1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1.58 Mb.
bet34/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

shaxs (individual) darajasi (organizmning tug’ma yoki keyin o’zlashtirilgan vaqtinchalik yoki doimiy ruhiy va fiziologik xarakteristikalari);

  • muhit darajasi (mehnat sharoitlari, kollektiv munosabatlarning buzilishi, xavfsiz ish usullari haqidagi yo’riqnomalarning sifati pastligi, oilaviy va moddiy tashvishlar va h.k.);

  • jamiyat darajasi (kasbiy tavakkal, uning oqibatlari haqida etarlicha xabardor bo’lmaslik tarmoqda yoki regionda mehnat xavfsizligi masalalarini yaxshi tashkil etilmaganligi va h.k.). Ishlab chiqarish faoliyatida inson organizmining o’ziga xos tomonlari va tashqi muhit omillari bir-biri bilan uzviy bog’lanishda bo’ladi. shuning uchun xavfli vaziyatlarni tahlil kilishda "Odam-muhit" sistemasini birgalikda ko’rib chiqish kerak bo’ladi. shu narsa aniqlanganki, jarohatlanishning yuqori darajasi yosh hodimlarda va ish staji 10-15 yillik hodimlarda bo’lar ekan.

    Yoshlik omili va kasbni egallashda kasbiy mahoratning etishmasligi natijasida yuqori darajadagi jarohatlanish ishning birinchi yiliga to’g’ri keladi. Bu hodimda malakaning etishmasligi: bilimining kamligi, xavfli vaziyatni oldindan ko’ra bilmaslik, yo’l qo’yilgan xatoning oqibatlarini aniqlay olmaslik, murakkab vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilolmaslik sababli bo’ladi. Staj ortib borishi bilan jarohatlar soni kamayib boradi.
    Jarohatlar ko’p bo’lishining ikkinchi holatining sabablari kuyidagi vaziyatlar bilan bog’liq. Birinchidan, organizmning qarish jarayoni bilan bog’liq, bajarilayotgan ishning aniqligi va puxtaligiga ta’sir qiluvchi ruhiy va fiziologik funktsiyalarning pasayishi (axborot qabul qilishdagi qiyinchiliklar, eslash qobiliyatining pasayishi, eski odatlarning saqlanib qolishi, harakatlar aniqligining pasayishi va sh.o’.) bo’lsa, ikkinchidan, xavfga ko’nikma hosil qilish natijasida xavfsizlik qoidalarini mensimaslikdir.
    Bundan yoshlik va staj tom ma’noda baxtsiz hodisaga sabab bo’ladi degan hulosa chiqarmaslik kerak. Lekin, ular xavfli vaziyat kelib chiqishida qo’shimcha sharoit yaratishi yoki baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin.
    Barcha ishlovchilarga bir xil sharoit yaratib berilganda ham baxtsiz hodisalarning uchrashida kishining shaxsiy sifatlari, ijtimoiy - ruhiy va fiziologik sifatlari majmuasi namoyon bo’lishini ko’rsatadi. Ular asab sistemasi, temperamenti, ma’lumoti, malakasi, tarbiyasi, salomatligi va boshqalarni o’z ichiga oladi. shunga qaramasdan xavfsizlik qoidalarini ataylab buzish quyidagi ruhiy sabablar bilan bog’liq bo’lishi mumkin:

    • kuchni tejash - bu tananing energetik resurslarini saqlashga qaratilgan talab.

    Bunda hodimning xulq - atvori "kam harakat" printsipiga asoslanadi.

    • vaktni tejash - bu ish jadalligini oshirish hisobiga unumdorlikni oshirishga bo’lgan intilish. Bu xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan, lekin yakuniy natijaga ta’sir ko’rsatmaydigan operatsiyalarni tushirib qoldirish hisobiga bo’ladi.

    • xavfga ko’nikma hosil qilish yoki xavfga va uning oqibatiga etarlicha baho bermaslik - bu ish jarayonida hodimga uning noto’g’ri xatti-harakatlariga fizik va ijtimoiy jazo berilmasligi oqibatida paydo bo’ladigan xususiyatdir.

    • hamkasblari orasida o’zini ko’rsatib qo’yish, atrofdagilarga yaxshi ko’rinish xohishi. Bunday momentlar xavfli vaziyatlarda namoyon bo’ladi. Bunday hodimlar uchun tavakkal qilish, mardlik, jasurlik bo’lib tuyuladi.

    • mehnat kollektivining "to’da" me’yorlariga ergashish. Bu holatda texnologik jarayon yoki xavfsizlik qoidalarining buzilishi rag’batlantiriladi. Ularga panja orasidan qaraladi yoki ko’z yumiladi. Bunday kollektivda xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan hodim yakkalanib, ajralib qoladi.

    • ideallarga taqlid qilish. Ideallar - namunaviy hodimlar, shu. bilan birga tartibbuzarlar ham bo’lishi mumkin.

    • o’z nazdida o’zining mavqeini yuqori hisoblash ongli ravishda xavfsiz ish usullarini inkor qilishga sabab bo’lishi mumkii. Ko’pincha bu holat tug’ma, o’ziga, imkoniyatlariga ishonmaslik, yoki boshqalarning tanbeh beraverishi bilan izohlanadi.

    • o’z malakasiga yuqori baho berish holati xavf va uning oqibatlari haqida bilib turib hodim tavakkal qiladi. Uning chaqqonligi va malakasi xavfdan saqlab qolishi mumkin deb o’ylaydi.

    • xatolar bilan ishlashga o’rganib qolish. Bu boshqa ish jarayonlarida yoki ishdan tashqari hollarda odat bo’lib qolgan bo’ladi.

    • stress (qattiq hayajon) holati. Bunday hollarda inson ko’proq aql bilan emas;his-tuyg’uga suyanib harakat qiladi. Butun hatti-harakati shu holatdan chiqib ketishga yoki uni pasaytirshga qaratilgan bo’ladi. .

    • tavakkalga moyillik, unga ijobiy hislat sifatida qarash. Bunday odamlar ushbu sifatlari bilan g’ururlanishadi. Hamma narsadan kechib bo’lsa ham, xatto hayotlarini tahlikaga solib bo’lsa ham tavakkal qilishadi (alpinistlar, avtomobil poygachilari va sh.o’.).

    Odamning asab sistemasi refleks printsipi asosida ishlaydi. Refleks-bu har qanday tashqi yoki ichki qitiqlovchilarga organizmning javob reaktsiyasidir. U markaziy asab sistemasi ishtirokida kechadi.
    Odam doimo tashqi muhit sharoitlarining o’zgarishlariga moslashib yashaydi. Bu gomeostaz deb ataladigan, organizmning turli sistemalari ishining barqarorligini ta’minlovchi universal xususiyatlaridir.
    Har kanday fiziologik, fizik, kimyoviy yoki ruxiy ta’sir, havo harorati bo’ladimi, atmosfera bosimi bo’ladimi, xursandchilik yoki g’am-tashvish bo’ladimi organizmni dinamik muvozanatdan chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu omillarning kichik qiymatlarida odam ularni oddiy-informatsiya sifatida qabul kiladi. Lekin, ularning katta qiymatlarida organizmda nohush biologik effektlar vujudga keladi, ya’ni ularga moslashishga, ko’nikishga, himoyalashga, so’ngra qarshi kurashishga harakat qiladi.
    Agar qitiqlovchining ta’siri kuchli bo’lsa, bu organizmga qimmatga tushadi. Organizm o’z barqarorligini ushlab turishi uchun o’zidagi barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Bizning vazifamiz bu kurashda unga yordam berishdir, (zararli moddalar miqdorini kamaytirish, KHV va SHHV qo’llash va h.k). Bu kurashda inson engilsa kasallanadi yoki halok bo’lishi mumkin.
    Organizmda uning xavfsizligini ta’minlovchi bir qancha sistemalar mavjud. Ularga ko’z, quloq, burun, suyak-mushaklar sistemasi, teri immun sistemasi va h.k. kiradi. Aksa urish, ko’zdan yosh oqishi, terlash, sovqotganda qaltirash va sh.o’ holatlar, barchasi organizmni himoyalovchi holatlardir. Masalan, aksa urish burunga biror qitiqlovchi kirib kolgan taqdirda, uni kuchli havo oqimi bilan chiqarib yuborish bo’lsa, ko’zdan yosh oqishi-ko’zga kirib kolgan yot zarrachalarni yuvib chiqarib yuborishdir. Terlash-badan qizib ketganda, ortiqcha haroratni ter orqali chiqarib yuborish bo’lsa, sovqatganda qaltirash. mushaklarni ishlatib, energiya ishlab chiqarish organizm haroratini bir me’yorda ushlab turishga sabab bo’luvchi himoya holatidir.


    Download 1.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling