Xarakat apparati imkoniyatlari himoya vositalarini va boshqarish organlarni loyihalashda ma’lum ahamiyat kasb etadi. Odam muskullarining qisqarish kuchi katta diopazonga ega. Masalan, barmoqlar kuchi 450-650 N, mashq qilib chiniqtirish orqali 900 N gacha olib borish mumkin. Siqish kuchi o’rtacha qiymati o’ng qo’l uchun 500 N, chap qo’l uchun 450 N bo’lsa, mashqlar bilan ikki marta katta qilish imkoni bor. Quyidagi jadvalda boshqarish organlariga ta’sir qiluvchi eng qulay quchlar keltirilgan.
6-jadval
Boshqarish organlariga ta’sir qiluvchi kuchlar
Boshqarish organlari
|
Kuch qiymati , N.
|
Dastaklar uchun:
eng qulay /optimal/ Maksimal
Tugmalar, tumblerlar, pereklyu- chatellar uchun:
engil turi og’ir turi
Oyoq bilan boshqariluvchi pedallar uchun:
Kam ishlatiladigan Ko’p ishlatiladigan
Mashinani qo’lda boshqarish richaglari uchun:
Davriy ravishda ishlatiladigan Ko’p ishlatiladigan
|
20-40
100
1400-1600
6000-12000
300 gacha.
20-50
120-160
20-40
|
Qo’lni xarakatlantirish tezligi diapazoni ham juda katta va u 0,01 -8000 sm/s ni, eng ko’p ishlatiladigan tezlik 5-800 sm/s ni tashkil etadi. Bu tezlik xarakat yo’nalishiga bog’liq bo’lib, gorizontal bo’ylab xarakatlarga nisbatan tik bo’ylab xarakat tezroq, “o’zidan”, ko’ra “o’ziga” bo’lgan xarakatlar tezroq bajariladi. Mehnat xavfsizligini ta’minlaydigan yuqorida keltirilgan xarakteristikalar bilan bir qatorda odamiing ruhiy omillari bo’lmish, diqqat, fikrlash, iroda, his-xayajon, xotira, tasavvur va boshqalar ham muhim rol o’ynaydi. Ana shu sifatlar majmuasi shaxsni belgilaydi. Kishining shaxsiy sifatlari uning mehnatining xavfsizligiga sezilarli ta’siri bor. Goho shaxsiy xavfsizlik rejimi xaqida gapiriladi. Amaliyotda har bir ishchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish murakkab bo’lganligi uchun hozircha kam qo’llanadi. Lekin, bu kelgusida har bir ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlari yaratishda muhim rezerv ekanligi sir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |