1-ma’ruza: mikroprosessorlar va ularning turlari, mikroprosessorning tuzilishi


Download 18.42 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi18.42 Kb.
#1613702
  1   2   3   4
Bog'liq
1 maruza


1-MA’RUZA: MIKROPROSESSORLAR VA ULARNING TURLARI, MIKROPROSESSORNING TUZILISHI
REJA:
1. Mikroprosessorlarning turlari
2. Mikroprosessorning tuzilishi
3. Arifmetik-mantiqiy qurilma
4. Mikroprosessorning xotira qurilmasi


Tayanch so’z va iboralar: arxitektura, funktsiyalar, shaxsiy kompyuter, boshqaruv qurilmasi, mikroprotsessor, arifmetik-mantiqiy qurilma, registrlar, kesh, interfeys, operatsiyalar deshifratorlari, summator.

Kompyuterning funktsional jihatdan tuzilishi


Kompyuter arxitekturasi, odatda, arxitektura xususiyatlarining foydalanuvchi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladigan majmui bilan belgilanadi. Bunda, asosiy e’tibor mashinaning tuzilishi va funktsional imkoniyatlariga qaratiladi. Ushbu imkoniyatlar asosiy va qo’shimcha funktsional imkoniyatlarga farq qiladi.
Asosiy funktsiyalar EHM vazifasini belgilab beradi. Uning vazifalari jumlasiga axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish kiradi.
Qo’shimcha funktsiyalar esa asosiy funktsiyalar samarasini oshiradi, ya’ni mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan mashina o’rtasida muloqat qaror topishi va shu kabilarni ta’minlaydi. EHMning sanab o’tilgan funktsiyalari mashina komponentlari, jumladan apparat vositalari va dasturiy vositalar yordamida amalga oshadi.
Kompyuterning tuzilishi – kompyuter komponentlarining tarkibi, ular orasida bajariladigan harakatlar tartibi va tamoyillarini belgilab beruvchi muayyan modeldir.
Shaxsiy kompyuter – hammaning imkoni va foydalanish qulayligi boyicha umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga o’rnatiladigan yoki qo’lda olib yuriladigan EHM.
ShK afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi:
 yakka xaridor imkoni doirasidagi mo’tadil narxi;
 atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qoyilmagan tarzda muxtor ishlashi;
 arxitekturaning fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida turlicha qo’llanilishga moslasha oladigan o’zgaruvchanligi;
 foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi;
 ishining o’ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi).
ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalari.
Shaxsiy kompyuterning tuzilishi
ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalarini ko’rib chiqamiz.
Mikroprotsessor (MP). Bu, ShKdagi markaziy blok bo’lib, mashinaning barcha bloklari
bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan.

Download 18.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling