1-ma`ruza mavzu: portlashdagi yordamchi ishlar mexanizatsiyasi. Qoplovchi toshlardagi kar’erlardagi asosiy portlatish ishlari. Reja
Download 14.55 Kb. Pdf ko'rish
|
1 OKI jarayon
1-MA`RUZA MAVZU: PORTLASHDAGI YORDAMCHI ISHLAR MEXANIZATSIYASI. QOPLOVCHI TOSHLARDAGI KAR’ERLARDAGI ASOSIY PORTLATISH ISHLARI. REJA: 1. Portlashdagi yordamchi ishlar mexanizatsiyasi. 2. Qoplovchi toshlardagi kar’erlardagi asosiy portlatish ishlari. Tayanch iboralar: Karyerlarda portlatish ishlarini olib borishda bajarilishi kerak bo‘lgan tadbir va hujjatlar ro‘yxati. Burg‘ilash va portlatish ishlarini olib borish loyixasi (pasporti), uning tarkibi. Portlatish ishlarini va portlovchi moddalarni transport vositalarida tashishni tashkil etish. Skvajinalarni burg’ulash va portlatishdagi yordamchi ishlarga burg’ulash stanoklarining harakatlanishi uchun pog’ona maydonlarini tayyorlash, burg’ulash uskunasini ish maydoniga olib borish, burg’ulash uskunasini pog’onadan pog’onaga ko’chirish, PM omborxonalarida portlatish materiallarini yuklash- bo’shatish ishlari kiradi; tarkibini va oddiy PM larni tayyorlash, PM ni zaryadlash joyiga tashish, skvajinani zaryadlash va zaboyka qilish. Pog’ona maydonlarini rejalashtirish uchun buldozerlardan foydalaniladi. Qattiq tog’ jinslari bilan yozilgan pog’onalarni tekislashda ba’zida uncha katta bo’lmagan burg’ulash uskunalaridan notekisliklarni tekislash uchun foydalaniladi. Burg’ulash uskunasi, qo’shimcha qismlar va materiallarni tashish maxsus yuklash-bo’shatish uskunalari (kranlar-ukosinlar, tallar va boshqalar) bilan uskunalangan avtomobil yoki temiryo’l platformalarida yetkaziladi. PM skladlarida yuklash - bo’shatish ishlari (PM xaltalari vagondan chiqarish, ularni omborxonaga tashish va jovonlarga joylashtirish, PM larni javonlardan olib zaryadlash maydonlariga yetkazish) o’ziyurar akkumulyatorli g’altaklar (elektrokar deb nomlanadi) va kichik gabaritli akkumulyatorli yuklagichlar bilan amalga oshiriladi. Oddiy PM ni tayyorlash uchun qismlarini tayyorlash ammiak selitrasini (AS) ochish va uni maydalashga asoslanadi. AS ni ochish maxsus ochuvchi asboblar yordamida amalga oshiriladi, va uni maydalash - ishchi organlari uchqun chiqishini oldini oladigan materiallar ulangan shekli maydalagichlar yordamida amalga oshiriladi. Turib qolgan AS ni maydalash uchun chirindilarni maydalagichlardan foydalanish mumkin (misol uchun, ISU-4 maydalagichi). Karyerlarda sutkalik 20t dan yuqori foydalaniladigan karyerlarda PM larni tayyorlash turli tuzulishli mexanizatsiyalangan majmualarda amalga oshiriladi, ular o’z ichiga AS saqlagichni, turg’un aralashtiruv uskunasini va tashish-zaryadlash mashinalarini oladi. Uncha katta bo’lmagan hajmlarda portlatish ishlarini olib borish bevosita ish joyida amalga oshiriladigan aralashtirish-zaryadlash mashinalari bilan amalga oshiriladi. Skvajinalarni zaryadlash uchun turli zaryadlash mashinalaridan foydalaniladi. Granulalangan PM lar uchun PM ni tayyorlash joyidan zaryadlash joyiga tashiydigan bir bunkerli mashinalar, va zaryadlash joyida turli grammonitlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan ikki bunkerli mashinalardan foydalaniladi. Bunkerdan PM skvajinaga qisilgan havo bilan, shnek bilan yoki og’irlik kuchi ta’sirida yuboriladi. Skvajinadagi zaryad og’irligi dozator yordamida nazorat qilinadi. Karyerlarda universal pnevzaryadlash mashinalari qo’llaniladi, ular ikki bunkerli va umumiy sig’imi 7 3 м bo’ladi va KrAZ -222 shassisiga qotirilgan bo’ladi (SUZN-5A, SUZN-5AM). Ular skvajinalarni granulalangan trotil va grammonit bilan zaryadlay oladi. Igdanitni tayyorlash va skvajinani zaryadlash uchun shuningdek MZ-3, MZ-4 va boshqa turdagi aralashtirish-zaryadlash mashinalaridan foydalaniladi. Bunkerdan shnek-dozator orqali yuboriladigan ammiak selitrasiga 0.3 MPa bosim bilan solyar moyi sepiladi. Skvajinalarni zaboyka qilish uchun SUZN-1, SUZN-1V, ZS-1B va boshqa mashinalardan foydalaniladi. Zaboyka sifatida boyitish fabrikalari qumi, maydalangan tosh qo’llaniladi. Download 14.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling