaxshilanadi, xavf haqidagi signallarni xotirjamlik, bosiqlik bilan kutib oladilar. Bunday xulq-atvor progressiv xulq-atvor hisoblanadi va kam kuch sarf kilib, yuqori ish unumdorligiga erishish, jasorat ko’rsatish bilan xarakterlanadi.
Qo’rquvni engishga qaratilgan ma’lum tarbiyaviy vositalar bilan o’zgartirilishi va bartaraf qilinishi mumkin. Tormozlanish xulq-atvor turidagi odamlarga samarali ta’sir o’tkazish usullari hozircha ishlab chiqilmaganligi uchun ularning xizmatidan voz kechgan ma’qulroqdir.
Inson omili bilan bog’liq bo’lgan xavfli vaziyat va jarohatlarni quyidagi uch darajaga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |