Amaldagi mehnat haqidagi qonunchilik asoslariga binoan mehnatni muhofaza qilish va mehnat haqidagi qonunni nazorat qilish, quyidagi davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
Davlat texnik kon nazorati agentligi. Qaramog’ida tarmoq qo’mita va inspektsiyalari mavjud. Qo’mitalar tarkibida maxsus kon ishlari, gaz ishlari va atom quvvatidan foydalanish inspektsiyalari bo’lib, ular o’z nazoratchilari orqali bug’ qozonlarining, bosim ostida ishlaydigan uskunalarning, siqilgan gaz to’ldirilgan ballonlarning, yuk ko’tarish (kran, lift) mashinalarining, ekskavatorlarning to’g’ri va xavfsiz ishlashini nazorat qilib turadi.
Davlat sanitariya nazorati – Sog’liqni saqlash vazirligi qoshida tashkil qilinadi. Nazoratning bu turi korxonalarda kasbiy kasalliklarning oldini olish, tuproq, havo, yer osti va usti suv havzalarini ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan saqlash, shovqinning ta’sirini kamaytirish va shunga o’xshash masalalar bilan shug’ullanadi. Sanitariya nazorati sanitariya epidemiologiya hizmati tashkilotlari orqali olib boriladi.
Davlat enYergetika nazorati – “O’zbekenergo” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi “O’zdavenergonazorat” davlat inspektsiyasi tomonidan olib boradi.
Bu inspektsiya korxonalardagi energetik sistemalarni texnik jihatdan ekspluatatsiya qilish borasida ish olib boradi.
davlat yong’in nazorati – ichki ishlar vazirligi qoshida tashkil qilinib, korxonalarda yong’inga qarshi ishlarni uyushtiradi, o’t o’chiruvchi uskunalarning ishga yaroqliligini nazorat qiladi, yong’inga qarshi kurashish yo’riqnomalariga rioya etilishini kuzatib boradi. Bu xodimlarga tsexlarni, omborlarni, binolarni va korxonalarni nazorat qilish huquqi berilgan. Agar u yerlarda yong’in chiqish xavfi mavjud bo’lsa, bunda korxona, tsex va bo’lim ishi qisman yoki to’liq to’xtatilib qo’yilishi mumkin.
Davlat kasaba uyushmasi nazorati – kasaba uyushmalari markaziy qo’mitasi hamda jumxuriyat va viloyat nazoratchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Bu tashkilotlarning texnik nazoratchilariga korxonalarning mehnat muhofazasi haqidagi qaror, qoida va yo’riqnomalarni, sanoat sanitariyasi va mehnat qonunchiligini nazorat qilish topshirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |