1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsad va vazifasi. Ilmiy-tadqiqot metodlari. O‘zbekistonda va Xorijda boshlang`ich ta’lim-tarbiya tizimi.
- Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Tayanch tushunchalar
1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari. Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to‘g‘risida g‘oyalar. Reja: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining tarixi va rivojlanishi. Fanning maqsad va vazifasi. Ilmiy-tadqiqot metodlari. O‘zbekistonda va Xorijda boshlang`ich ta’lim-tarbiya tizimi. Shaxs haqida umumiy tushuncha. Shaxs rivojlanishi. Shaxs rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: pedagogika, ta’lim, tarbiya, xalq maqollari, pedagogik olimlar, inson kamoloti, o‘qitish, suhbat, metod, integratsiya, integralli ta'lim, metodologik asos. Pedagogika (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy boʻlib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ soʻzidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning koʻrsatishicha, qadimgi Yunonistonda oʻz xoʻjayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus oʻqitilgan va pedagoglikni oʻziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan. Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham P. deb yuritiladi. P. fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy P. bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida Pedagogikaga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj borasida orttirilgan tajribalar to‘plangandan keyin o‘sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi. Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo‘ladi. Ba’zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi. Qadimdan inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o‘z ifodasini topgan. Ularda rostgo‘ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom kabi fazilatlar tarannum etilgan. „Alpomish“, „To‘maris“ kabi doston va ertaklarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari ulug‘lanadi. Ta’lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o‘zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo‘shganlar. Mashhur hind masali „Kalila va Dimna“, Nizomulmulkning „Siyosatnoma“, Nosir Xisravning „Saodatnoma“, „Ro‘shnoyinoma“, Yusuf xos Hojibning „Qutadg‘u bilik“, Mahmud Koshg‘ariyning „Devon-u lug‘atit turk“, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko‘pgina asarlari odob-axloqqa bevosita daxldordir. Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do‘stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o‘z aksini topgan. Suqrot, Aflotun, Demokrit kabi buyuk faylasuflar tomonidan murakkab falsafa tizimi yaratilgan. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo‘ldi. Uning „Buyuk didaktika“ asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. O‘n sakkizinchi asrga kelib O‘rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr boshlarida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, Saidahmad Siddiqiy kabi ma’rifat jonkuyarlari yetishib chiqdi. Bu olimlar yangi usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq o‘rtasida ma’rifatni targ‘ib etishda jonkuyarlik qildilar. Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator manbalar mavjud. Ayniqsa, maqollar, ertaklar, dostonlar, ashulalar, udumlar va topishmoqlarda tarbiya haqidagi xalq donishmandligi qamrab olingan. Allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlaridan fanda unumli foydalanilmoqda. Shu bilan birga, pedagogika fani yangi g‘oyalar evaziga boyimoqda. Pedagogikada „tarbiya“ so‘zi turli ma’noda ishlatiladi. Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda, ijtimoiy hodisa sifatida qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini, o‘quvtarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo‘nalishida olib boradigan harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi. Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda „tarbiya“ so‘zi aniq, tor yo‘nalishni belgilash uchun ham ishlatiladi. Xuddi shu ma’noda tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o‘quv ko‘nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi. Ma’lumot - bunda nafaqat o‘qitish, balki mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishi ko‘zda tutiladi. Inson kamoloti - bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Insonning shakllanishi - bu insonning hayot yo‘li davomida rivojlanishining o‘ziga xos shakli bo‘lib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy ta’sir natijasi hisoblanadi. Pedagogikada yana bir qancha tushunchalar mavjudki, ular haqida boshqa boblarni o‘rganish jarayonida fikr yuritiladi. Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, turli yo‘nalishlarda bilim hajmining o‘sib borishi fanning tabaqalanib, turli tarmoqlarga bo‘linishiga sabab bo‘lmoqda. Yaqin o‘tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida ham ko‘pgina tarmoqlarga bo‘linish jarayoni ko‘zga yaqqol tashlanadi. Ayrim tarmoqlar esa mustaqil fan sifatida shakllanadi. Masalan, maktab pedagogikasi, maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Ayrimlari esa fan sifatida endi shakllanib kelmoqda. Kattalar pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi shular jumlasidandir. Hozirgi zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, avvalo tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi. Pedagogikaning ko‘zi ojiz, aqli zaif, qulog‘i kar - jismoniy kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va ularni hayotga tayyorlash bilan shug‘ullanadigan yana bir tarmog‘i - maxsus pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika) defektologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fani tarmoqlariga predmetlarni o‘qitishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan - metodika ham kiradi. Shu bilan birga, pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o‘sib kelayotgan yosh avlod bo‘lganligi uchun pedagogika insonni o‘rganuvchi fanlar bilan bog‘liqdir. Inson biologik evolutsiyaning mahsuli sifatida biologiya fanlarining o‘rganadigan obyekti hisoblanadi. Shuning uchun bu fanlar pedagoglar o‘rganishi lozim bo‘lgan fanlar qatorida o‘quv rejalariga kiritilgan. Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi. Chunki tarbiyaning maqsadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; jamoa va shaxs muammolari va shu kabilar ikki fanni birlashtiradi. Iqtisodiy va, xususan, uning bir bo‘lagi bo‘lgan xalq ta’limi iqtisodi pedagogika bilan bog‘lanib ketadi. Chunki iqtisodchilarning olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi umumiy ta’limning yuqori darajada rivojlanganligiga bog‘liq ekan. Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir. Shunga ko‘ra, pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi an’anaviy tus olgan. Keyingi vaqtlarda pedagogikaning kibernetika (muhim dinamik tizimlarni boshqarishni o‘rganadigan fan) bilan bog‘lanishi ko‘zga tashlanmoqda. Bu holni kibernetikaning umumiy g‘oyalaridan ta’limda foydalanish tajribalarini dasturlashtirilgan ta’lim misolida ko‘rish mumkin. Pedagogika fani taraqqiyoti pedagogika fanlari tizimini vujudga keltirdi. Bular: Umumiy pedagogika, Maxsus pedagogika, Metodika, Pedagogika tarixi, Oliy ta`lim pedagogikasi, Qiyosiy pedagogika, Ijtimoiy pedagogika, Harbiy pedagogika. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogika boshqa oraliq fanlar ma’lumotlaridan tayyor holda foydalanmaydi. Bu ma’lumotlar pedagogik nuqtayi nazardan tanlovdan o‘tgandan keyin maqsadga muvofiqlashtirilgan holda amalda joriy etiladi. Pedagogika o‘z tadqiqot obyektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to‘g‘ri hal etish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi. Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa hodisalar bilan bogliq holda 8 o‘rganiladi. Miqdor o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga o‘tish daqiqalarida kuzatiladi. Adabiyotlar bilan ishlash metodi.Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‘rganishdan boshlanadi. O‘rganiladigan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar kiradi. Shu bilan birga, pedagogika faniga oid bo‘lgan tarixiy-pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, pedagogik matbuot materiallari, darsliklar, o‘quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o‘rganish metodi muammolarning qay tomonlari yaxshi ochilganligini, qaysi masalalar hal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda yuqoridagi usullardan biri tanlab olinadi. Bibliografiya — bu hal etilishi lozim bo‘lgan muammoni tadqiq etish jarayonida zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati. Adabiy manbalar bilan ishlash aniq ma'lumotlarni bibliografiya tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirishni talab etadi. Bunda ma'lumotlar muallifning ism-sharifi, asarning nomi, nashriyoi nomi (maqolalar uchun jurnal va gazetalarning nomi), manzili va nashr etilgan yili ko‘rsatiladi. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish metodi.Pedagogikaning ko‘pgina muammolarini hal etishda ta’lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o‘qituvchilarning faoliyatlari ham o‘rganib boriladi. Chunki tajribalarni o‘rganish jarayonida muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi. Pedagogik tajribalarni o‘rganishda kuzatish, intervyu olish, anketalar tarqatish, o‘quvchilarning yozma va ijodiy ishlari, pedagogik hujjatiarni o‘rganish metodlaridan foydalaniladi. Kuzatish — o‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani ma’lum maqsad nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid bo‘lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi. Suhbat (fakt) dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plangan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qo‘llaniladi. Anketalar tarqatish. Bu ommaviy ravishda material to‘plash maqsadida anketalar tarqatish yo‘li bilan amalga oshirrladi. Tadqiqot uchun muhim bo‘lmagan materiallar o‘quvchilarning yozma vu bir qancha fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarni bajargan daftarlarini tekshirish, o‘rganib chiqish yoli bilan turlarga ajratilishi mumkin. Maktab hujjatlarini o‘rganish — o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, metodistning to‘plagan ma’lumotlari, sinf jurnallari, kundaliklar, yig‘ilish va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan ta’lIim-tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida obyektiv axborot manbayi hisoblanadi. Pedagogik hodisalarni tadqiq qilish jarayonida eksperiment (sinov) muhiim ahamiyat kasb etadi. Maxsus tashkil etilgan eksperiment qo‘llanilayotgan yoki qo‘llanishi mumkin bo‘lgan u yoki bu metod va usullar samaradorligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Matematik metod. Bu metod ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan, anketalar tarqatish yo‘li bilan to‘plangan materiallarni yoki ma'lumotlarni umumlashtirish uchun) qo‘llaniladi. U eksperiment natijalarining aniq baholanishini, xulosalarning ishonchli bo‘lishini ta'minlaydi. Tadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish. Pedagogikada bu jarayon turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda tadqiqot natijalari bo‘yicha ma'ruzalar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, kitoblar nashr etilishi, o‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik tavsiyalar bo‘lishi mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan muammolar juda ko‘p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish yo‘li bilan hal etiladi. Integrasiya kursi- o'quv fanlaridan biri bo'lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o'rganiladi. U har xil turlar,usullar, uslublar, fanlararo integrasiya ob'ektlari asosida tuzilgan. Integratsiya kurslarining sinflarga bo'linishini turli asoslarda qilish mumkin: maqsad va muammolar asosida : maktab tabiiy- ilmiy tizimidagi vazifalari asosida: qo'shiluvchi fan tarmoqlari asosida integrasiya usullari va yo'llari asosida: o'quv rejasidagi o'rni asosida: kursni o'rganishda sarflangan vaqt asosida: o'quvchilar uchun qiyinli darajasi asosida va h.k. Shuni e'tiborga olamizki, bu kurslarning mualliflari odatda o'z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni echish masalasini qo'yadilar, shu sabali kurslar ko'p maqsadli, turli vazifali bo'ladi. Ko'p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarini ko'rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo'nalishlarini ajratishimiz va ularni moxiyatiga qarab sinflarga bo'lishimiz mumkin. Integrativ ta'limning sinflarga bo'linishi (klasifikasiya). 1. Ko'p fanlar integrasiyasi. Ularni ya'ni universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o'qish, tabiat, rasm darslarining bitta umumiy darsga birlashtirish. Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishida va o'z kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko'rinib turibdiki boshlang'ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to'g'ri ketma-ketlikga faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar ta'kidlaydilarki, bu ananaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o'rganish yo'li b ilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang'ich ta'limga ham darslarga ajratib o'qitish ananalari tarqalgan deb hisoblaydilar. Tabiiy fanlarni o'qitishni tizim bo'yicha davom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko'pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgshan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o'rganishga qiziqish uyg'otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko'rinishda hikoya qiluvchi boshlang'ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang'ich sinflardagi “tabiatshunoslik ”) kiradi. 2. Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar. Keng integrasiya jarayoni oldingi ilmiy yo'nalishlarni bog'lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmity yo'nalishlar hosil bo'lishiga olib keladi. Boshlang'ich sinflarda ekologik ta'limni kuzatib, o'qish , tabiatshunoslik, mehnat (tabiiy materiallar bilan ishlash), rasm fanlarida ekologik mavzular kiritilgani ko'riladi. Bir- biriga yaqin chegradosh fanlarning qatoriga malekulyar biologiya, biofizika, giofizika, biokimyo, astrofizika, astrokimyo kiradi. Bu fanlar asosida maktab integrativ tabiiy fanlari tuziladi. 3. Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar. Zamonaviy bilimlarning har bir bo'limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagokika, pedogogik texnologiya,pedogogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasi, fan rivojlanishi jarayoni o'rganuvchi pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqahayot jarayonlariga bog'liqligini o'rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va informasiyani qayta ishlash: informasiyaning tuzilishi va xususiyatlarini uning shaxs shakllanishidagi o'rnini o'rganuvchi informatika inson hayotining turli jarayonlarida ilmiy yo'nalish bo'lgan sistemalarning aloqalrini o'rganuvchi sinergetikaning qo'llanishi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni mazmuni shu fanlar ma'nosi va strukturasi asosida tuziladi. 4. Umumiy ilmiy tushunchlar, qonuniyatlar,nazariyalar asosidagi kurslar. Bu asosda integrativ kurslar yaratish haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. Mualliflar orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar: “materiya”, “harakat”,”modda”, “maydon”, “energiya” va boshqalar ko'p ishlatildi. Qonunlar orasida sermahsuli tabiatni saqlash qonuni, odamlarining ish faoliti tufayli rivojlanishi, tabiatga tuyg'u bilan qarash bo'ldi. Nazariyalar orasidagi integrativ kurs yaratish uchun asos bo'lib asosiy tabiiy – ilmiy nazariyalar xizmat qiladi. Shunisi e'tiborga oyiqki, bu asosda integrativ kurslar yaratishga urishlar ko'p bo'lgan bo'lsa ham, ular qovushmaganligi va ma'lum ketma-ketlikga , didaktik maqsadga ega eamsligi bilan ajralib turadi. 5. Fan evolyutsiyasi bilan bog'liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtaiy nazardan o'rganish uslublarini, olimning ilmiy ko'rinishini o'rganish asosidagi kurslar. Yuqoridagi barcha mavzular integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga katta imkoniyatlari bor, afsuski, bunday kurslar maktab ish faoliyatida qo'llanuvchi materialning va o'qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo'q. 6. Kompleks obyektlar asosida. Integrativ kurs yaratishga asos bo'lgan kompleks ob'ektlarga er, biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo'la oladi. Bu kurslarning bir xil mavzularida bir ob'ekt turli fan nuqtai nazaridan ko'riladi. Shu xildagi integrasiya o'tgan asrning yigirmanchi yillarida maorif tizimida qo'llanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning davrimizda aytish mumkinki qaytadan tug'ildi. Bizning nazarimizda, ma'lum hajmda u tabiiy fanlar ta'limiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. 7. Turli muammolar asosida Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko'p uchraydi. Bunda tabiiy ilmiy fanlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo'llaniladi. Bu sinfdagi integrativ kurslar ( asosan ekologiya bilan bog'liq kurslar) maktablar ish faoliyatida keng tarqalgan. Muammolar bo'yicha tuzilgan integrativ kurslar rivojlanishiga global ta'limning rivojlanishi ham turtki bo'ldi. Bu yo'nalishning tarafdorlari zamonaviy shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning ekonomika, fan, siyosat, ma'naviyatining uzviy bog'liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta'sir ko'rsatadi deggan tasdiqlashni asos qilib olganlar. 8. Faoliyat asosida Tabiiy fanlar asosini o'rganishda o'quvchilar kitob bilan ishlash,kuzatishlar olib borish, tajribalar o'tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish- turli o'quv - ta'lim ish faoliyati bilan to'qnashadilar. O'quvchilarni faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiqdek ko'rinadi. U o'qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo'lishi mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlrni o'qitishda, o'quvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni o'quv jarayoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy fanlarni o'zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko'rsatadiki, o'zbek o'quvchilari chet ellik o'quvchilarga nisbatan ko'p ma'lumot o'zlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar. Ko'pchilik bunga sabab asosiy ko'nikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi. Sabab nimada? Balki ularning biri ko'p yillar davomida an'anaviy maktabda integrativ darslarga e'tibor berilmaganidadir? Bu erda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy sinflari sanab o'tildi. Lekin o'quv fanlarini integrasiyasi jarayonida qator kamchiliklar ham bo'lishi mumkin. Birinchidan. Aytib o'tilgan tabiiy integrativ kurslarni tuzish yo'llari ko'pincha bir-birini takrorlaydi va birga qo'llaniladi, bu bilan yangi asoslar yaratilib, ularni tartibga keltirish,ilmiy asos yaratish qiyinlashadi. Ikkinchidan. Integrativ kurslar fanlararo aloqaning o'rnini bosa olmaydi. Bizning fikrimizcha,ular bu aloqaning tashkil etuvchilaridan biri. Uchinchidan. Tabiiy ilmiy ta'limning optimal tuzilishi shundayki,integrativ kurslar o'quv rejasining o'zgaruvchan qismiga kirib,uning regional tashkil etuvchisi hisoblanadi. To'rtinchidan. To'liq o'quv metodik qo'llanmalarning yo'qligi integrativ kurslarning o'quv jarayoniga tadbiq etilishida qiyinchiliklar tug'diradi. Ularning mualliflari progrpmma tuzib,umumiy metodik ko'rsatmalar tuzishgandan so'ng to'xtab qoladilar. Beshinchidan. Integrativ kurslar uchun o'qituvchilarni rejali va maqsadga muvofiq tayyorlash tizimi hal etilgani yo'q. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, uning ma’naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi. Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta`limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda. Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat –e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar Universitetlar pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchilikning faoliyati o‘quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. Maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo‘nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o‘quv materiallari hajmi ko‘paytiriladi; ikkinchi holda esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o‘rinda ikkinchi yo‘l, ko‘pchilik mutaxassislarning e`tiroficha, maqbul hisoblanadi. 1961 yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablarni islohot qilish boshlangan edi. Buning mohiyati shundaki, ingliz tili va adabiyoti (to‘rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (uch yil), ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘nalishdagi majburiy ta`lim joriy qilindi. XX asrning 80- yillarida majburiy ta`lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta`limning boshqa turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi. Amerikadagi ko‘zga ko‘ringan «Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G’arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta`lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv rejasi va dasturini ta`lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingliz tili adabiyoti matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlarga (gumanitar, tabiiy matematik) ajratiladi. 80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSH dagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish o‘quvchilar va ota- onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo» ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta`limiga ham sezilarli ta`sir etayotir. Germaniya to’liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasida chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda. Fransiya boshlang‘ich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo‘linadi. Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushida keyinroq Amerika ta`limi yo’lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan. Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDR dagi ta`limni bir xil milliy me`yorga solishdan iboratdir. Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta`lim tuzilmasini yangi me`yorga va o‘lchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta`lim tizimiga o‘tkazib o‘qishdan iborat. Ammo, buning ham o‘ziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag‘ masalasi bo‘lsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta`lim jarayoni qatnashchilarining bu o‘zgarishga munosabatidir. Germaniyada ta`lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga barakali hissa qo‘shib kelmoqda. Maktabgacha tarbiya Germaniya ta`lim tizimida muhim bosqich hisoblanib, uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Germaniyada bolalar bog‘chalari ta`limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat ta`lim tizimi tarkibiga kirmaydi. Eski yerlardagi (sobiq GDR ga kirmagan yerlar) 24000 dan ortiq bog‘chalarni mablag‘ bilan ta`minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota onalar ham qisman pul to‘laydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 80 foizi bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Bog‘chalarda ta`lim tabaqalashtirib olib boriladi. Germaniyada bolalar bog‘chalarida odatda bolalar tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning ikkinchi yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Kuni uzaytirilgan guruhlar ham mavjud. Majburiy ta`lim 6 yoshdan 18 yoshgasha bo‘lgan bolalarga tegishli, bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba`zi bir yerlarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishini bitiradi, keyin hunar texnika bilim yurtlarida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishida o‘qiydilar. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar ansha kam. Boshlang‘ish maktab. O‘qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi (Berlinda 6 yil). Dastlabki ikki yil o‘qish davomida bolalarga baho qo‘yilmaydi. Boshlang‘ish maktabda 4 yillik o‘qishdan keyin o‘quvshilar yo‘nalish bosqishidagi maktabga o‘tadilar. Bu yerda 5-6 sinf bosqishdagi yo‘nalish maktab tipiga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus dastur asosida o‘qitiladi bunda bolalarning ota-onalari maktab tipini tanlash yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hunar ta`limi Germaniya ta`lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Buning sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabning kuchliligidir. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchilarning (9-10-sinflar) 79 foizi, to‘liq o‘rta maktabni bitiruvchilarning esa 20 foizi hunar ta`limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Germaniya hunar ta`limi tizimi turli tipdagi o‘quv yurtlari va o‘qitishning turli shakllariga ega. Eng ko‘p tarqalgan va rivojlangan shakli hunar ta`limining ―Dual tizimidir. Bu tizimda tayanch maktablarning 50 foizi va to‘liq o‘rta maktablarning 16 foizi o‘qishni davom ettiradi. Maxsus hunar bilim yurtlari va o‘rta maxsus bilim yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarining 25 foizgacha bitiruvchilari kiradilar. Bu turdagi o‘quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkin. Oliy ta`lim muassasalarining xususiylari, cherkov va bundesvegga tegishlilaridan tashqari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari viloyatlar boshqaruvida bo‘ladi. Ularni yerlar bosh rahbari nomidan oliy ta`lim federatsiyasi boshqaradi. Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Ular qonun doirasida o‘z ustavlarini qabul qiladilar Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylanadigan Prezident boshqaradi. Ko‘pchilik viloyatlarda talabalar mustaqil ravishda o‘z-o‘zini boshqaradilar. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish diplom olish, magistr unvonini olish yoki davlat imtihonlari topshirish bilan yakunlanadi. Shundan keyin o‘qishni davom ettirib, doktorlik ilmiy darajasini olish uchun imtihon topshiriladi. Ta`lim sohasidagi siyosat aholining ko‘plab qatlami uchun oliy o‘quv yurtlari darvozasini keng oshdi. Federatsiya va viloyatlar nemis oliy o‘quv yurtlarida chet elliklar o‘qishidan manfaatdordir. 1991 yili ular 76000 ni tashkil etgan. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling