1-ma`ruza. Mavzu: paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari


Download 1.58 Mb.
bet42/47
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1451543
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Paxta va to`qimachilik sanoatida texnosferik omillar UMK

Mexanik shamollarish.
Mexanik shamollatish sistemalarida havoning harakati ventilyatorlar bilan yoki ayrim hollarda ejektorlar bilan yuzaga keltiriladi.
Avval aytganimizdek mexanik ventilyasiya 3 turli bo‘lib: havo beruvchi, so‘rib oluvchi va ikkovi birgalikda qo‘llaniladi.
Havo beruvchi sistema odatda quyidagi elementlardan tashkil topadi:



7-rasm.



    1. Toza havo qabul qiluvchi shaxta. Binodan tashqariga, havodagi zararli moddalar kam joylarga o‘rnatiladi.

    2. Havo quvurlari,

    3. Havo tozalovchi filtr,

    4. Havoni isitib beruvchi asbob- kalorifer.

    5. Ventilyator.

    6. Havoni ish joylariga tarqatib beruvchi kallaklar.

Havo so‘ruvchi sistema odatda quyidagi elementlardan tashkil topadi.

8-rasm.

    1. Ifloslangan havoni so‘ruvchi teshikli kallaklar,

    2. Havoni chang va gazlardan tozalovchi moslama,

    3. Havoni chiqarib yuboruvchi shaxta, tomning eng baland nuqtasidan kamida 1-1,5 m balandlikda o‘rnatiladi.

SHamollatishning bu usulida toza havo xonaga eshik va derazalarning tirqishlaridan va konstruksiyadagi zichsizliklardan kirganligi uchun ish joylarida elvizaklar hosil qilish mumkin, bu esa ishchilarning shamollashiga va kasal qilishga olib keladi. Bu ushbu sistemaning kamchiliklaridan biridir.

  1. Toza va kam changli havo uchun ( 100 mg/m3 gacha) mo‘ljallangan odatdagidek bajarilgan.

  2. Zanglamaydigan qilib bajarilgan- agressiv tarkibli havolarni harakatga keltiradi.

  3. Uchqun chiqmaydigan qilib bajarilgan- portlovchi aralashmalarni (vodorod, asetilen) harakatga keltiradi.

  4. CHangli havoni (100 mg/m3 dan ko‘p) harakatga keltirish uchun mo‘ljallangan.

Hozirgi paytda sanoatda, turli tipdagi o‘q bo‘ylab yo‘naltiruvchi (MC, C3-0,4) va markazdan qochma (C4-70, C4-76, C8-18, CP7-40 va h.k) ventilyatorlar chiqarilmokda.
Ejektorlar. Juda agressiv muhitni, zarbadan emas xatto ishqalanish natijasida ham portlab ketishi mumkin bo‘lgan changlarni yoki engil alangalanuvchi portlash xavfi mavjud (atsetilen, efir va boshqa) gazlarni xonadan so‘rib olishda ejektorlar ishlatiladi.


9-расм.
Ejektorning ishlash prinsipi quyidagichadir (9-rasm). Sex xavosi shamollatilishi kerak bo‘lgan xonadan tashqarida joylashgan kompressor yoki ventilyator orqali ejektor ichiga quvur 1 dan va kallak 2 dan havo purkaladi. Undan tezlikda chiqqan havo kamera 3 da manfiy bosim hosil qiladi, natijada xonadan ifloslangan havo ejektor ichiga so‘riladi.
Konfuzor 4 va ejektorning siqiq bo‘yni 5 da ejektrlovchi va ejektrlanuvchi havo aralashadi. Diffuzor 6 dinamik energiyani statik energiyaga aylantirish havo tezligini pasaytirish uchun xizmat qiladi. Ejektorlarning kamchiligi FIK ning kamligidadir ( 0,25).


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling