1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari
Download 1.58 Mb.
|
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adaptatsiya
Konvergentsiya - ko’zning ko’rish nurlarining ob’ektda kesishuvi. Konvergentsiya tufayli narsalarning qanday masofada ekanligi, uzoq - yaqinligi haqida aniq axborot olinadi. Bu ko’z mushaklarining harakati tufayli yuz beradi.
Akkomodatsiya - bu ko’zning turli masofadagi narsalarni ochiq-ravshan ko’rishga moslashuvi. Yaqin va uzoq masofadagi narsalar aksi to’ppa-to’g’ri ko’z pardasiga tushishi uchun ko’z gavhari qavariq yoki yalpoq bo’lishi kerak. Yaqindagi narsalarga qaragan paytda ko’z gavhari sharga o’xshash qavariq shaklga, uzoqdagi narsalarga qaraganda esa cho’zilib, tekis yuzali shaklga kiradi. Adaptatsiya - bu ko’zning yorug’lik va qorong’ulikka moslashuvi. Bir necha sekunddan bir necha minutgacha bo’lishi mumkin. Adaptatsiya qorong’ulikda tez (8 sekundgacha), yorug’likda sekin (40 sekundgacha) davom etishi mumkin. Ko’zning shikastlanishi, asosan, uch turli bo’ladi: jarohat, lat eyish va ko’yish. Ko’z turli jismlar (tosh, qum, tsement, ohak, metall, yog’och, shisha, ko’mir va h.k.)dan shikastlanishi mumkin. Ko’zni shikastlovchi jismlar katta, o’rtacha va maydaroq, o’tkir va o’tmas, qattiq, suyuq va nur shaklida va turli tuman bo’lishi mumkin. O’tmas narsalarning tegishidan ko’z lat eyishi, uning tashqi va ichki qismlarida o’zgarishlar paydo bo’lishi mumkin. Ko’zning pardalari va ichiga qon quyilishi va shishishi natijasida ko’rish hiralashadi. Ba’zan esa to’r pardaning shikastlanishi ko’rlikka olib keladi. Ko’zning kuyishi termik, kimyoviy va termokimyoviy bo’ladi. Kislota va ishqorlardan ko’rish a’zolarining oldingi qismi, qovoq terisi, shilliq va shox pardalar qo’yishi mumkin. Ko’z soqqasining ichiga kimyoviy moddalar kirishi og’ir asoratlarga olib keladi. shu jarayonda infraqizil va ultrabinafsha, rentgen va boshqa nurlar ko’zga zarar etkazadi. Bularni oldini olish uchun himoya ko’zoynagi taqish, ish joyi gigiena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga mos jihozlanishi zarur. Eshitish a’zolarining xarakteristikasiInson olayotgan axborotning 10% yaqinini tovush signallari orqali oladi. Eshitish a’zolarining xarakterli xususiyatlari quyidagilardir: xohlagan paytda axborot qabul qilishga tayyorlik qobiliyati; tovushlarni chastota bo’yicha juda katta diapazonda qabul qilish va keraklilarini ajrata olishi qobiliyatlari; tovush manbaini qaerda ekanligini etarli aniqlik bilan belgilay olish qobiliyati. Tovush signallari odamga axborotning ko’pgina qismini etkazadi. Ular xavf signallarini ham etkazishda xizmat qiladi. shu bilan birga ish joyidagi akustik vaziyat xavfsizlikni belgilaydi. Tovush to’lqinlarining asosiy kattaliklari tovush jadalligi va chastotasidir. Chastotasi bo’yicha odam qulog’ining eshitish chegarasi 16-20 dan 20000-22000 Gts oralig’idadir. Eshitish chegarasi kattaligi sezilayotgan tovushlar chastotasiga bog’liq. Eshitishning yuqorigi chegarasi bu og’riq sezish chegarasi bo’lib, chastotaga bog’liq emas va 130-140dB larda bo’ladi. Tovush jadalligini chastotasiga nisbati uning balandligini bildiradi. Tajribalardan ma’lumki, odam har xil jadallik va chastotaga ega bo’lgan tovushlarni bir balandlikdagi tovush deb qabul qiladi. Ushbulardan kelib chiqib, tovush orqali axborot uzatish faoliyat xavfsizligini ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etishi ma’lum bo’ladi. Ko’pgina hollarda tovush signali berish, operator diqqatini jalb qilish (ogohlantiruvchi signallar va xavf haqidagi signallar), unga ko’rinmagan holda xavf solib turgan vaziyatlar haqida xabar berish maqsadida qo’llanadi. Xavfsizlikni ta’minlashda nutqiy (so’z orqali) xabar berish ham muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa "Operator - operator" tizimida buyruq berish, axborot uzatishda bu usul alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda axborot uzatish uchun qisqa va aniq, talaffuzda engil bo’lgan so’zlar ishlatilishi maqsadga muvofiq. Yuqorida aytilganlardan inson faoliyatida uning xavfsizligini ta’minlashda eshitish a’zolarining sog’lom bo’lishi muhimdir. Quloqning kasallanishida ko’plab sabablar qatorida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmaslik va boshqalar alohida rol o’ynaydi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling