1-ma`ruza mavzu: portlashdagi yordamchi ishlar mexanizatsiyasi. Qoplovchi toshlardagi kar’erlardagi asosiy portlatish ishlari. Reja


Download 14.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.04.2023
Hajmi14.55 Kb.
#1315571
Bog'liq
1 OKI jarayon



1-MA`RUZA 
 
MAVZU: PORTLASHDAGI YORDAMCHI ISHLAR 
MEXANIZATSIYASI. QOPLOVCHI TOSHLARDAGI KAR’ERLARDAGI 
ASOSIY PORTLATISH ISHLARI. 
REJA: 
1. Portlashdagi yordamchi ishlar mexanizatsiyasi. 
2. Qoplovchi toshlardagi kar’erlardagi asosiy portlatish ishlari. 
Tayanch iboralar: Karyerlarda portlatish ishlarini olib borishda bajarilishi 
kerak bo‘lgan tadbir va hujjatlar ro‘yxati. Burg‘ilash va portlatish ishlarini olib 
borish loyixasi (pasporti), uning tarkibi. Portlatish ishlarini va portlovchi 
moddalarni transport vositalarida tashishni tashkil etish. 
Skvajinalarni burg’ulash va portlatishdagi yordamchi ishlarga burg’ulash 
stanoklarining harakatlanishi uchun pog’ona maydonlarini tayyorlash, burg’ulash 
uskunasini ish maydoniga olib borish, burg’ulash uskunasini pog’onadan 
pog’onaga ko’chirish, PM omborxonalarida portlatish materiallarini yuklash-
bo’shatish ishlari kiradi; tarkibini va oddiy PM larni tayyorlash, PM ni zaryadlash 
joyiga tashish, skvajinani zaryadlash va zaboyka qilish. 
Pog’ona maydonlarini rejalashtirish uchun buldozerlardan foydalaniladi. Qattiq 
tog’ jinslari bilan yozilgan pog’onalarni tekislashda ba’zida uncha katta bo’lmagan 
burg’ulash uskunalaridan notekisliklarni tekislash uchun foydalaniladi. 
Burg’ulash uskunasi, qo’shimcha qismlar va materiallarni tashish maxsus 
yuklash-bo’shatish uskunalari (kranlar-ukosinlar, tallar va boshqalar) bilan 
uskunalangan avtomobil yoki temiryo’l platformalarida yetkaziladi. 
PM skladlarida yuklash - bo’shatish ishlari (PM xaltalari vagondan chiqarish, 
ularni omborxonaga tashish va jovonlarga joylashtirish, PM larni javonlardan olib 
zaryadlash maydonlariga yetkazish) o’ziyurar akkumulyatorli g’altaklar (elektrokar 
deb nomlanadi) va kichik gabaritli akkumulyatorli yuklagichlar bilan amalga 
oshiriladi. 
Oddiy PM ni tayyorlash uchun qismlarini tayyorlash ammiak selitrasini (AS) 
ochish va uni maydalashga asoslanadi. AS ni ochish maxsus ochuvchi asboblar 
yordamida amalga oshiriladi, va uni maydalash - ishchi organlari uchqun chiqishini 
oldini oladigan materiallar ulangan shekli maydalagichlar yordamida amalga 
oshiriladi. Turib qolgan AS ni maydalash uchun chirindilarni maydalagichlardan 
foydalanish mumkin (misol uchun, ISU-4 maydalagichi). 
Karyerlarda sutkalik 20t dan yuqori foydalaniladigan karyerlarda PM larni 
tayyorlash turli tuzulishli mexanizatsiyalangan majmualarda amalga oshiriladi, ular 
o’z ichiga AS saqlagichni, turg’un aralashtiruv uskunasini va tashish-zaryadlash 
mashinalarini oladi. Uncha katta bo’lmagan hajmlarda portlatish ishlarini olib 
borish bevosita ish joyida amalga oshiriladigan aralashtirish-zaryadlash 
mashinalari bilan amalga oshiriladi. 
Skvajinalarni zaryadlash uchun turli zaryadlash mashinalaridan foydalaniladi. 
Granulalangan PM lar uchun PM ni tayyorlash joyidan zaryadlash joyiga 


tashiydigan bir bunkerli mashinalar, va zaryadlash joyida turli grammonitlarni 
tayyorlash uchun ishlatiladigan ikki bunkerli mashinalardan foydalaniladi. 
Bunkerdan PM skvajinaga qisilgan havo bilan, shnek bilan yoki og’irlik kuchi 
ta’sirida yuboriladi. Skvajinadagi zaryad og’irligi dozator yordamida nazorat 
qilinadi. Karyerlarda universal pnevzaryadlash mashinalari qo’llaniladi, ular ikki 
bunkerli va umumiy sig’imi 7 
3
м
bo’ladi va KrAZ -222 shassisiga qotirilgan 
bo’ladi (SUZN-5A, SUZN-5AM). Ular skvajinalarni granulalangan trotil va 
grammonit bilan zaryadlay oladi. Igdanitni tayyorlash va skvajinani zaryadlash 
uchun shuningdek MZ-3, MZ-4 va boshqa turdagi aralashtirish-zaryadlash 
mashinalaridan foydalaniladi. Bunkerdan shnek-dozator orqali yuboriladigan 
ammiak selitrasiga 0.3 MPa bosim bilan solyar moyi sepiladi. 
Skvajinalarni zaboyka qilish uchun SUZN-1, SUZN-1V, ZS-1B va boshqa 
mashinalardan foydalaniladi. Zaboyka sifatida boyitish fabrikalari qumi
maydalangan tosh qo’llaniladi. 

Download 14.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling