1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari


Download 1.58 Mb.
bet11/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK



Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari


1950 yil sentyabr’ oyida Kyol’n shahrida bo’lib o’tgan hayotiy faoliyat xavfsizligining birinchi jahon kongressida olimlar xavfni baholashda mikdoriy kattalik

  • “tavakkal” atamasini qo’lladilar.

Bizning amaliyotimizda xali bu atama etarlicha keng qo’llanilmayapti. V.Marshalning ta’biricha – “tavakkal” - xavflarning namoyon bo’lish takroridir. Boshqa ko’pchilik olimlarning ta’biricha – “tavakkal” - xavfning miqdoriy bahosidir. Miqdoriy baho shundan iboratki, bu ma’lum vaqt ichida bo’lib o’tgan nohush oqibatlar sonini,bo’lishi mumkin bo’lgan soniga nisbatidir. “Tavakkalni” topishda oqibat sinfini ko’rsatish, yoki nimaning tavakkali? savoliga navob berish kerak. Rasmiy nuqtai nazardan “tavakkal” bu – takrorlanish. Lekin chuqurroq mulohaza qilinsa bular orasida katta tafovut borligi ko’rinadi, chunki bo’lishi mumkin bo’lgan nohush oqibatlar sonini biz shartli ravishda olamiz.
“Tavakkal” ikki xil bo’ladi.

    1. shaxsiy tavakkal, bu ayrim shaxs uchun aniq xavf turi.

    2. ijtimoiy yoki sotsial tavakkal. Bu takroriy xodisalar bilan shu xodisalar natijasida jarohatlangan insonlar orasidagi bog’liqlikdir.

Bu ikki tavakkalni sub’ekt har xil qabul qiladi. Ya’ni, odamlar, kam uchraydigan va bira to’la ko’p kishi qurbon bo’lgan voqealarga keskin ahamiyat beradilar. Masalan, ishlab-chiqarishda har kuni 2-3 odam o’ladi, umuman esa 30-40 kishi. Ammo bir xalokatda 5-10 odam xalok bo’lgani oldingi ma’lumotdan daxshatliroq /kattiqroq/ ta’sir qiladi. Tavakkalni baholashda sub’ektivlik nuqsonidan xoli bo’lgan usul va yo’llarni qidirish kerak. Mutaxasislarning fikriga ko’ra xavflarni baholashda tavakkalni qo’llash boshqa usullarga nisbatan afzalroqdir.
Misol tariqasida AQSH ning aholisiga taaluqli shaxsiy tavakkalni keltiramiz.

Avtomobil transporti

310-4

Havo transporti

910-6

Yiqilish

910-5

Yuqoridan narsalarni tushib ketishi

610-6

Yong’in,kuyish

4 10 -5

Elektr toki

610-6

Cho’kish

310 -5

Temir yo’l

4 10 -6

Zaharlanish

210 - 5

Yashin

510 -7

Otiluvchi qurol

1 10 - 5

Umumiy tavakkal

610-4

Dastgohlarda ishlash

110-5

Yadro energiyasi /100 reaktor hisobiga/

210- 10

Suv transporti

9·10 -6

Barcha boshqa sabablar

4 ·10 -5

5-jadval


Har xil sabablar natijasida o’lim bilan tugagan shaxsiy tavakkalni AQSHning umumiy aholisiga nisbatan olingan jadvali.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling