1 ma’ruza mexanika asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Умумий-физика-даволаш-1
4.11-rasm. Yorug’lik oqimi (Ф)ning sirtga burchak ostida tushishi
Yoritilganlik yuqorida ko`rsatilgan omillardan tashqari, nurning yorituvchi sirtga qanday burchak ostida tushishiga ham bog`liqdir. Bu bog`liqlikni aniqlaylik. Perpendikulyar nurlarning F0 oqimi yuzi S va uzunligi AV bo`lgan to`g`ri to`rtburchak sirtiga tushayotgan bo`lsin (4.11-rasm). Bu holda sirtning yoritilganligi ga teng. Yuzani biror burchakka og`diramiz, unda sirt A1V vaziyatni oladi va kamroq F yorug`lik oqimi tushadi, chunki nurlarning bir qismi sirtga tushmay o`tib ketadi. Bu holda sirt yuzi o`zgarmaganligi sababli sirtning yoritilganligi kamayadi va ga teng bo`lib qoladi. Bu hosil bo`lgan tengliklarning ikkinchisini birinchisiga bo`lsak, hosil bo`ladi. Chizmadan еkanligi ko`rinib turibdi. Keyingi ikki tenglikni solishtirib, quyidagini hosil qilamiz: . To`g`ri burchakli SVA1 uchburchakdan deb yozish mumkin, u holda yuqoridagi tenglik yoki (4.22) korinishga keladi. Bu bog`lanish yoritilganlikning 2-qonunini ifodalaydi. Yorituvchi sirtga yorug`lik kuchi burchak ostida tushsa, sirtning yoritilganligi nurning tushish burchagi kosinusiga to`g`ri proportsionaldir. Yoritilganlikni ikkala qonuni birlashtirib, quyidagicha yozish mumkin: . (4.23) Nuqtaviy yorug`lik manbaining biror sirtda hosil qilgan yoritilganligi manbaining yorug`lik kuchiga va nurlarning tushish burchagi kosinusiga to`g`ri proportsional va manbadan sirtgacha bo`lgan masofaning kvadratiga teskari proportsionaldir. 4.12-rasm. Eng soda fotometrning tuzilishi Sirtlarning yoritilganligini tenglashtirish yo`li bilan ikki manbaning yorug`lik kuchi taqqoslanadi. Shu maqsadda ishlatiladigan asboblar fotometrlar deb ataladi. Еng sodda fotometrlardan birining ishlash printsipi bilan tanishib chiqamiz (4.12-rasm). Uchburchakli AVS prizmaning oq rangga bo`yalgan AS va VS yoqlariga S1 va S2 manbalardan yorug`lik tushadi. Yoritilganlik S tomondan ko`z bilan kuzatiladi. Fotometrni manbalar orasida u yoki bu tomonga siljitib prizmaning VS va AS yoqlari bir xil yoritilishiga еrishiladi va shundan so`ng quyidagi mulohazalarga muvofiq manbaning yorug`lik kuchi hisoblanadi: yorug`lik kuchi I1 va I2 bo`lgan S1 va S2 manbalar prizmadan r1 va r2 masofada turib va yoritilganlik hosil qiladi. Fotometrni E1=E2 bo`ladigan qilib joylashtirganimiz uchun quyidagini yoza olamiz: . (4.24) (4.24) ifodadan bir manbaning yorug`lik kuchi ma`lum bo`lganda ikkinchi manbaning yorug`lik kuchini topishga imkon beradi. Yoritilganlikni o`lchash uchun еsa alohida asboblar – lyuksmetrlar ishlatiladi. Fotograflar suratga olishda foydalanadigan fotoеksponometr asbobining ishlashi ham yoritilganlikni o`lchashga asoslangan. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling