1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1.58 Mb.
bet30/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Alohida ruhiy holat. Operatorning ruhiy holati nazoratini tashkil qilishning zarurati, mutaxassislarda ularga xos bo’lmagan, kutilmaganda yoki tashqi omillar ta’sirida yuzaga chiqadigan, uning ishlash qobiliyatini o’zgartiradigan alohida ruhiy holat paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bunga ongning paroksizmal (o’qtin-o’qtin) faoliyati buzilishi, kayfiyatining buzilishi, kishi ruhiyatiga ta’sir qiluvchi (stimulyatorlar, alkogol’ va sh.o’) moddalarni iste’mol qilish bilan bog’liq xolatlar misol bo’la oladi. Mastlik va surunkali ichish xavfsizlik uchun juda katta muammodir. Ish paytida mast qiluvchi ichimliklarni ishchanlikka salbiy ta’sir qilishi xammaga ma’lumdir.
Ma’lumotlarga qaraganda, avtomobil’ jarohatlarining 40-60% ichkilik oqibatida, ishlab chiqarishdagi o’lim xodisalarining 64% mastlik xolatida jabrlanuvchining noto’g’ri xarakati oqibatida sodir bo’ladi. Kishi ruhiy faoliyatining atrof muhit ta’siri ostida o’zgarib turishi ishlab- chiqarish tashkilotchilari oldiga yangi muammolar qo’yadi.
Paroksizmal holat - bu qisqa muddatli (sekunddan bir necha minutgacha) hushdan ketishdir. U kelib chiqishi turlicha bo’lgan (bosh miyaning kasallanishi, epilepsiya), miya faoliyatining buzilishidir. Ayrim hollarda insonning yerga qulashi, tananing qattiq qaltirashi, qo’l va oyoqlarning akashak bo’lib qolishi kuzatiladi.
Paroksizmal holati operator faoliyatida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa avtotransport xaydovchilari, montajchilar, yuqorida ishlovchi quruvchilar uchun juda xavfli holatdir. Bunday ishlarga paroksizmal holatga moyil kishilar qo’yilmaydi.
Ruhiy o’zgarishlar va affekt holat kishida ruhiy ta’sir ostida paydo bo’ladi. Kayfiyatning pasayishi, loqaydlik holati bir necha soatdan 1-2 oygacha davom etishi mumkin. Bu holat qarindosh yoki yaqin kishilarning o’limi yoki konflikt vaziyatlardan keyin kuzatiladi. Bunda beparvolik, lanjlik, tanglik, susayish, fikrlash jadalligining susayishi hollari kuzatiladi. Kayfiyatning pasayishi o’z-o’zini nazorat qilishning yomonlashuvi bilan bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish jarohatiga sabab bo’lishi mumkin. Hafagarchilik, xaqorat, omadsizlik ta’sirida kishida affekt holati rivojlanishi mumkin (affekt - hissiyotlarning, ichki tuyg’ularning portlashi). Affekt holatidagi kishida keskin, agressiv va vayron qiluvchi xarakatlar kuzatiladi. Affekt holatiga moyil kishilar jarohatlanishga moyil hisoblanib, mas’uliyati yuqori bo’lgan ishlarga qo’yilmasligi kerak.
Ishdagi ixtilofli vaziyatlar, o’z ishidan qoniqmaslik, ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar hafagarchilikka olib keladi. Bu gohida kishi ruhining tushib ketishiga olib kelsa, gohida agressivlikka, shafqatsizlikka, ayrim hollarda yuvvoshlik va itoatkorlikka olib keladi.
Havotir (xavfni kutish holati) - bu xavfga nisbatan emotsional reaktsiya holatidir. Kishi bunday holatda xatoga yo’l qo’yishi, xavfli harakatlar qilishi ehtimoli ko’proq bo’ladi. U kishida notavonlik, qat’iyatsizlik, tashqi omillar oldida ojizlik, gumonsirash va sh.o’. hislatlar ko’rinishida ifodalanadi.
Havotir kishida qo’rquv, hurkish, sarosimaga tushish shakllarida namoyon bo’ladi. Sarosimaga (daxshatga) tushish holati ishlab chiqarishda xavfli vaziyatlarning paydo bo’lishiga yoki rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha omillar muntazam yoki vaqtincha xavfli vaziyatlar yoki baxtsiz hodisalar paydo bo’lishi imkoniyatlarini oshiradi, lekin bular albatta baxtsiz hodisaga yoki xavfli vaziyatga olib keladi deb bo’lmaydi. Boshqacha aytganda ularni bevosita xavfga olib keluvchi sabablar deb karash kerak emas.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling