Intellektual zo’riqish - ish bajarish paytida muammoli vaziyatlarning echimini topishda tez-tez intellektual jarayonlarga murojaat qilish oqibatida kelib chiqadigan zo’riqishdir.
Sensor zo’riqish - kerakli axborotni qabul qilishda qiyinchiliklar, faoliyatining me’yoriy bo’lmagan sharoitlari tufayli paydo bo’ladigan zo’riqish.
Monotoniya - bajarilayotgan harakatlarning bir xilligi, diqqatni chalg’itish imkoni yo’qligi, bor diqqatni bir yerga to’plashga bo’lgan talabning yuqoriligi tufayli paydo bo’ladigan zo’riqish.
Politoniya - (monotoniyaning aksi) - diqqatni tez-tez va kutilmagan yo’nalishlarda o’zgartirib turish zarurati tufayli paydo bo’ladigan zo’riqish.
Jismoniy zo’riqish - kishining mushaklariga tushadigan zo’riqish.
Emotsional zo’riqish - ixtilofli sharoitlar, avariya vaziyatlarining paydo bo’lishi ehtimoli bilan bog’liq zo’riqish.
Kutish zo’riqishi - faoliyat bo’lmagan sharoitda ham ish qobiliyatini yo’qotmaslik zarurati bilan bog’liq zo’riqish.
Charchash (toliqish) - uzoq muddat ishlash tufayli ish qobiliyatining vaqtincha pasayishi bilan bog’liq zo’riqish.
Faoliyat jarayonida charchash holatidan tashqari monotonlik, ya’ni harakatlarning zerikarli ravishda bir xilligi ham kishini ish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni uni ishga loqaydligi oshadi, barvaqt toliqishga sabab bo’ladi. Monotonlikning fiziologik asosida bir xilda betinim takrorlanib turuvchi harakatlarning tormozlovchi ta’siri yotadi. Monotonlik tushunchasi har doim qisqa vaqt orasida bajariladigan bir xildagi ishni ko’z oldimizga keltiradi. Charchash bilan monotonlik orasida teskari proportsional bog’liklik mavjud bo’lib, charchash ruhiy zo’riqishga olib kelsa, monotonlik uni pasaytiradi. Monotonlik holati bilan ruhiy ta’sirlanish holatini ham ajratib olish kerak. Ruhiy ta’sirlanish, hayajonga, asabiylashishga, bezovtalikka olib kelsa, monotonlik aksincha, uyqusirash, zerikish, ruhiy faollikning pasayish holatlari bilan xarakterlanadi. Ruhiy ta’sirlanish va monotonlikni chegaralari ma’lum bir ma’noda nisbiydir, chunki: 1) ular bir-biriga o’zaro ta’sir ko’rsatmaydi; 2) ularning oqibati odamga umumlashgan holda ta’sir qiladi; 3) ishlab chiqarish amaliyotida ularning birortasi haddan tashqari formada uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |