1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Insonning ruhiy-fiziologik faoliyati


Download 1.58 Mb.
bet27/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Insonning ruhiy-fiziologik faoliyati


Kerakli natijaga erishish yo’lida qilingan har qanday faoliyat albatta bir necha ruhiy jarayon va amallardan tashkil topadi.
Diqqat - bu ruhiy faoliyatni ma’lum narsa va hodisalarga yo’naltirilishidir. U ixtiyoriy va g’ayriixtiyoriy turlarga bo’linadi. Ixtiyoriy diqqat oldindan qo’yilgan maqsadni bajarish paytida amalga oshadi va ma’lum iroda kuchi talab qiladi. G’ayriixtiyoriy diqqat esa buning aksi, hech qanday maqsadsiz va iroda kuchi talab qilmaydi. To’satdan sodir bo’ladi. G’ayriixtiyoriy diqqat faoliyat ob’ektiga bo’lgan diqqatni pasaytiradi, chalg’itadi.
Sezish, his qilish - bu tashqi ta’sir qiluvchining organizmni turli retseptorlariga ta’sir qilishidan paydo bo’ladigan oddiy jarayon. Ular: ko’rish, eshitish, hid bilish va boshqa turlarga bo’linadi.
Idrok, zehn - bu narsa va hodisalarni organizmning sezgi a’zolariga ta’siri natijasida kishi tafakkurida aks etishidir.
Xotira - bu kishining o’tmish tajribasida bo’lib o’tgan, kelgusida tanish, xotirlash va eslab qolish jarayonidir. Xotiraning emotsional obrazi nutqiy, mantiqiy, ixtiyoriy, noixtyoriy, qisqa, uzoq muddatli, operativ va boshqa bir necha turlari mavjud. Bularning barchasi inson faoliyatida muhim rol o’ynaydi.
Eslab qolish - bu inson miyasida obrazlarni, taassurot va tushunchalarni saqlanib, o’rnashib qolish jarayonidir.
Qayta eslash, xotiralash - bu inson miyasida eslab qolgan obraz, narsa va hodisalarni jonlanishidir.
Tanish - bu ob’ekt haqida ilgari qabul qilingan axborotni tan olish bilan bog’liq fikriy jarayon.
Unutish - bu kishi tafakkuridan u yoki bu axborotni "tushib" qolishidir.
Assotsiatsiya (bir-birini bog’lovchi fikr) - bu bir-biridan kelib chiquvchi tasavvurlarni alohida tushunchalar orasidagi bog’lanishidir.
Fikrlash - bu bizni o’rab turgan borliqdagi voqea va hodisalarni, ular orasidagi aloqalar, munosabatlar haqidagi bilimlarning umumlashtirilgan va o’rtalashtirilgan obrazidir.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling